Josh*Developer
4.86K subscribers
420 photos
38 videos
12 files
656 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Dev thinking loud
Mana nima sababdan JavaScriptda hamma o'zgaruvchilar heapda saqlanadi: chunki stackdagi joy function tugashi bilan tozalanadi (function ozi stackdan "pop" bo'ladi), closuredagi functionga esa u joy keyin ham kerak. Manba: https://exploringjs.com/deep-js/…
Essiz, bizni aldashgan ekan πŸ˜„.

Buni o'qimagunimcha JavaScriptda primitiv qiymatlar Stack'da saqlanadi degan gapga ishonib kelganman.

Hayotda shunchalik ham adashish mumkinmi axir?

#mistake #joke

@JoshDeveloper
πŸ‘34😁17πŸ™ˆ4😐2πŸ—Ώ1
INHA universitetini bitirgan do'stlarimiz shu universitetga tayyorlanayotganlar uchun kurs tashkillashtirayotgan ekan.

Kimga qiziq bo'lsa, marhamat.
https://t.iss.one/inha_exam_preparation/21

Reklama huquqlari asosida. Buyerda sizning ham 1000$ lik reklamangiz bo'lishi mumkin edi. πŸ˜… (hazil)

#share

@JoshDeveloper
πŸ‘18πŸ‘Œ4🀣3❀2πŸ€”1πŸ—Ώ1
Diqqat, "Josh*Podcast"ning yettinchi soni e'loni. πŸŽ™

Podkast mavzusi πŸ“ƒ:
β€œDasturchi qanday sifatli ishlashi va o'qishi mumkin?”

Mehmonimiz πŸ‘₯:
- Ravshan Samandarov (Senior Software Engineer at Oxagile)

Sana va vaqti πŸ•”:
9-Dekabr, 21:00

Jonli efir manziliπŸ“:
https://www.youtube.com/live/a6T3R-_J7OM?feature=shared

Savollaringizni shu post ostiga yoki video "Live chat"iga yo'llab tursangiz bo'ladi.

#podcast

@JoshDeveloper
πŸ‘33πŸ”₯9
Bugun 21:00 da ko'pchilik dasturchilar va dasturchi bo'lmoqchilar uchun juda muhim mavzuda suhbatimiz bor inshaaAlloh. O'tkazib yubormang.

Podkast mavzusi πŸ“ƒ:
β€œDasturchi qanday sifatli ishlashi va o'qishi mumkin?”

Jonli efir manziliπŸ“:
https://www.youtube.com/live/a6T3R-_J7OM?feature=shared

#podcast #JoshPodcast

@JoshDeveloper
πŸ‘33🫑12❀3πŸ”₯3
Keyingi podkastni texnik mavzuda qilmoqchimiz inshaaAlloh, qaysi mavzu sizga qiziq?
πŸ”₯24πŸ‘9
Oramizda Falastinga nisbatan bir necha o'n yillik zulm, zo'rlash va majburlash rejimini qo'llab kelayotgan isReal tuzilmasi tomonida bo'lgan zulm sheriklari bor shekilli.

Ular ikki toifa. Biri ochiq oydin ular tomon. Ikkinchisi beg'am, beparvolar. Neutrallar. Ularga farqi yo'q. Insoniy tushunchalar o'lgan.

Alloh asrasin.

Alloh zulmkorlarni zulmini qachon to'xtatishni O'zi bilguvchi, bu bo'layotgan jinoyatlar barchamiz uchun sinov.

Bu sinov - o'sha hayvondan battarlarni va zulmga beparvolarni gunohini va azobini bir necha karra oshiruvchi sinov.

Bu sinov - haq tomonda turish qiyin davrda ham haq tomon bo'la olganlarga xushxabar sinov.

Bu sinov - zulm ko'rganlarni ajrini ziyoda-ziyoda qiladigan, ularning oralaridan ulug' mavqe egalarini ajratib oladigan sinov.

Bu sinovlar hammamiz uchun sinov.

#FreePalestine #Palestine
🫑112πŸ‘60πŸ’”14❀9πŸ’―6⚑5🀣3πŸ—Ώ3πŸ‘1🐳1πŸ‘€1
Bir yil davomida qancha JavaScript dasturchisi Prototypes, Generators, Iterables, Closures, Workers va shu kabi boshqa mavzular sabab intervyulardan yiqilishini bilasizmi?

Siz ham shular qatorida sanalishni xohlamasangiz, 18-Dekabrgacha hamma uchun 15% chegirmaga tushgan Frontint.uz kursini sekingina sotib olishingizni maslahat beraman. πŸŒšπŸ˜‰

Chegirma barcha tariflar uchun amal qiladi.

Batafsil: Frontint.uz saytida.

Adminga bog'lanish: @FrontIntAdmin

P.s: Referral tizimi hali ham o'z kuchida. Kimdir siz orqali kelsa, kelishilganidek 75 000 so'm bonus bor. Batafsil.

Share ✈

#frontint #reklom

@JoshDeveloper
😁37πŸ‘18🀣18πŸ‘€3❀2🌚2🫑2😐1🀝1
Tepada aytilgan JS mavzularini("Prototypes, Generators, Iterables, Closures, Workers va shu kabi boshqa mavzular") shunchaki aytmadim. Buni Mockint.uz loyihamizga keladigan kandidatlar misolida ham aytdim. Ko'pchilik bilmaydi. Feedback'da manbalar beramiz keyin.

Frontint.uz kursini olgan Frontend dasturchilariga, tarifiga qarab Mockint.uz ga ham chegirmalar bor. (yeslicho-de πŸ˜‰)

Ha aytgancha, podkastlarimiz qiziq texnik mavzularda davom etadi inshaaAlloh. Bundan keyingi mavzu ancha foydali bo'lishi kutilyapti. :)
So, stay tuned.

#news

@JoshDeveloper
πŸ”₯16πŸ‘10🀣6πŸ‘1πŸ‘€1
Forwarded from Umar shares
Copilot olgandim. Ishda unumdorligimni oshirishda katta hissa qo'shyapti.

P.s: Bir kutubxonani test qilish uchun shunchaki testoviy tekst yozgandim. πŸ˜†Yordamlashishini qarang.
😁68πŸ—Ώ16πŸ‘9🀣9🀨1
O'zbek kompaniyalari haqida Khumoyun tog'am, @khumoyun_codes yaxshi postlar yozyapti ekanlar.

Oxirgi 1-2 kunda kanal "yonyapti πŸ”₯". Borib o'chirib kelish kerak. 😁

#share #riklom

@JoshDeveloper
😁39πŸ‘7πŸ”₯3🀣1
Eng ko'p olingan intervyular yo'nalishlari uchligi(Mockint.uz'da):

1. Umumiy Frontend
2. React.js
3. Android (Python ham shu qatorda)

#mockint

@JoshDeveloper
πŸ‘25
Mobil dasturchilarga bir iltimos bor edi.

Jiyanim (salkam 3 yosh) Youtube'da bema'ni multfilmlarga o'rganib qolgan. Va bundaylar ko'p.
Shu sabab Youtube'dan ota onalar o'zlari tanlab olib(copy url), bizni dasturga o'tkazib turadigan bir dastur qilmoqchi edim. Ishlar bilan hech ulgurmayapman.

Shorts va videolarni qilish kerak. Shorts'ni "embed" qilish ochiq emas, faqat URL'dan "shorts" yozuvini "embed"ga o'zgartirsa ishlaydi.

Xullas shunday bir ajoyib va kichkina dasturcha kerak. Youtube videolarini ota-onalar tanlashi va dasturga qo'shishi kerak. Bola esa shuyerdan ko'rishi kerak. (Youtube'ga kiritmaslik kerak)
Youtube kids variant emas. Dabdala multiklar fitfillion ta. Ajratish amri-mahol.

(Tayyori bo'lsa nomini aytinglar-e baraka topgurlar 😁)
πŸ‘76πŸ”₯10🌚3
Josh*Developer
Hozirda ish joyiga egamisiz?
Azizlar, shu poll'ni imkon qadar ulashsangiz, bu ma'lumotlar biz uchun muhim.

Chunki, ozgina muddat ichida siz azizlarga bir ajoyib loyihacha bilan qaytamiz inshaaAlloh.

Iloji bo'lsa post tagiga ish topa olmayotganlar sabablari va muommolarini keltirsin.

Katta rahmat.

#poll

@JoshDeveloper
⚑21πŸ‘8
Qattiq mehnat qilayotgan paytim, jiddiy masalalar bo'libdiku internet olamida. πŸ˜…

24/7 ishlaydigan dasturchi bo'lish kerak deyilgan kuwli odamlardan kuwli e'lonlar chiqibdi.

Ha nima qilibdi chiqsa? πŸ˜…

Axir biz o'zbek bo'lsak. Oila, o'z-o'zini rivojlantirish, ibodat, dam olish va hokazo degan so'zlarga balo bormi ?
Dunyoga keldingmi? Ishla.
Shunday ishlaki, umring tez o'tsin. Shunday ishlaki, oilang sog'insin. Shunday ishlaki, biror yaxshi darajaga chiqma. Qotib qol. Shunday ishlaki, hayoting ish va uy(uxlash uchun) bilan o'tsin. Shunday ishlaki, kasal bo'lsang ham, dam olsang ham miyang ishda bo'lsin. Shunday ishlaki, bolalaring betarbiya, bemehr ulg'aysin. Shunday ishlaki, bolalaring hayotni faqat ishlash va daromad qilishdan iborat deb o'ylasin. Shunday ishlaki, shunday o'l.

Tamom.

#tanqid #Azamatni_ishga_oling 🌚

@JoshDeveloper
😁70🀣32πŸ‘11πŸ”₯11😒11🫑6❀3🀝2😐1
Telemetr chellenjini davom etib qo'yay.

Siyosatga ko'p aralashib yuborgan ko'rinaman. πŸ˜… (AI orqali qilishibdi shu joyini, yemapti. Tajikistan ekan yana πŸ€¦β€β™‚οΈ)

#telemetr

@JoshDeveloper
πŸ‘22😁8⚑3
Tekinga turli xil "hayvon"larni tomosha qilishni xohlaydiganlar bormi? πŸ™‹β€β™‚οΈ

Unda ertaga 31-Dekabrdan 1-Yanvarga o'tar kechasida ko'chaga qarab tursin.
Yashirinib yurgan kap-katta "hayvon"lar chiqishadi...

❗️Iltimos, siz shulardan bo'lmang. Uylarimizda kasallar bor, yosh chaqaloqlar, qarilar bor. Uxlashlari kerak. Hozir ham mana ikki jiyanimni zo'rg'a uxlatdik. Ammo ko'chada ba'zi "hayvon"lar paqillatib yotibdi baland qilib. 😏
"Hayvon" bo'lmang. Haqiqiy hayvon ham o'zi bunday emas aslida. Ularni kamsitib qo'yyapmiz degan xavotirdaman.

#tanqid
πŸ‘143🀣46🀝11😒6πŸ—Ώ6πŸ€”2πŸ’―2😐2😁1πŸ’”1πŸ‘€1