Josh*Developer
4.68K subscribers
451 photos
40 videos
13 files
701 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer @ EPAM
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz

Reklama: @joshdeveloper_ad
Shaxsiy: @umar_shares
Download Telegram
Forwarded from Khumoyun Codes
Qudrat aka bilan bo'lgan suhbatimiz Youtube ga yuklandi. Ularning dasturlashga kirib kelishlari, hayotlari va boshqaruvga o'tishlari haqidagi qissa haqida gaplashdik. Dasturlash va o'qituvchilik tajribasi biznes bilan shug'illanishda ularga qanday ta'sir qilganini o'rgandik. Suhbat sizlarga foydali bo'ladi degan umiddamiz.

Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz.

P.S. Talablarga binoan bu safar suhbatga taym kodlarni ham qo'shdik, bu o'zingizga kerakli ma'lumotlarni eshitish yanada qulay bo'ladi degan niyatdamiz.

@khumoyun_codes

https://youtu.be/Ul29Gya4ga4
πŸ‘11❀3πŸ‘€2
2025-yil menda qanday o'tdi?

Bu yil hayotimda juda katta o'zgarishlar bo'ldi. Eng qizig'i esa, ko'p natijalarimni yil boshida reja qilmagan edim.

Alloh bu yil bizga tuhfa etgan natijalar:

1. Ping pong dev - yil boshida shogirdlarim bilan stol tennis o'ynashga borgandik. Shunda o'zim ham shunaqa zal ochsam deb niyat qilgandim. 1 oy o'tar-o'tmas ochdik. Ajoyib natijalarga erishdik va Avgust oyida biznesni bizdan ham ko'proq qiziqadigan insonlarga topshirdik (sotdik πŸ’Έ).

2. Farzand - Muhammadsolih o'g'limiz dunyoga keldi. Tug'ilishi juda stressli bo'ldi. Yo'qotib qo'yishimizga oz qoldi.
Allohga shukur-ki, hozir yonimizda va juda yaxshi πŸ™‚ Duo qilib qo'yarsizlar.)

3. Startup - o'xshamadi πŸ˜… Bir nechta startup'larni qilishga urunib ko'rdim. Afsuski hozircha natija yo'q πŸ™‚ "Fail" bo'lish ham tajriba bo'ldi. Olgan tajribalarimdan eng kattasi: Yaxshi jamoa - suv va havodek muhim.

4. Uy - uzoq kutilgan uyimizga erishdik. Bir necha yil yig'ilgan pullar va stresslar, qarzlar bor buni ortida.
Internetda qimmat mashina va uylarini ko'rsatib, dasturlash yoki boshqa sohadan kurs sotayotganlarga ishonmang. Deyarli hech qaysi halol kasb bilan juda tez natijaga erisha olmaysiz.
Dasturlash orqali mana salkam 6 yil deganda Toshkentdan 1 xonali uyni qiynalib qilib oldik, Xudoga shukur. Shu vaqtda katta qarz berib turgan insonlardan Alloh rozi bo'lsin πŸ™‚
(Ayniqsa Unicon Soft kompaniyasiga, ishdan ketgan bo'lsam ham qo'llab turishdi)

5. Masofaviy ish - 2 yillik ofisdagi tajribadan so'ng, EPAM'ga qaytishga qaror qildim. Ofis ishini orada sog'inyapman ham, shu sabab eski ishxonamga ora-orada borib, hamkasblar bilan ko'rishib turibman.

6. Frontend arxitektura - 1 oylik kursimizni muvaffaqiyatli o'tkazib oldik. Juda ajoyib jamoa yig'ildi, kurs ham ancha manfaatli bo'ldi. O'zim uchun ham. (Videolari qiziq bo'lsa, link πŸ˜‰)

7. Avtomobil - oilali bo'lgandan so'ng, taksida yurish qiyinlashib ketgan edi. Avtomobil kerakligi sabab, ozgina qarz qilib ovoldik, Xudoga shukur. (P.s: 3 oylik qarz, uzoq muddatlik qarz bo'lishni tavsiya bermayman)

Esimga kelgan katta o'zgarishlar shular. Sizlarnikini o'qishga tayyorman ⬇️

Barchasi uchun Alhamdulillah. Keyingi 2026-yil hammamizga bundanda barakali bo'lsin.

#yearlyUpdates

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘74❀16⚑8πŸ”₯5πŸ‘1
Full-stack yoki T-shaped Engineer?

Ko'pchilik Full-stack dasturchi bo'laman deydi. Full-stack bo'lish ko'pincha hamma narsani teng olib ketish degani. Ya'ni, hammasidan o'rtacha bo'lasiz.

T-shaped degani esa, bir yo'nalishda chuqur bilim (masalan, rasmda Backend Engineering), qolganlarida esa o'rtacha bilim degani.

T-Shaped Frontend'chi bo'lsangiz β€” Backend'da ham o'zgarishlar qila olasiz, DevOps'ga ham yordamlasha olasiz. Asosiysi esa, Frontend'dagi muhim qarorlarni va chuqur vazifalarni siz bajarasiz. Vaqt o'tishi bilan boshqa yo'nalishlarda ham chuqur bilimga ega bo'lishingiz va T shaklining chuqur qismini bemalol o'zgartirishingiz ham mumkin.

Full-stack engineer < T-shaped engineer

#tShaped #fullStack

@JoshDeveloper
2πŸ‘45πŸ”₯8❀7⚑3
Sun'iy intellekt sabab o'zim kod yozishga erinib qolganman. Lekin sun'iy intellektga qildirish ham zerikarli bo'lib boryapti (Sifatsiz ham ko'p hollarda).

Agar shu ko'rinishda ketsa dasturlashdagi darajalar kod sifatiga qarab farqlanmaydigan bo'lib qoladi deb qo'rqaman. Bu haqida chuqurroq izlanishim kerak ekanligini tushundim. Xulosalarimni yozib borishga harakat qilaman, Xudo xohlasa.

Sizlarga Sun'iy intellekt qanday yomon ta'sirlarini ko'rsatyapti?

#ai

@JoshDeveloper
πŸ‘31πŸ”₯9🀝3πŸ’―2
Tech debt (texnik qarz) nima?

Dasturda ko'zingizni yumgan har bir muommo β€” tech debt deyiladi. Bir kun kelib bu qarzingizni ortig'i bilan to'lashga majbur bo'lishingiz mumkin.

Katta loyihalarda bu qarz β€” foizli kredit kabi ishlaydi. Vaqt o'tgan sari kattalashadi.

Startup'larda esa oddiy qarz, (qarzni qaytarish esa loyiha yurish yurmasligiga bog'liq πŸ˜„)

Shu sabab texnik qarzlarni qachon olish yoki olmaslikni aniqlash juda muhim.

Demak, katta loyihami? Qarz olishdan ehtiyot bo'ling.
Startup yoki shoshilinch loyihami? Bir ko'zni yumib tursa bo'ladi) πŸ‘€

#techDebt

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1😁39πŸ‘11πŸ”₯5❀2🫑2
Tailwind jamoasini 75% qismi ishdan haydalishga to'g'ri kelibdi.

Sababi, bilasiz Tailwind dasturchilar uchun juda ajoyib qulayliklar qilgani bilan, pul olib keluvchi daromad manbayi cheklangan edi. Sun'iy intellekt esa Tailwind UI Kit'larini sotib olishga ham hojat qoldirmadi.
Shu sabab jamoa katta qismi "lay-off" bo'lgan.

Hurmatimni qozongan tomoni, shunday bo'lsa ham Tailwind ishlatishni qandaydir pullik modelga o'tkazishmadi. Biz bo'lganimizda shunday qilgan bo'lardik deb o'ylab qoldim.

Siz nima deb o'ylaysiz?

#tailwind

@JoshDeveloper
😒70πŸ”₯19❀14πŸ’―5🫑1
Jamiyat uchun ishlasang, jamiyat sen uchun ham ishlaydi.

Bir kecha ichida 56.000$ MRR sponsor'likdan kelibdi, deyishyapti.

Manba

#tailwind

@JoshDeveloper
πŸ”₯65πŸ‘12❀5🫑4🀝2πŸ‘1
β€œStackoverflow” yaxshi sayt edi…

#rip

@JoshDeveloper
😒86🫑11πŸ’”5πŸ’―3❀1
Telegramda startaplar, sun’iy intellekt va biznesning moliyaviy holatini tahlil qilib post yozadigan kanal bor ekan.

Qiziq boβ€˜lsa obuna boβ€˜ling: @hisperspective
πŸ”₯15πŸ‘1
Shaxsiy fikrim:
Dasturlashni o'rganayotganlarni ko'pisida hozir Vibe-coding qilishga moyillik bor. Ya'ni, "Sun'iy intellekt bilan oson bitar ekan, o'zim o'rganib qiynalishimga na hojat?" degan tushuncha bor.

Bunday dasturchilar avlodi shakllanishi kelajakda haqiqiy AI'siz ham kod yoza oladigan, loyihalar arxitekturasini qura oladigan va "debug" qila oladigan dasturchilarni qadrini oshiradi. Shu sabab belni mahkam bog'lab, eng quyi va hamma tashlab ketadigan mavzulargacha chuqur o'rganing. InshaaAlloh afsuslanmaysiz.

#thoughts

@JoshDeveloper
❀85πŸ‘54⚑10πŸ’―8πŸ”₯5😁5πŸ†’3πŸŽ‰2🀝2πŸ‘1