Josh*Developer
4.85K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
657 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
"Hozirgi yangi dasturchilar" deb nomlangan rasm.πŸ₯²

#joke

@JoshDeveloper
😁2😒1
Consolega nima chiqadi ?

let x = 1; let y = "1"; let result = x + +y + (x == y) console.log(result)
Anonymous Quiz
30%
NaN
7%
1
3%
0
12%
2
40%
3
8%
Bilmayman. πŸ€·β€β™‚οΈ
Do'st tanlashga e'tibor bering!

Siz, ha siz, ayni damda kimlar bilan do'st bo'lib yurganingizni bilasizmi ?
Kimlar bilan vaqt o'tkazyapsiz ?

Kim bo'lishidan qat'i nazar, do'st tanlashda ehtiyot bo'ling.

Sizga foydasi yo'q narsalar haqida gapirsa, bekorchi vaqt o'tkazishga targ'ib qilaversa, Allohdan uzoqlashishingizga sabab bo'lsa bunday do'stdan qutuling.
Mayli, yolg'iz qoling, ammo sizni yo'lingizda yuk bo'ladigan keraksiz narsalarni uloqtiring.

Zero, U kun(Oxirat)da Alloh yo'lida do'stlashgan do'stdan boshqa hammasi sizga dushmandir.
Shunday ekan haqiqiy do'st sizni Allohga yaqinlashtiruvchi do'stdir. Qolgani dushman!

Siz kimlar bilan bo'lsangiz, o'shalardansiz. Manzilingiz ham bir bo'ladi.

Atrofingizda kimlar borligiga e'tibor bering.
Adashmang.

@JoshDeveloper
Forwarded from EPAM Uzbekistan
​​#EPAM_Events

Onlayn test konferensiyasiga qo'shiling!

Turli joylardan kelgan ishtirokchilar jamoasi foydali yangi yil syurprizi – "ProQuality 2021" onlayn konferensiyasini yaratish ustida ishladilar.

20 ta ma'ruzachi IT sifati haqida gapirish uchun bir platformada to'planadi. Ro'yxatdan o'ting va taqvimingizga sanani saqlab qo’ying: 17-dekabr!

πŸ’₯ Sizni ikkita parallel jonli efir kutmoqda. Menejerlar va texnik mutaxassislar so'nggi yangiliklar, muvaffaqiyatlari haqidagi hikoyalar va trendga chiqqan testlash uslublari haqida gapirib berishadi. Konferensiya rus tilida boβ€˜ladi.

Ro'yxatdan o'ting, oqimga ulaning va zavqlaning.
Forwarded from GDG Tashkent (Sarvinoz Maksudova 🌾)
#DevFestSpeakers #offline

Our next speaker!
β €
πŸ‘¨β€πŸ’»Ulug’bek Samigjonov, Lead software engineer at EPAM

πŸ“° Topic: "Angular app performance optimization"
β €
See you at DevFest Tashkent 2021:
- Online on December 11 @ YouTube
- Offline on December 12 @ New Uzbekistan University

πŸ—Ί 54, Mustakillik avenue, Tashkent Uzbekistan, 100007

🎟 To attend the event, registration is required. You can get your free ticket here:

https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-gdg-devfest-tashkent-2021/
β €
@gdgtashkent
Bir kunda 8 soat uxlashdan tashqari, nechi soat vaqtingizni bekorga, dunyoga ham dinga ham foydasi yo'q ishlar bilan o'tkazasiz ?
Anonymous Poll
23%
5 soatdan ko'proq vaqtni.
34%
1 - 2 soatni.
32%
2 - 5 soatni.
10%
Umuman bekorchi ishlar bilan o'tkazmayman.
Endi nechi soat vaqtingizni oxiratga zahira to'plashga ajratasiz ?

Masalan: kitob o'qish, ilm olish, Qur'on o'qish, namoz va boshqa barcha ibodatlar .
Anonymous Poll
21%
5 soatdan ko'proqini
41%
1 - 2 soatini
15%
30 daqiqa
21%
2 - 3 soat
2%
Oxiratimdan hotirjamman, shunga vaqt ajratmayman unga.
Tepadagi So'rovnomalarni nega tashladim ?
Nega aynan soatlar bilan ajratib variantlar belgilashingiz xohladim ?

Bunga sabab biz ko'pchilikimiz "Vaqt boshqaruvi" haqida hech qanday tushunchaga ega emasmiz.

Sizga Alloh 24 soat vaqt beradi.
Ularni qanday ishlatishni tanlashda ixtiyorimiz bor.
Ba'zilar bir mashxur dasturchiga havas qiladi. Ba'zilar yana boshqaga.

Tahminan bunday so'zlarni hammamiz eshitgan bo'lsak kerak:
1. "Vo, anu bolani qara, mandan faloncha yosh kichkina lekin uje Senior/Middle dasturchi bo'lib faloncha pul topib yuribdi".
2. "Vo, mambu bola kecha sho'lpayib yurudi, hozir uje shunaqa ko'tarilib ketibdimi ?!"
3. "Vo, anu bola 10 pora Qur'on yodlapti !!!"
va hkz.

"E baraka topgur san telefoningni tegida pubg o'ynab, instagramda layklashib, telegramda xandonlashib o'tirganingda u bola o'zini ustida ishlagan" deydigan odam yo'q. πŸ™

Hammasi borib borib, Alloh bergan 24 soat vaqtni qanday sarflashimizga borib taqaladi.
O'sha zo'r dasturchi ham, biznesmen ham, murattab qori ham o'z vaqtidan unumli foydalangani uchun hozir Alloh ularga shu darajalarni berib qo'yibdi.

Qorningiz ochsa ovqat yeyish uchun pismayib borasiz, ammo maqsadlaringiz yo'lida loqaydlik qilasiz va yana ertaga nega buni o'rganolmayapman, nega u mandan bilimli degan savollar bilan kelasiz.

1 soat kitob o'qishga, 7-8 soat rizq talab qilishga yoki kasb o'rganishga, 1 - 2 soat ibodatga, 1 soat yana boshqa foydali narsaga ajratish hammani qo'lidan keladi-ku, to'grimi ?

Hammasi o'z qo'lingizda, Alloh bergan umrni nimaga sarflaysiz o'zingiz tanlang va yaqinda uni hosilini olasiz.
Tag'in yomon hosil olib afsuslanib yurmang-a. πŸ˜‰

@JoshDeveloper
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Josh*Developer
Video message
GDG Tashkent tashkilotchilariga shaxsan katta rahmat aytaman. Ancha yuqori atmosferada o'tdi bu yilgisi.

Davomli bo'lsin. πŸ‘

*

@JoshDeveloper
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haa, "Uka" so'zining ma'nosi shunday ekandaaa πŸ™β˜ΉοΈ


Shunaqa ukalar oramizda bormi πŸ™‹β€β™‚πŸ˜‚


@JoshDeveloper
"Nega dasturchilikni tanladim o'zi. 😒"

Tahminan ushbu so'zlarni 1 marta bo'lsa ham hayolidan o'tkazmagan dasturchi bo'lmasa kerak.

Ba'zan ish qidirib, qidirib topa olmasdan tushkunlikka tushib qolgan dasturchi tomonidan, ba'zan ishi juda qiyinlashib ketgan dasturchi tomonidan yoki boshqa vaziyatlarda ko'plab aytiladigan so'zlardan biri desam adashmayman.

Ayni damda tan olib aytishim kerak-ki, bu so'zlar menda ham bo'lgan.

O'zim xohlagan Angulardan Ish qidirib oxirgi umidim bo'lgan joyga borganimda, uyerdan rad javob olganimda(xatto javob ham yozishmagan o'zi πŸ˜‚), ishsiz, moddiy taraflama qiyinchiliklar bo'lganida, bu so'zlarni aytib qo'ygan paytim bo'lgan.

Ba'zan, bir qadam qolganida yengilib qolar ekanmiz, ba'zan bitta urunish qolgan paytda yengilib qolar ekanmiz.

Ayni , shu paytda o'zimizni qo'lga olib, qiyinchiliklarni matonat bilan yengib o'tish talab qilinadi. Ishlaringiz yurishmagan paytda bilingki, Allohni nusrati yaqin, har bir tashlagan qadamingiz sizni manzilingizga yaqinlashtirgani kabi, bugungi tushkunligingizni yengib katta-katta qadamlar bilan maqsadingiz tomon yurishingiz - sizni bir kun inshaaAlloh manzilingizga yetkazadi.

P.S: Ayni o'sha ishdan rad javobini olganimdan so'ng( aytganimdek aloqaga ham chiqishmagan hamπŸ˜‚), ko'p vaqt o'tmasdan, EPAMga ishga kirgan edim.

@JoshDeveloper
πŸ”₯5πŸ‘1
"Failure - is kind of success that at least gives you experience and knowledge on what you fail on"

©️ Josh*Developer

"Muvaffaqiyatsizlik - bu sizga eng kamida shu narsa ustida tajriba va bilim beradigan 'muvaffaqiyat'ning bir turi.".

@JoshDeveloper
Dasturchi sifatida vaqtimni barcha narsaga taqsimlashga qiynalardim. Shuningdek, daily todo, tasks list, reading list va hokazolar degandek.
Abduaziz Ziyodov(Python expert) Notion nomli dasturni tavsiya qildi.

Shuuuncha payt deganda bugun ishlatib ko'ryapman, "Shunaqa ham zo'r dasturni ishlatmasdan shuncha vaqt yurgan ekanman-a πŸ€¦πŸ»β€β™‚οΈ" deb yubordim πŸ˜„.

Sizlarga ham maslahat beraman.

notion.so

Rahmat Abduaziz tog'o πŸ˜‰.

@JoshDeveloper
Forwarded from Texno Work
Agarda uyga jiyanlar kelib qolishsa...:)

πŸ‘‰ @ITPlanetaUz
Maqsadni katta qo'yish kerak.

Bizning eng katta maqsadimiz Musulmon sifatida , Robbimiz roziligi bo'lishi kerak.
O'tkinchi dunyo matohlariga aldanib qolmaslik kerak.
Oxirat hayotini ustun ko'rgan albatta inshaaAlloh ikki dunyoda ham yutuqqa erishadi.
Dunyo hayotini ustun ko'rgan oxiratdan nasibasiz qoladi.
Dunyoda nasibangizdan norozi bo'lgan paytingiz, ushbu oyat sizga kifoya qiladi:

"Balki sizlar ushbu dunyo hayotini ustun qo'yasizlar.
Xolbuki, Oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir"

A'la surasi , 16-17-oyatlar

E'tibor beryapsizmi ?
Ham yaxshiroq, ham boqiyroq!

Ba'zilar o'ylashi mumkin, "Endi Allohni rozi qilaman deb, dunyoni tashlab, kambag'al bo'lib yashaymi ?" deb.
Yo'q, aslo, siz milliarder ham bo'ling, ota-onangiz tirik va yoningizda bo'lsa ularni ham hursand qiling, ammo bu narsalarni maqsad qilmang. Bu narsalarni Alloh roziligi yo'lida ishlating. Boy bo'ling, qiynalganlarga Alloh yo'lida ehsonlar qiling, yaxshi yashang. Ammo boylik maqsadingiz bo'lmasin, balki Alloh roziligi uchun bir vosita bo'lsin.

Alloh barchamizni O'zi rozi bo'lgan bandalaridan qilsin, dunyo va oxiratning barcha yaxshiliklaridan nasibador qilsin. 🀲

@JoshDeveloper
❀1
JavaScript yoki TypeScriptdan har oy kanal a'zolaridan birini tanlab olib, texnik intervyu qilib borishimga nima deysizlar ?
Anonymous Poll
46%
Yaxshi fikr
21%
Ajoyib fikr
33%
Zo'r fikr
Interviewni qaysi tilda qilishimiz ma'qul ?
Anonymous Poll
60%
O'zbekcha
29%
Inglizcha
11%
Farqi yo'q )