Josh*Developer
4.81K subscribers
427 photos
39 videos
12 files
665 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Frontend arxitektura kursimiz mavzulari vaqtlarga bo'lingan (rasmdagidek)

Shuningdek, kurs asosiy materiali PDF fayl sifatida ulashilgan.

Xullas, o'qivorishlik 😄️️️️️️

Kurs haqida batafsil ma’lumot uchun:
🔗 LINK

#dars

@JoshDeveloper
18🤝6🔥1😁1🌚1
Bepul tarif Frontint kursiga qaytdi 🙂️️️️️️

Shu kursdagi bilimlar zarur bo'lgan, ammo hozir to'lov qila olmaydigan insonlar uchun Frontint kursimiz ochiq

Sayt: Frontint.uz

#bepul

@JoshDeveloper
130🫡10👍32
"Software System design" uchun roadmap bor ekan.

Mana: https://roadmap.sh/system-design

Buyerda esa "Software architecture" uchun ham roadmap bor ekan: https://roadmap.sh/software-architect

Bularda ko'proq butun sistemani dizayn/arxitektura qilish uchun roadmap berilgan. Hammasini bilish talab qilinmaydi albatta. Ammo, har oy 1-2 ta qismni yopib yurishga arziydi qiziqqanlarga.

#architecture #systemDesign

@JoshDeveloper
152👏2
Ko’pchilikka qulay bo’lishi uchun “Frontend arxitektura” kursimizni to’lovini 2 bo’lib to’lash orqali sotib olish imkonini qo’shyapmiz.

Boshida 50%, qolgani 1 oyda.

Kurs haqida batafsil ma’lumot uchun:
🔗 LINK

#course

@JoshDeveloper
🔥23🤝1
Tayyor biznes!

Ko'pchilik stol tennis zalimiz "Ping pong dev"ni biladi.
Yuritishga odam qolmayotgani sabab shoshilinch sotishga majbur bo'lyapmiz. Nom va brendni davom ettira oladigan insonlarga topshirish niyatidamiz.

Oylik savdo: 14-18 mln atrofida (oshirsa bo'ladi, 1Fit ulangan)
Chiqim: 400$ (ijara) + 100$ soliq va boshqa chiqimlar
Sof oylik foyda: 8-12mln
Manzil: Chilonzor 19, yo'l yuzi, odam gavjum
Narxi: 7700$ (kelishamiz, tezroq mijoz chiqsa arzonroqqa beramiz)

Joy haqida batafsil ma'lumot uchun quyidagi kanalga o’ting: @pingpong_dev_sotuv

Yaqinlarga ulashing ✈️

#biznes

@JoshDeveloper
44🔥87🗿2
Shavkat aka Karimov tomonidan yaxshi maslahatlar berilibdi.

Ayniqsa, tanlab ko'rsatganim ham juda muhim. Karyeraga berilib ketib, oilani unutganlardan bo'lmang. Oxir oqibat yoningizda oilangiz qoladi, kasbdoshlaringiz emas.

Postni o'qish uchun LINK

#tips

@JoshDeveloper
👍47🔥9❤‍🔥43
IT sertifikat olish to'lovlarini qoplash mavzusiga qiziqayotganlar bo'lsa, marhamat: https://t.iss.one/digitaledu_uz/1951

#share

@JoshDeveloper
👍112
Frontend loyiha qurishdagi eng qiyin mavzular qaysilar deb o'ylaysiz?
Qanday mavzuda vazifa kelsa, qiyin vazifa deb baholaysiz?

3D/2D Graphics? Optimization? Arxitektura? Yoki CSS gridmi 😁? Yoki o'zingiz ayting.

#frontend

@JoshDeveloper
👍135
Forwarded from Dr. Algorithm
Loyiha dasturchiga bog‘liq bo‘lmasin

Bir vaqtlar dasturchilar jamoasi yiqqan edim. Ishlab turgan loyiha, ammo jamoa yo‘q edi. Shu sababli tezroq ishni boshlay olish uchun Senior dasturchilardan jamoa yig‘ish fikrida edim.

Bir kuni chet el korxonasida 10+ yildan ortiq ishlagan Senior bilan gaplashdim. Jamoaga qo‘shilishga rozi bo‘ldi. Unga loyiha arxitekturasini to‘liq topshirdim. Chunki uning chet el korxonasida ishlagan ish tajribasi men uchun muhim edi. O‘zim faqat mahalliy korxonalarda ishlagan bois.

Ish boshladik, lekin ish boshlashdan avval qiziq gap edi:

- Loyihani manga bog‘lama!
- ...
- Sanga etgan ishingni qilib beraman, loyihani to‘liq eplab beraman, korxonada ishlash tizimini (madaniyatni) shakllantirib beraman. Faqat loyihalarni manga bog‘lab qo‘yma. Ertaga ketadigan bo‘lsam, xafagarchilik bo‘lmasligi kerak.

Man uchun bu qiziq tuyuldi. Xuddi muzdek suv quygandek. Bu gapni birinchi marta eshitishim edi.

Hozir fikrim unday emas. Rostdan ham loyihani dasturchiga bog‘lash kerak emas. Dasturchi keladigan va ketadigan odam. Loyiha esa doim ishlashi, takomillashishi va kengayishi kerak.

Har safar dasturchingiz ketib qolsa, loyihani qaytadan yozmaysiz-ku.


Demak, loyihani dasturchiga bog‘lab bo‘lmas ekan. Unda nima qilaman? Qanday qilib korxonani doim ishlashini ta’minlayman? Qanday qilib dasturchilarni qiziqishini ushlab turaman yoki o‘qitaman? Ular baribir ketadigan bo‘lsa. Ularga nima uchun sarmoya (Investitsiya) kiritishim kerak?

Yechim izlash kerak.

Ba’zi yechimlarni ishlatib ko‘rdim.

1. Hujjat yozing. Loyiha davomida dasturchi korxona yordamida o‘rgangan tajribasini hujjat qilib yozsin. Biror jarayonni eplay boshladimi, darrov qanday qilib bajarayotganini yozib qo‘ysin.

2. Vazifa berishda, biror mavzuni muhokama qilishda doim hujjat shakllantiring. Odatda ba’zilar kunlik majlis (Stand-up)larni qilmaydi. Qilsa ham, og‘zaki gaplashib, hech nima yozmaydi. Siz esa yozing. 4 qator bo‘lsa ham yozing..

3. Dasturchingiz salohiyatini doim o‘stirib boring. Kurslarga borsin, bilim olsin. Yilda bir marta bo‘lsa ham bitta kurs olib bering. Xarajat qilganingizda ketib qolishidan qo‘rqmang. Juda bo‘lmasa, 2 yil ishlab berasan deb shart qo‘yasiz.

4. Konferensiya va MeetUplarda qatnashsin. Faol bo‘lishini ta’minlang. Ham shaxsiy brendi kuchayadi ham sizning korxonangiz nomi chiqadi.

5. Dasturchilar jamoasi: "Yo‘q", - desa, salbiy qaramang, asosini o‘rganing. "Yo‘q" deyish mumkin. Nima uchun ekanini o‘rganish mumkin emas.

Bu holat hammamizda bo‘ladi. Shu sababli aybni xodimimizdan emas, avval ishni tashkil etishda qilgan xatoimizdan izlang. Tizim ishlashi kerak. Shunga harakat qiling.


Kuningiz barakali o‘tsin. Dasturchilar ketaman deyishmasin :)

28.08.2025 London
@DrAlgorith
127👍62🤝2🔥1👀1
Dasturlashdan boshqa yo’nalishga o’tganlar bormi?

Qaysi yo’nalishga va nega o’tdingiz?

Masalan, management, media, design, testing…

#qiziq

@JoshDeveloper
🔥9🤝3
Josh*Developer
Dasturlashdan boshqa yo’nalishga o’tganlar bormi? Qaysi yo’nalishga va nega o’tdingiz? Masalan, management, media, design, testing… #qiziq @JoshDeveloper
Fikrimcha bunday tajribalarni ko’proq ulashishni boshlash kerak. Hammani dasturlashga qiziqtirishni “uddaladik”. Endi undan to’g’ri chiqishni ham o’rgatish kerak.

Dasturlashni bir yo’nalishidan ikkinchi yo’nalishiga o’tish nisbatan oson, lekin boshqa kasbgachi? Garchi AyTi ichida bo’lsa ham, turli xil kasblar bor.

Shunday tajriba ulasha oladigan kimdir bilan suhbat ham qilsak bo’lar edi. Ko’pchilikka qiziq mavzu.

#rotation

@JoshDeveloper
💯3675🔥2👍1🤝1
Google'dagilar Angular uchun MCP server'dan foydalanish imkonini qo'shishibdi. Hozircha Angular CLI uchun.

O'zingizni IDE'ingizga bemalol qo'shishingiz mumkin ekan.

Batafsil: https://angular.dev/ai/mcp

#angular

@JoshDeveloper
151
"Burnout" bo'lganda nima qilasizlar?

#savol

@JoshDeveloper
🫡161😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥46🤣10❤‍🔥6🫡3👍2
Oy tutilishi boshlandi 🌚
👍44🤩103👀3
“Centrum Air” orqali har qanaqasiga bilet olmoqchi bo’lib ko’rdim, Visa, Uzcard… ishlamadi.

Tizimlari bir muddatga ishlamasligi qanchalik kompaniya va insonlarga katta zarar yetkazishi mumkin a?

Dasturlaringizni mas’uliyat bilan yozing, kamida qarg’ishga qolmaysiz.

#thoughts

@JoshDeveloper
25👍8🤝2🔥1
24-sentabrda ICTWeek 2025 doirasida bo’lib o’tadigan “AI in Digital Education” marosimiga taklifnoma jo’natishibdi 🌚

Hammani taklif qilaman.

Ro'yxatdan o'tish

🔕 Manzil: CAEx Ko‘rgazma Markazi, Main Hall 1
🔔 Vaqt: 9:30 (ro‘yxatdan o‘tish 9:00 dan boshlanadi)

#taklif

@JoshDeveloper
🔥15👍54🆒42🤝1
Qachon to’xtashni bilish ham mahorat.

Nimadir xato ketyaptimi? To’xtashdan qo’rqmang.

#thoughts

@JoshDeveloper
1🔥41👍5💯32
9/9/6

Ko'p joyda 9 dan 9 gacha, 6 kun ishlash haqida gap ketyapti shekilli.

Qisqagina o'z fikrimni bildiray 🙂

O'zim birovga shunday ishlarmidim?
— Yo'q, aslo. Oilam va hayotim ustunroq.

3-4x to'lashsachi?
— Bunisi boshqa masala 😉. Qisqa muddat uchun o'ylab ko'rardim.

Boshqalarga tavsiya beramanmi?
— Yo'q, faqatgina o'zi shuni xohlab, chiday olishiga ko'zi yetsa o'z xohishi albatta, aralasha olmayman. "Burnout is real." Faqatgina kompaniya ishchi olishda bu narsalarni ochiq aytishi kerak deb o'ylayman. 5 kunlik ish kuni deb olib, 6-7 kunlab ishlatishni maqsad qiladiganlardan bo'lishmasa bo'ldi.

Bunday ish tartibi ommalashishi yomonmi?
— Menimcha ha. Bunday tartibda bo'ydoqlar bemalol ishlar, lekin oilalilar ishlashi juda qiyin. Inson bo'lib yashashdan chekkaga chiqib boriladi bu ketishda. Sohamizga bunday tartiblarni joriy qilishga qarshiman. Umid qilamanki keng yoyilmaydi. Buni o'rniga samadorlikni oshirish bo'yicha o'ylash yaxshiroq. Ko'p kompaniyada hali to'g'ri kommunikatsiya usuli yo'q masalan.

Yashash uchun ishlash kerak, ishlash uchun yashash emas.

#thoughts

@JoshDeveloper
34👍29💯6❤‍🔥5🌚3🔥1