Josh*Developer
4.86K subscribers
420 photos
38 videos
12 files
656 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Keling, kunlik ishlatadigan ba'zi so'zlarimizni qatoriga yangi va yaxshilarini qo'shamiz.

1. InshaaAlloh - Agar Alloh xohlasa.
- Qachon ?
- Kelajakda sodir bo'ladigan ishlarga aytamiz. Ertangi, 1 soat keyingi, 1 daqiqa keyingi kabi holatlar hammasi shuning ichida.
- Misol:
- Ertadan yangi kitob o'qishni boshlayman InshaaAlloh
.
- 1 soatga uyda bo'laman InshaaAlloh.

* * * * *

2. Alhamdulillah - Allohga hamd bo'lsin.
- Qachon ?
- Biror hursandchilik kelganda. Biror yomonlik uzoqlashganda va boshqa holatlarda.
- Misol:
- Ishlarimni tugatdim Alhamdulillah

* * * * *

3. MaashaaAlloh - Alloh xohlagani bo'ldi.
- Qachon ?
- Biror xayratlanarli narsa bo'lsa, yoki biror go'zal narsani guvohi bo'lsangiz, yoki biror yaxshilikni ko'rsangiz aytasiz. Ya'ni Alloh xohlagani bo'ldi.
- Misol:
- Mashinangiz ajoyib ekan MaashaaAlloh
.

* * * * *

4. Vallohu a'alam - Alloh bilguvchiroq.
- Qachon ?
- Biror bir mulohaza bildirayotib, Alloh bu narsani siz va hammadan ko'ra bilguvchiroq ekanligini ta'kidlashda.
- Misol:
- Fikrimcha buning javobi A variant bo'ladi. Vallohu a'alam(yana ham Alloh bilguvchiroq)
.

* * * * *

5. Astag'firulloh - Alloh kechirsin.
- Qachon ?
- Biror xato va gunohingizga Allohdan mag'firat, kechirim so'rashda. (Har doim aytib yuring, chunki gunohlarimiz juda ham ko'p, xatto ba'zilarini o'zimiz ham bilmaymiz)

* * * * *

6. JazakAllohu xoyron - Alloh sizni mukofotlasin.
- Qachon ?
- Biror Musulmon inson sizga yaxshilik qilsa, minnatdorchilik sifatida aytishingiz mumkin. O'zbekchasini ham aytsangiz bo'ladi bu so'zlarni.
- Misol:
- Katta yordam berdingiz, JazakAllohu xoyron.

* * * * *

7. FiySabiylillah - Alloh yo'lida. Alloh roziligi uchun.
- Qachon ?
- Biror bir ishni Alloh roziligi uchun ekanligini aytishda ishlatsangiz bo'ladi.
- Misol:
- Sizga FiySabiylillah yordam berdim. (Ya'ni sizga Alloh yo'lida yordam berdim.)

* * * * *

Mana Alhamdulillah sizlarga hayotingizda eng kerakli bo'lgan ba'zi so'zlarni FiySabiylillah ulashdim. Yana foydali postlarni imkon qadar joylashga harakat qilaman InshaaAlloh.

@JoshDeveloper
TypeScriptdagi "generic type"lardan foydalanib yozilgan ushbu funksiyalarning qaysi biri to'g'ri yozilgan ?
Anonymous Quiz
14%
function <T>sum(value: T): T{ return value;}
35%
function sum(value: T): <T>{ return value;}
32%
function sum<T>(value: T): T { return value;}
19%
Endi bilib olaman.
Juda ommalashib borayotgan RxJS kutubxonasi haqida eshitganmisiz ?
U qanday muommolarga yechim bo'la olishini bilasizmi ?
Anonymous Poll
23%
Ha eshitganman
78%
Yo'q eshitmaganman
RxJS nima ?

Assalaamu alaykum.

Demak, mavzudan bilib turganingizdek, ushbu postda RxJS nima ekanligi va qanday muommolarga yechim bo'la olishi haqida gaplashamiz.

RxJS - "Observable"lardan foydalangan holda asinxron jarayonlarni boshqarish uchun ajoyib yechimlarni taklif qiladigan kutubxona. Shuningdek RxJSda juda ko'p operatorlar mavjud. Bu narsa orqali RxJS asinxron jarayonni nafaqat boshqarishi balki ishlovlar berish mumkin.

Misol tariqasida aytishim mumkinki, mashxur freymvorklardan biri Angular ham ushbu kutubxonadan ko'p foydalanadi. Bunga sabablardan biri RxJS asinxron jarayonlar yaratish va boshqarishda juda oson ekanligi.

Misol uchun sizning saytingizda bir tugma bor. Ushbu tugma bosilganda dasturning turli xil joylariga biror ma'lumot yetkazib berish kerak. Nima qilasiz ? πŸ€”
Aynan shunday holatlarda dasturimiz juda qiyinlashib ketadi.

Shu holatda, RxJS kutubxonasidan foydalanib 30 qator kodni 10 qatorda yozishingiz mumkin.

Ha, gapirsak gap ko'p. RxJSni shaxsan o'rganishingizni maslahat beraman. Yaxshi ishlata olsangiz RxJS kutganingizdan birnecha barobar ko'proq narsa berishi mumkin. Ko'pchilik senior dasturchilarni sevimligi bo'lishga ham ulgurgan.

Ma'lumot uchun, RxJS ni xohlagan JS yoki TS kutubxona, freymvorklarida bemalol ishlatsangiz bo'ladi. Bunda hech qanday cheklov yo'q.

Rasmiy sayti : rxjs.dev

O'rganish uchun birinchi youtubega murojaat qilganingiz ma'qul. Chunki endi boshlaganlarga biroz qiyinlik qilish ehtimoli bor.

@JoshDeveloper
Azizlar, hozir bo'layotgan ba'zi voqealarga o'z fikrimni bildirmoqchiman.

Ba'zi kompaniyalar yosh dasturchilarni ishlatib, aldab, pulini bermasdan yoki shu kabi boshqa "mashennik"lik yo'llarini qilishayapti.
Sizga maslahatim , ish topdim deb hursand bo'lib shartnomalarga bilib bilmasdan imzo qo'ymang. Shartnoma yaxshi bo'lsa ham bir necha kun ishlab ko'ring. Chunki ularni ishlash uslubi yoqmasligi mumkin yoki xarom narsalar ustida ishlayotgan bo'lishlari mumkin va hkz.

Ogoh bo'ling-a :)

@JoshDeveloper
πŸ‘2
Josh*Developer pinned Β«MENU: O'zbek tilidagi barcha maqolalarim va boshqa manbalarni ushbu jadvaldan topib olasiz. Yangi maqola chiqsa ushbu menyuga albatta qo'shib boriladi. InshaaAlloh JavaScript 1. Optional chaining(?.) 2. Data types(ma'lumotlar tiplari) 3. First…»
TypeScript savol: Ushbu objectning tipini ikkinchi objectga tenglashtirmoqchiman. Interface, type alias kabi narsalarni ishlatmagan holda, bu ishni qanday uddalay olaman ?

let obj = {name: "Falonchi", age: 99} let obj2 : ??? ;
Anonymous Quiz
16%
let obj2: obj;
28%
let obj2: getType(obj) ;
42%
let obj2: typeof obj;
15%
endi bilib olaman.
Ushbu qatordagi kodda as const ning vazifasi nima ?

let obj = {name: "Josh"} as const;
Anonymous Quiz
38%
'let'ni 'const'ga almashtirib beradi.
33%
object propertylarini readonly qilib beradi.
13%
error qaytaradi.
16%
endi bilib olaman.
πŸ‘1
Yulduzlar qandayligiga siz ham qiziqasizmi?

Stars - Ushbu sayt orqali siz yulduzlarni yanada yaqinroq ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Bu sayt sizning kayfiyatingizni ko'taradi deb o'ylaymiz.

Manba: @ITPlanetaUz


@JoshDeveloper
Tabriklashingiz mumkin πŸ˜‹πŸ₯²

Alhamdulillah Middle darajasiga ham chiqib oldik.

@JoshDeveloper
πŸ‘3❀1πŸ‘1
Siz ham kompyuterda bo'lganda calculator o'rniga console ishlatasizlarmi ?
Anonymous Poll
41%
Ha πŸ˜‚ πŸ™‹β€β™‚οΈ
59%
Yo'q πŸ€·β€β™‚οΈ πŸ€”
Sizningcha JavaScriptni boshlang'ich biliminigina olib, Framework va Librarylarga o'tib ketishning nima yaxshi va yomon tomonlari bor ?

Kommentga yozing.)

O'z fikrimni keyinroq joylayman.
InshaaAlloh

@Joshdeveloper
Xo'sh, JSni yaxshilab o'rganmasdan turib, Framework va Librarylarga o'tib ketishning nima yaxshi tomonlari bor ?

+ Yaxshi tomoni:
+ Ish topishingiz tezroq va osonroq bo'ladi va tezroq daromat qilishni boshlaysiz.

- Yomon tomoni:
- Uzoqqa bora olmaysiz.
- Ortga qaytib JSni qaytadan o'rganishga majbur bo'lasiz.
- Yuqori darajadagi JS dasturchi bo'la olmaysiz.
- Boshqa framework yoki libraryga o'tishingiz ham qiyin kechadi.

va boshqalar.

Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, eng yaxshi yo'l, JS ni chuqur va mustahkam o'rganmaguningizcha Framework/Library larga o'tib ketishni orzu qilmang.

To'g'ri boshida qiyin va sekin bo'ladi. Ammo, o'rganib olganingizdan keyin "uchish"ni boshlaysiz.)

Framework/Libraryni erta boshlaganlar ham, boshidan JSni yaxshilab o'rganib olishlari maslahat beriladi.

P.s: Agar tanlagan frameworkingiz Angular bo'lsa bu talabga TS ham qo'shiladi.

Rasmga e'tibor bering.)

@JoshDeveloper
Xo'sh, tepadagi postdan bildik-ki, JavaScriptni yaxshiroq o'rganib olib keyin Kutubxona/Framework ga o'tish yaxshi ekan.
Savol tug'uladi:
JavaScriptni qay darajada yaxshi o'rganishimiz kerak ?

Javob: Kamida kichik kutubxona yoza oladigan darajada yaxshi o'rganishingiz kerak.
Buning uchun tahminan qaysi mavzularni o'rganish kerak ?

1. Basic JavaScript (o'zgaruvchilar, funksiyalar, if else lar, for looplar va boshqalar)
2. DOM va BOM
3. JavaScript qanday ishlashi.
4. Asinxron va sinxron JavaScript(callback, Promise, async/await)
5. Event loop
6. Prototypelar
7. Constructor funksiyalar va Classlar
8. Programming paradigmalar (Functional programming va uning barcha mavzulari, OOP va uning barcha mavzulari)


@JoshDeveloper
πŸ‘2
Keling bir-birimizga yordam beramiz.
Oramizda ba'zilar NodeJsdan yaxshi dars qidirib yuribdi,
ba'zilar JS dan, ba'zilar TS dan va hkz.
Ba'zilar esa ushbu kurslarni yoki foydali manbalarni biladi.

Kommentga, siz foydali deb hisoblagan xohlagan dasturlash tili, kutubxona va freymvorkini o'rgatadigan online/offline kurslarni yoki manbalarni belgilang.

Masalan,

NodeJs offline kursi, falonchi joyda joylashgan. falonchi raqamga telefon qilsangiz bo'ladi.
#nodejs

Yana masalan,

JavaScriptni o'rganmoqchi bo'lganlarga javascript.info saytini maslahat beraman.
#js


@JoshDeveloper
O'zimga maqolalar yozishim uchun boshqa sayt topganga o'xshayman.

teletype.in

Siz ham sinab ko'rganmisiz ?
Maqolalarimni shu saytda yozishimga nima deysiz ?

@JoshDeveloper
Diqqat yangilik! :)

EPAMda Middle JavaScript(ReactJS) dasturchisi bo'lib ishlaydigan yaqin do'stimiz bilan suhbat uyushtirishga kelishib oldik.

Siz u inson taniysiz :)
U inson @umarMuhandis

Suhbat kuni va sanasi: 5-dekabr, Yakshanba, 16:00

Suhbatda:
1. Junior va Middle dasturchilardan nimalar talab etiladi ?
2. Kutubxona va framework tanlash.
3. EPAMga kirish jarayoni, uyerda ish jarayoni qanday kechishi

haqida so'z yuritib o'tamiz.

Suhbatni @JoshDeveloper telegram kanalimda uyushtiramiz.

Albatta savol berishingiz ham mumkin.

@JoshDeveloper
Live stream scheduled for
Agar bir yosh dasturchi sizdan savol so'rasa, unga to'g'ridan to'g'ri javobni emas, balki googledan qidirishni o'rgatib qo'ying.

Shunda deyarli boshqa savol berishga xojati qolmaydi. πŸ˜‰

@Joshdeveloper
πŸ‘3