Josh*Developer
4.86K subscribers
420 photos
38 videos
12 files
656 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Vacancy 💰️️️️️️

Kompaniyamiz UniconSoft’ga quyidagi rollarga ishchilar kerak.

- Middle-Senior NodeJs dasturchisi (2+ yil tajriba)
- Middle-Senior UI/UX Designer (1.5+ yil tajriba)

Quyidagi insonga Resume + Portfolio(dizaynerlarga) yuborgan holda bog’lanishingiz mumkin.

Bog’lanish: @Ali_9737

Kirsangiz “dolya” berarsiz. 😉 (hazil)

#vacancy

@JoshDeveloper
👍48🆒6🔥2🌚2🫡2
Yaqinda President Tech Award Hackaton boshlangan ekan.

Linkedinda ushbu postni ko’rib qoldim.

Bu qanchalik to’g’ri yoki noto’g’ri bilmayman. Ammo, tegishli joylarga yetib borishi uchun kanalda ulashishni lozim topdim.

Rasmiy xabarni kutib qolamiz.

Agar nohaqlik bo’lgani rost bo’lsa, shunchaki sharmanda bo’ladi. Qanchadan qancha odamlar qancha umidlar bilan qatnashgan, vaqtini sarflagan. Rostanam shunga loiq yoki muxtojlar qatnashgandir…

Yana aytganimdek, rasmiy xabarni kutib qolamiz.

@JoshDeveloper
👍48👀4🤝2
Josh*Developer
Vacancy 💰️️️️️️ Kompaniyamiz UniconSoft’ga quyidagi rollarga ishchilar kerak. - Middle-Senior NodeJs dasturchisi (2+ yil tajriba) - Middle-Senior UI/UX Designer (1.5+ yil tajriba) Quyidagi insonga Resume + Portfolio(dizaynerlarga) yuborgan holda bog’lanishingiz…
Vacancy 💰️️️️️️

Tepadagi vakansiyalar qatoriga:
- Middle+ Angular dasturchilari ham qidirilmoqda.
Oyliklar kelishiladi. Bozor narxlari albatta hisobga olinadi.

Qiziqqanlar quyidagi email’ga Resume’sini va telegram manzilini qoldirsin.
Email: [email protected]

#vacancy

@JoshDeveloper
👍25😁7👨‍💻31😴1
Linkedin’da buni ko’rish achinarli.

EPAM’da ishlagan inson sifatida shuni ayta olamanki, EPAM “IT” kompaniya sifatida yaxshi kompaniya.

Ammo, ularda xato ishlari bor. Ishchilarni hammasini nomidan istalgan “Propaganda”ni support qiladi. Ishchilarni nafsoniyati, diniy qarashlarini hisobga olmasdan postlar qo’yadi.

Bu juda xato. Global kompaniyani dunyo siyosatiga burnini suqishi xato. Haqni “support” qilayotgan ishchilarini ham o’ylash kerak.
CEOsi yahudiy ekan deb, o’zlari xohlagan har nimani qo’yaverish to’g’ri emas. Bo’lmasa ishga kirishdan oldin shunaqa qiliqlari borligini aytishi kerak. Hech yo’q, kompaniyani hamma ishchisi buni “support” qiladi mazmunidagi “We are #OneEPAM” so’zini olib tashlashi kerak.

Bundan avvalgi yillarda “LGBT support” postlar ham qo’ygan edi.
Tabiiyki hamma ham bunga qo'shilmaydi.

@JoshDeveloper
👍76💔39🗿9🤯8😁32💯2😢1
Josh*Developer
Linkedin’da buni ko’rish achinarli. EPAM’da ishlagan inson sifatida shuni ayta olamanki, EPAM “IT” kompaniya sifatida yaxshi kompaniya. Ammo, ularda xato ishlari bor. Ishchilarni hammasini nomidan istalgan “Propaganda”ni support qiladi. Ishchilarni nafsoniyati…
Aftidan post o'chirilgan shekilli. Odamlar repost qilgani uchun ularni postidan bosib kirsa bo'ladi. Ammo, Linkedin profil o'zidan kirib ko'rib bo'lmaydi.

Tushunishgan degan yaxshi umiddaman.

#update

@JoshDeveloper
🔥32👍16🤣51
Urush juda yomon holga yetdi. isroilliklar egallagan hududlarini yanada kengaytirish uchun eng qattiq harakatlarini boshlashgan.

Insonlarning katta qismi Falastin uchun duo qilishyapti, ular uchun haqni odamlarga yetkazishyapti.

Dunyodagi nohaqliklar vaxshiy insonlarni ko'pligidan ko'ra, boqi-beg'am, lapashang va so'taklarni ko'pligidan sodir bo'ladi.

Siz ulardan bo’lmang. Vijdoningiz oldida erkin turish uchun ham kamida duo qiling.

#FreePalestine

@JoshDeveloper
😢67👍438🫡6🤓1
Josh*Developer
Instagram akkountimni butunlay o'chirdim 🪓 Oxirgi paytlar ijtimoi tarmoq degan narsa juda ham jonimga tegdi. Tasavvur qiling nechi soat umringizni bekorga birovlarni soxta tushgan rasmlar-u videolarini ko'rishga sarflaysiz. Ayniqsa instagram. Oxiri bugun…
Instagram akkountimni o'chirganimga roppa-rosa bir yil bo'libdi. Alhamdulillah.

Ancha manfaatli bo'ldi. Odamlarni hayoti bilan unchalik qiziqmay qo'ydim. Instagramga kirib, soatlab qolib ketishlar tugadi.

Ammo, Telegram o'lgurdan voz kechib bo'lmayapti. Bunga ham biror chora ko'rish vaqti keldi. Chalg'ituvchi narsalar bilan to'lib ketyapti.

Happy 1 year of instagram-free life. 🥳

#anniversary

@JoshDeveloper
👍13615❤‍🔥7😁5🗿3🕊2🆒2😢1
IT(AyTi)da o'z biznesini boshlash haqida podkast qilgim bor.

Faqat loyiq inson qidiryapman bu uchun.

Kimni maslahat berasiz?

@JoshDeveloper
👍63🔥5
Abdulaziz aka Startup'larga grant yutish haqida bepul suhbat uyishtirayotgan ekanlar.

Batafsil: https://t.iss.one/ayakubofff/522

#startup

@JoshDeveloper
👍18🔥6👏211
Karyerasi uchun o'z qadriyatlaridan, e'tiqodi va insoniyligidan kechish to'g'ri emas.
Karyeram, biznesim, ish joyim deb, zulmga ko'z yumish va haq tomonda bo'lmaslik uyat.

Bu mavzu jahonda bo'layotgan voqealar sababidangina aytilmayapti. Umuman. O'zligini, qadriyatlarini va e'tiqodini sotish evaziga karyera qurayotganlar haqida aytilyapti.
Bu qimmatli hislatlarni sotmasdan ham karyera qursa bo'ladi.

#eslatma

@JoshDeveloper
64👍363🔥3🤔1
Angular renaissance 🔥

Hozirgina Angular event o'z nihoyasiga yetdi. Asosan Angular 17 versiyasi haqida mavzular bo'ldi.

Shuningdek, rasmdagi yangi "Angular docs" va logo ham e'lon qilindi. Link: Angular.dev

Yangiliklar ko'p. Batafsil Angular event'ni ko'rishingiz mumkin.

P.s: Aftidan Angular jamoasi Udemy'dan React kursini sotib olganimni bilgan shekilli. :D

#Angular

@JoshDeveloper
🤣55👍4
Umar do'stimiz EPAM CEO'si bilan bo'lgan meeting'dan so'ng, kompaniyadan ketishga qaror qilibdilar. Link.

Bilganlarim, Arkadiy Dobkin isroil va Falastin haqida juda unaqa yaxshi gaplar aytmagan ekan. Kompaniya ichki gaplari bo'lgani sabab, public aytilmayapti.

Umarni qarorlarini hurmat qilaman. Bundan so'ng yana ham.
Ammo, ustoz Muhammadjavohir aka aytganlaridek, EPAM'da ishlash yoki ishlamaslik hammaning o'z ixtiyori. Hamma o'z amallari uchun javob bergani to'g'ri. EPAM'da ishlayapti degani, e'tiqodlarini sotdi yoki isroil tarafdori degani emas. Bu narsalarni hukmini ahli ilmlarimizga qo'yib beraylik. Hammani e'tiqodini Alloh bilguvchiroq. Halol ishda, halol ishlab, halol joyga sarflayotganlarga tosh otish uyatli ish. Ayniqsa o'zi bunday vaziyatga tushmagan bo'lsa.

EPAM O'zbekiston uchun katta foydalar keltirgan. Ommaviy bo'shashga targ'ib qilish o'zimizga zarar xolos. EPAM'da oilasini yagona boquvchilari ham kam emas. Ayblayotganlar og'izlariga bir qarab qo'ysinlar.

Xullas, Alloh hammani ajrini bersin. Umar do'stimizga ham yaxshi joylardan ishlar chiqishini tilab qolamiz.

#munosabat

@JoshDeveloper
👍93❤‍🔥11🫡73💯21🤣1
Bugun ertalabdan ikkita qiziq post va kommentni o'qidim.

Angular'ni sinab ko'rganlar yozibdi o'z fikrlarini. Hursand bo'lganim, O'zbek dasturchilari ichida "sinab ko'raychi" degan fikrlash shakllanayotgani.

Kursda o'rgatilgan birxil sistemadan chiqa olmayotganlardan biroz xafa edim. Kursda nima o'rgatilsa, shunda qolib ketishadi. Ammo, bu xabarlarni o'qib, hursand bo'ldim.

"Try" qilishdan qochmaslik kerak. Kimdirlarni fikrlari bilan qotib qolmaslik kerak. Angular yoki React yoki PHP* sizni tog'angiz yoki amakingiz emas 😁️️️️️️. Oddiy texnologiya, ajratib bu yaxshi, bu yomon deb "try" qilishdan qochish, bilimingizni kengaytirmaslik yaxshi emas.

O'zim ham masalan bo'sh vaqtimda React'ni o'rganib turibman. (Ammo, bo'sh vaqtim kam bo'lyapti bu uchun :/ )

Siz ham, sohangiz doirasida bir texnologiyada qotib qolmang. "Try" qiling. Yoqsa va vaqti kelsa "Switch" qiling. It's not scary.

* - PHP lekin Sardor og'amizni tog'asi bo'lsa kerak, ularga mumkin. 😁️️️️️️

#maslahat

@JoshDeveloper
👍31😁10❤‍🔥31🌚1🗿1
ChatGPT O'zbekiston uchun ham ochilibdi.
Endi siz o'z "Email" va telefon raqamingiz bilan ro'yhatdan o'tsangiz bo'ladi.

#news

@JoshDeveloper
👍132🤩93🏆2👨‍💻2😎2🗿1
Forwarded from Umar shares
Each day, I become more certain that having faith in God is the most crucial aspect of life.

#thoughts

@Josh_shares
💯50👍18🔥5🗿2
Intervyularda ko'p qatnashaman. Hozirgi ishxonadagi intervyularda ham qatnashyapman.

Ko'p O'zbek dasturchilarimiz, internetda tekinga ulashilayotgan mavzularni bilmaydi xatto.
Xayron qolaman, yillab yillab tajribalari borlar ham kelib turadi. Oddiy narsalarni bilmaydi ba'zilari.

Ravshan aka o'z kanallarida shuncha yillik juda qimmatli tajribalarini ulashmoqdalar. Ayniqsa React'chilar uchun.
Ko'rishlar soni juda kamligi ham hayratlanarli.
Ammo, React qanday ishlashini ham bilmaydigan React'chilar oramizda "sonmingta".

Kontent ko'paygan sari, dangasalashib ketyapmizmikin deb o'ylab qolaman.

#tanqid

@JoshDeveloper
👍34🆒16💯5🔥3🫡3😢21
Frontend dasturchilariga "Challenge".

Youtube'ga kirsangiz, "Liked videos" degan bo'lim bor. Shu paytgacha qaysi videolarga "like" bosganingizni ko'rsatib turadi.

Bugun shuni ko'rib qoldim, qarasam 750 lar atrofida videoga "like" bosgan ekanman.
Barchasini bir deganda tozalash tugmasi yo'q ekan.

Shunda dasturchi ekanligim qo'l keldi. 🌚
Allohni izni bilan, barcha videolarni birma-bir tanlab, o'chirib chiqadigan kod yozdim va rasmdagi natijaga erishdim :D Ya'ni, barcha videolarni o'zi o'chirib berdi.

"Challenge", siz ham urunib ko'ring va kommentga Console'da yozgan JavaScript kodingizni tashlang. :)

Hech kim javob bera olmasa, kommentda keyinroq o'zimnikini ham yuboraman inshaaAlloh.

P.s: Ko'rinishidan oson ishdek ko'rinadi, lekin bir joyiga kelib biroz qiynaldim, keyin javobini topdim. Qiyin joyi bor.

#challenge

@JoshDeveloper
👍47👌3
Bugun 16:00 da Fikrat ko'rsatuvida, IT(AyTi) bozori holati haqida jonli suhbatimiz bo'lib o'tadi, inshaaAlloh.
E'lon chiqsa jo'natib qo'yaman jonli efirga link bilan, Xudo xohlasa.

Stay tuned 😉

#suhbat

@JoshDeveloper
👍49🔥10🤝9
Birinchi shogird ukalarimizdan biri yaxshi oylikka, salkam 2000$ ga ishga kiribdilar.
MaaShaaAlloh.

Kimnidir muvaffaqiyatiga Allohni izni bilan ozginagina hissa qo'shganingizni bilish yoqimli. Alhamdulillah.

#happiness

@JoshDeveloper
👍18618🔥10👀3
Forwarded from Dev thinking loud
Qo'shimcha ishlash(overtime)

So'nggi paytlarda maslakdoshlarimdan shu masalada ko'p etirozlar eshityapman. Bazan ish beruvchilar hodimlarni qo'shimcha ishlashga(overtime) majburlash holatlari kuzatilayotgan ekan. Ustiga ustak bu vaqtlar uchun maosh ham to'lanmas ekan.

Bu holat bir paytlari o'zimning ham boshimdan bir necha marotaba o'tgani va har gal bu menga juda qattiq salbiy tasir qilgani uchun shu mavzu haqida yozishga qaror qildim.

Bu mavzuda bir qancha tomonlar bor, keling birgalikda bir-bir o'tib chiqaylik.

Masalaning birinchi tomoni, bu holat sabab hodimning foydali ish koeffisiyenti tushib ketadi(burnout). Bu masalaning eng dolzard tomoni, chunki bunda har ikki tomon zarar ko'radi. Ishdan keyin qo'shimcha soatlarda yoki shanba/yakshanba kunlari majburiy ishlatilgan hodimning keyingi kun/haftadagi ish unumdorligi keskin tushib ketadi (bazan hodim juda yosh bo'lsa bu sezilmasligi mumkin, ammo bu holat bir muddat davom etgandan keyin albatta seziladi), natijada bundan biznes ham zarar ko'radi.

Masalaning ikkinchi tomoni, bunaqa tajriba hodimga psihologik jihatdan salbiy tasir ko'rsatadi va hodim sekin-asta boshqa kompaniya qidirishga tushadi, alal oqibat qayerdandir hatto pastroq oylikka bo'lsa ham ish chiqadi va hodim kompaniyani tark qiladi. Natijada kompaniya hodimdan ayriladi. Yangi hodimni qidirib topish, uning unumli ishga tushib ketishi esa biznes uchun ham vaqtdan ham moliyaviy jihatdan zarar yetkazadi.

Masalaning uchinchi tomoni, bunaqa holat bilan ishdan ketgan hodim kompaniya haqida hech qachon ijobiy gapirmaydi, natijada kompaniyaning sohadagi obro'si tushib ketadi va tajribali hodim hech qachon bunaqa kompaniyaga ishga kelmaydi. Yana kompaniya zararda.

Masalaning to'rtinchi tomoni, bir insonni o'z roziligisiz yoki muhtojlik holatidan foydalanib qo'shimcha ishlashga majburlash na insoniy va na shar'iy tomondan to'gri bo'lmaydi. Bu ish hodimga nisbatan shar'an zulm hisoblanadi. Bunaqa biznesdan baraka ko'tariladi.

Endi masalaning sabablariga kelsak. O'zi nega bu tajriba qo'llaniladi?
Odatda har qanaqa biznes/reja "vaqt tahmin"(estimation)lariga asoslanadi. Mana shu "vaqt tahmin"larni togri hisob-kitob qilish odatda boshqaruv(management)ning zimmasida bo'ladi. Agar shu bosqich noaniq bajarilsa (yoki umuman bajarilmasa), boshqaruv ozi qilgan xatolarni qoplash uchun mazkur tajribaga murojaat qiladi. Yani qo'pol qilib aytganda boshqaruvning xatolarini hodimlar qoplashi kerak bo'lib qoladi.

Endi masalaning yechimiga kelsak. Bunaqa holatlarning oldini olish uchun boshqaruv bilan shug'ullanadigan qatlamga maslahatim o'zingizning sohangiz bo'yicha biron joyda bilim oling yoki malaka oshiring. "Biznesni boshqaruv" yoki "Proyektni boshqaruv" degan fanlar bor, bular bo'yicha universitetlarda yo'nalishlar va markazlarda kurslar bor. O'zingizning malakasizligingiz uchun boshqalarni qiynashdan voz keching.

@dev_thinking_loud
👍59🔥743