Josh*Developer
4.85K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
657 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Madina islom universitetiga qabul boshlanibdi deb eshitdim😋

Quyidagi linkda batafsil bilib oling: https://www.instagram.com/p/CU45f2KDi9r/?utm_medium=copy_link


@JoshDeveloper
👍1
" 37037 sonini 1 dan 9 gacha bo'lgan xohlagan soningizga ko'paytiring va chiqqan javobni 3 ga ko'paytiring.
Javobi sizni xayron qoldiradi. "


Sinab ko'ramizmi ?😅

Nega u javob chiqdi ? Kommentga yozing 👇

@JoshDeveloper
Гуноҳнинг бошланиши қийин бўлади. Кейин осонлашади. Сўнг уни оқлаш бошланади. Охири унга кўникади. Энди ёқа бошлайди. Ва ниҳоят қалбга муҳр урилади.

Шу даражага етгач, кейин қалб бошқа гуноҳ излай бошлайди.

Айман Ёғий

Манба: @MubashshirAhmad

@JoshDeveloper
1
Forwarded from EPAM Uzbekistan
​​#EPAM_Training

🏫 Xatolarni mohirlik bilan topishni, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ta'minlashni va katta global oilaning a'zosi bo'lishni hohlaysizmi? Bizda ajoyib yangilik bor: Toshkentda bepul onlayn test -treningga ro'yxatdan o'tish ochiq.

👨‍🎓 Dastur funktsional test asoslari, hujjatlar bilan ishlash, nuqsonlarni topish va ularni hujjatlashtirishni o'z ichiga oladi. Training yakuniy bosqichi - Funktsional test laboratoriyasida amaliyot o'tash va EPAM Uzbekistan kompaniyasida Ish taklifini olish imkoniyati/

Ro'yxatdan o'tish 25 oktyabrga qadar davom etadi, siz bu erga ariza topshirishingiz mumkin.
Josh*Developer pinned Deleted message
Promise haqidagi maqolalar ketma ketligining ikkinchi qismi☝️

Alhamdulillah.
Marhamat :)

Alloh manfaatli qilsin :)

@JoshDeveloper
1
JavaScript, TypeScript, RxJs, Angular va boshqa texnologiyalar haqida chuqur o'rgatilgan maqolalarni qidirayotgan bo'lsangiz: indepth.dev
saytini maslahat beraman😉



@JoshDeveloper
1
Zuckerberg broga Facebook nomi yoqmiy qolibdi shekilli😅

Meta nomiga o'zgartirilibdi.👍

@JoshDeveloper
Qachonki ikki branchni uzoq vaqtdan keyin merge qilmoqchi bo'lsangiz degan rasm😅

#joke

@JoshDeveloper
😁2
TypeScriptda faqat sonlardan tashkil topgan array tipini qanday ko'rsatamiz?
Anonymous Quiz
24%
let arr: Array[number];
20%
let arr: [number];
39%
let arr: number[];
18%
E bilmaymane 😆
Azizlar.
InshaaAlloh TypeScript va JavaScriptdan shu kabi Poll testlarni ham kanalga ko'proq yuklashni boshlayman.

*
*
*

@JoshDeveloper
👍1
Keling, kunlik ishlatadigan ba'zi so'zlarimizni qatoriga yangi va yaxshilarini qo'shamiz.

1. InshaaAlloh - Agar Alloh xohlasa.
- Qachon ?
- Kelajakda sodir bo'ladigan ishlarga aytamiz. Ertangi, 1 soat keyingi, 1 daqiqa keyingi kabi holatlar hammasi shuning ichida.
- Misol:
- Ertadan yangi kitob o'qishni boshlayman InshaaAlloh
.
- 1 soatga uyda bo'laman InshaaAlloh.

* * * * *

2. Alhamdulillah - Allohga hamd bo'lsin.
- Qachon ?
- Biror hursandchilik kelganda. Biror yomonlik uzoqlashganda va boshqa holatlarda.
- Misol:
- Ishlarimni tugatdim Alhamdulillah

* * * * *

3. MaashaaAlloh - Alloh xohlagani bo'ldi.
- Qachon ?
- Biror xayratlanarli narsa bo'lsa, yoki biror go'zal narsani guvohi bo'lsangiz, yoki biror yaxshilikni ko'rsangiz aytasiz. Ya'ni Alloh xohlagani bo'ldi.
- Misol:
- Mashinangiz ajoyib ekan MaashaaAlloh
.

* * * * *

4. Vallohu a'alam - Alloh bilguvchiroq.
- Qachon ?
- Biror bir mulohaza bildirayotib, Alloh bu narsani siz va hammadan ko'ra bilguvchiroq ekanligini ta'kidlashda.
- Misol:
- Fikrimcha buning javobi A variant bo'ladi. Vallohu a'alam(yana ham Alloh bilguvchiroq)
.

* * * * *

5. Astag'firulloh - Alloh kechirsin.
- Qachon ?
- Biror xato va gunohingizga Allohdan mag'firat, kechirim so'rashda. (Har doim aytib yuring, chunki gunohlarimiz juda ham ko'p, xatto ba'zilarini o'zimiz ham bilmaymiz)

* * * * *

6. JazakAllohu xoyron - Alloh sizni mukofotlasin.
- Qachon ?
- Biror Musulmon inson sizga yaxshilik qilsa, minnatdorchilik sifatida aytishingiz mumkin. O'zbekchasini ham aytsangiz bo'ladi bu so'zlarni.
- Misol:
- Katta yordam berdingiz, JazakAllohu xoyron.

* * * * *

7. FiySabiylillah - Alloh yo'lida. Alloh roziligi uchun.
- Qachon ?
- Biror bir ishni Alloh roziligi uchun ekanligini aytishda ishlatsangiz bo'ladi.
- Misol:
- Sizga FiySabiylillah yordam berdim. (Ya'ni sizga Alloh yo'lida yordam berdim.)

* * * * *

Mana Alhamdulillah sizlarga hayotingizda eng kerakli bo'lgan ba'zi so'zlarni FiySabiylillah ulashdim. Yana foydali postlarni imkon qadar joylashga harakat qilaman InshaaAlloh.

@JoshDeveloper
TypeScriptdagi "generic type"lardan foydalanib yozilgan ushbu funksiyalarning qaysi biri to'g'ri yozilgan ?
Anonymous Quiz
14%
function <T>sum(value: T): T{ return value;}
35%
function sum(value: T): <T>{ return value;}
32%
function sum<T>(value: T): T { return value;}
19%
Endi bilib olaman.
Juda ommalashib borayotgan RxJS kutubxonasi haqida eshitganmisiz ?
U qanday muommolarga yechim bo'la olishini bilasizmi ?
Anonymous Poll
23%
Ha eshitganman
78%
Yo'q eshitmaganman
RxJS nima ?

Assalaamu alaykum.

Demak, mavzudan bilib turganingizdek, ushbu postda RxJS nima ekanligi va qanday muommolarga yechim bo'la olishi haqida gaplashamiz.

RxJS - "Observable"lardan foydalangan holda asinxron jarayonlarni boshqarish uchun ajoyib yechimlarni taklif qiladigan kutubxona. Shuningdek RxJSda juda ko'p operatorlar mavjud. Bu narsa orqali RxJS asinxron jarayonni nafaqat boshqarishi balki ishlovlar berish mumkin.

Misol tariqasida aytishim mumkinki, mashxur freymvorklardan biri Angular ham ushbu kutubxonadan ko'p foydalanadi. Bunga sabablardan biri RxJS asinxron jarayonlar yaratish va boshqarishda juda oson ekanligi.

Misol uchun sizning saytingizda bir tugma bor. Ushbu tugma bosilganda dasturning turli xil joylariga biror ma'lumot yetkazib berish kerak. Nima qilasiz ? 🤔
Aynan shunday holatlarda dasturimiz juda qiyinlashib ketadi.

Shu holatda, RxJS kutubxonasidan foydalanib 30 qator kodni 10 qatorda yozishingiz mumkin.

Ha, gapirsak gap ko'p. RxJSni shaxsan o'rganishingizni maslahat beraman. Yaxshi ishlata olsangiz RxJS kutganingizdan birnecha barobar ko'proq narsa berishi mumkin. Ko'pchilik senior dasturchilarni sevimligi bo'lishga ham ulgurgan.

Ma'lumot uchun, RxJS ni xohlagan JS yoki TS kutubxona, freymvorklarida bemalol ishlatsangiz bo'ladi. Bunda hech qanday cheklov yo'q.

Rasmiy sayti : rxjs.dev

O'rganish uchun birinchi youtubega murojaat qilganingiz ma'qul. Chunki endi boshlaganlarga biroz qiyinlik qilish ehtimoli bor.

@JoshDeveloper
Azizlar, hozir bo'layotgan ba'zi voqealarga o'z fikrimni bildirmoqchiman.

Ba'zi kompaniyalar yosh dasturchilarni ishlatib, aldab, pulini bermasdan yoki shu kabi boshqa "mashennik"lik yo'llarini qilishayapti.
Sizga maslahatim , ish topdim deb hursand bo'lib shartnomalarga bilib bilmasdan imzo qo'ymang. Shartnoma yaxshi bo'lsa ham bir necha kun ishlab ko'ring. Chunki ularni ishlash uslubi yoqmasligi mumkin yoki xarom narsalar ustida ishlayotgan bo'lishlari mumkin va hkz.

Ogoh bo'ling-a :)

@JoshDeveloper
👍2
Josh*Developer pinned «MENU: O'zbek tilidagi barcha maqolalarim va boshqa manbalarni ushbu jadvaldan topib olasiz. Yangi maqola chiqsa ushbu menyuga albatta qo'shib boriladi. InshaaAlloh JavaScript 1. Optional chaining(?.) 2. Data types(ma'lumotlar tiplari) 3. First…»
TypeScript savol: Ushbu objectning tipini ikkinchi objectga tenglashtirmoqchiman. Interface, type alias kabi narsalarni ishlatmagan holda, bu ishni qanday uddalay olaman ?

let obj = {name: "Falonchi", age: 99} let obj2 : ??? ;
Anonymous Quiz
16%
let obj2: obj;
28%
let obj2: getType(obj) ;
42%
let obj2: typeof obj;
15%
endi bilib olaman.