Josh*Developer
4.86K subscribers
420 photos
38 videos
12 files
656 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Forwarded from Josh*Developer
Mendan yaxshi dasturchi chiqmaydimi ?

Nega ana ular mendan tez o'rganishadi, men esa...?

kabi savollarni ko'p kuzatamiz.
Aslida bu savollar to'g'rimi ?
Ularga javobni qanday bilsak bo'ladi ?

Javobim:
Dasturlash bo'yicha aytadigan bo'lsa. Insonlarni uch turga bo'lishimiz mumkin.
1. Alloh bergan iqtidor, qobiliyat egalari.
Bular dasturlashni juda oson va tez o'rgana olishadi va katta natijalarga erisha olishadi. Qo’shimchasiga til, matematika va hokazo ilmlari bo’lsa, unda🔥.
2. Dasturlashni o'rganishga foydasi tegadigan ilm egalari.
Masalan ingliz tili, matematika va hakozo ilmlardan biri yoki birnechtasini biladigan insonlar. Bularda iqtidor bo'lmasa ham, qo'llarida qurollari mavjud. Ular biroz qiynalsalar ham, dasturlashni o'rganishlari oson kechadi.
3. Oddiy, iqtidorsiz va ilmsiz insonlar.
Bular na til bilishadi, na matematika va na iqtidorlari bor. Bularda dasturlashni o'rganish ancha qiyin. Ammo, uddalasa bo'ladi.

Endi siz bulardan qaysi biriga kirishingizni aniqlang va o'qishni davom eting.

1. Agar siz birinchi toifaga kirsangiz.
Harakatdan to'xtab qolmang. O’zingizga ortiqcha ishonib yubormang.
Qo’shimcha ilmlarni bilmasangiz, ularni ham qo’shing.

2. Agar siz ikkinchi toifaga kirsangiz.
Qo'lingizdagi qurollar bilan 2 barobar ko'proq harakat qilsangiz, iqtidorli va qo’shimcha qurolli insonlardan kam joyingiz qolmaydi. :)
Bir barobar harakat qilsangiz, albatta ulardan qolib ketishingiz mumkin.

3. Agar siz uchinchi toifaga kirsangiz.
Kayfiyatni tushurmang. Yon-atrofingizdagi odamlar sizdan juda ham tez o'tib ketishiga siqilmang. Ularni ba'zilari iqtidorli, ba'zilarini esa qo'lida qurollari mavjud. Siz esa bularga qarshi o'zingizga nisbatan 3-4 barobar ko'proq harakat va izlanish qilishingiz kerak. Ko'proq harakat qilsangiz, inshaaAlloh siz xatto ulardan ham o'tib ketishingiz mumkin. Yoki yana bir narsa, o’zingizda boshqa kasbga qobiliyatingiz va xohishingiz bo’lsa, yo’lni qayta boshlashdan cho’chimang. Yaxshi reja orqali, boshqasiga sakrashga qiynalmaysiz Xudo xohlasa.

Shuni unutmaslik kerakki, barchasi Allohdan. Biror narsa uchun qancha ko'p sabablarini qilsangiz, Alloh xohlasa shuncha tez unga erishasiz.
Alloh ba’zilarga nimadirni berib sinasa, ba’zilardan olib sinaydi. Bir ne’matdan sinov kelsa, boshqa son-sanoqsiz ne’matlarga noshukr bo’lmang. “Nega menda o’xshamaydi?!” deyavermang.
Hammasiga Alhamdulillah deng, xatolaringiz ustida ishlang, to’g’ri reja qiling va yo’lda davom eting.

InshaaAlloh.

#maslahat

@JoshDeveloper
👍103🔥1631
Boost so’rab yotibdimi hamma kanal?

Tovba, bitta story qo’yish uchun shuncha harakat.

Undan ko’ra, Telegramni update qilib, mana bu yerga qarab yuboring Premium sotib olganlar:
https://t.iss.one/JoshDeveloper?boost

#story #joke

@JoshDeveloper
🤣100😁2310👍9😢2👌1
JSchilarga savol:

Execution Context, Closure, Scope va Hoisting haqida bilimingiz bormi?
Anonymous Poll
29%
Hammasini bilaman.
38%
Ba’zisini bilaman.
19%
Hech qaysini bilmayman.
13%
JSchi emasman.
🗿25👀10🤣4
Tepadagi kabi mavzularni Frontint.uz kursida o’tganman va aynan shu dars videosini tekinga kanalga yuklaganman.

Xabaringiz bo’lmasa deb eslatyapman. 🙂️️️️️️

Videoni ko’rish va kurs haqida ma’lumot uchun: Frontint.uz saytiga kirsangiz bo’ladi.

#reklom

@JoshDeveloper
🤝25🤣19👍81🔥1
Bun degan yangi JavaScript runtime chiqqan ekan. (to’g’riroqi “hype” ko’tarildi endi)

To’liq ishlatib ko’rmadim hali.

Shunchaki loyihamizda Node/npm o’rniga replace qilib ishlatib ko’rdim.
Negadir 2 barobar sekin ishladi. 😅️️️️️️
Nimadir xato ketdi deb yaxshi umid qilib qo’yaqoldim.

Sinab ko’rganlar bormi ?

#bun #news

@JoshDeveloper
🤣33👍11💔1
Ustozlar kunini foydali tomonidan biri, odamlar o'ziga ilm bergan ustozlaridan minnatdor bo'ladi va rahmat aytadi.

Odamlar o'zlariga berilgan ne'matdan boshqalarga ulashgan insonlardan minnatdor bo'lishi kerakligi dinimizda buyurilgan amallardan.

Aslida har doim shu ustozlarni, yaxshilik ulashgan barcha insonlarni hurmatini qilish, minnatdor bo'lish kerak. Ammo, bizda shu narsalar ko'p ko'tarilib ketgan.

Shu sabab ham 1-oktabr kuniga manfaatli bir muhr qo'yilganki, ustozlarni eslasinlar deya.

Barcha ustozlarimizdan Alloh rozi bo'lsin, jannatda jamlasin.

#teachers

@JoshDeveloper
👍52🔥12
Onboarding qanday bo'lishi kerak?

Dasturchining o'zini yaxshi ko'rsata olishi Onboarding'ning qanday yaxshi bo'lganiga katta bog'liq bo'ladi.

Shu paytgacha birnechta kompaniyalar(+klient kompaniyalar)da ishlab, "Onboarding" o'tagan inson sifatida o'z fikrlarimni aytsam.

Fikrimcha, yangi qo'shilgan dasturchi uchun eng qulay va kompaniyalarga maslahat beradiganim quyidagicha:

1. Yangi kirgan dasturchiga kompaniya haqida to'liq tushuntirish. Qanday kompaniya? Ichki ko'rinishi qanday? Darajalar qanday? Qanday bo'limlar bor? Ofis bo'lsa ofis haqida va hokazo.
2. Atrofidagi insonlarni tanishtirish. Ya'ni, yangi dasturchining ish jarayonida tanishi kerak bo'lgan insonlar va vazifalari bilan tanishtirish.
3. Kompaniya qoidalari bilan tanishtirish.
4. Loyiha haqida ham texnik, ham biznes tomonlama to'liq tanishtirish. Loyiha maqsadi nima? Qanday biznes logikada tuzilgan? Arxitekturasi qanday? Nimalar ishlatilgan? va hokazo.
5. Boshlang'ich 3 oylikda har oy kamida bir marta One-to-One meeting o'tkazib, barcha savollar va tushunmovchiliklarga javob berish.

Yana nimadir qolib ketmadimi?

#maslahat

@JoshDeveloper
👍41👏31
TypeScript ishlatish shartmi?

JS dasturchilari ichida juda mashxur bo’lishga ulgurgan TypeScript’ni ishlatish shartmi?

Mening javobim:
Sizda shunday tanlov bo’lsa, loyihaga qarab turib aniq bir qarorga kelsangiz bo’ladi. Agar loyiha juda ham kichik bo’lsa yoki qisqaroq muddatda yozilib, davomiy rivojlantirilib borilmaydigan bo’lsa yoki TypeScriptni umuman bilmasangiz va loyihani tezroq qurish shart bo'lsa, TypeScript’siz ham yozsangiz bo’ladi.

Ammo, umumiy qoida ishlatgan afzal.

Loyihada TS ishlatish sizga ko’plab qulayliklar beradi. Boshida biroz qiyinroq bo’lgani bilan, to’g’ri yo’lga qo’yib olgandan so’ng oddiy JS’da yozgandan ancha tez yozasiz. Muommolarni oldini olasiz. Lekin, loyiha boshidan TS’dan to’g’ri foydalanish niyatingiz bo’lmasa, hamma joyga ‘any’ qo’yib ketaversangiz, TS bilan ishingiz biroz sekinlashadi. Undan oladigan foydalaringizdan zarar ko’proq bo’ladi.

Shunchaki hamma ishlatayotgani uchun ishlatishdan, loyihangiz, jamoangiz va boshqa faktorlarni hisobga olib nima ishlatishni tanlaganingiz yaxshiroq.

#maslahat #typescript

@JoshDeveloper
👍50🔥4🌚4🫡1
Yaponiyada dasturlashga imkoniyatlar ko'p ekan.
Xususan quyidagi postdagisi, Juniorlar uchun yaxshi imkoniyat.

Postga link:
https://t.iss.one/doniyor_tojikhonov/42

#share

@JoshDeveloper
👍221
Diqqat, "Josh*Podcast"ning oltinchi soni e'loni. 🎙

Podcast mavzusi 📃:
Dasturlashda muvaffaqiyatga erishish.”

Mehmonimiz
👥:
- Ravshan Samandarov (Senior Software Engineer at Oxagile)

Sana va vaqti
🕔:
14-Oktyabr, 21:00

Jonli efir linki
📍: https://www.youtube.com/watch?v=CUhE1xbS46c

Savollaringizni shu post ostiga yoki video "Live chat"iga yo'llab tursangiz bo'ladi.

#podcast

@JoshDeveloper
👍293❤‍🔥2😢1
Eslatib o’taman, bugun 21:00 da, "Josh*Podcast"ning oltinchi soni bo’lib o’tadi InshaaAlloh.

Podcast mavzusi 📃:
Dasturlashda muvaffaqiyatga erishish.”

Mehmonimiz
👥:
- Ravshan Samandarov (Senior Software Engineer at Oxagile)

Jonli efir linki📍: https://www.youtube.com/watch?v=CUhE1xbS46c


#reminder

@JoshDeveloper
👍23🤝1
2 daqiqada boshlaymiz inshaaAlloh

Jonli efir linki📍: https://www.youtube.com/watch?v=CUhE1xbS46c
👍15
Podkast ajoyib bo’ldi.

Ravshan akani o’z telegram bloglari va Youtube kanallari mana:
Telegram: https://t.iss.one/dev_thinking_loud

Youtube: https://www.youtube.com/@ravshansbox

#podcast

@JoshDeveloper
👍18💯32💔1
Youtube’da videoda gaplashilgan mavzularni boshlanish vaqtlarini belgilasa bo’ladi. Ko’pchilik buni qo’ymaydi. Ba’zan o’zim ham erinaman. Chetelda ba’zi bag’rikeng odamlar esa, videolarni ko’rayotgan jarayonida, mavzularni va ularning vaqtini belgilab ketishadi va kommentda qoldirishadi. Bu ko’pchilikka foydali.
O’zbek jamiyatida ham shu narsani yo’lga qo’ysak yaxshi edi.

Oxirgi podkastimiz asosiy mavzulariga o’z vaqtlarini o’zim qo’ydim. Ammo, savol javob qismida mavzularni o’zi qoldi, vaqtini qo’ymadim. Biror bag’rikeng odam chiqar. :)

Link: https://www.youtube.com/live/CUhE1xbS46c?si=fD5TvCJHqGo1OTan

#podcast

@JoshDeveloper
👍35👀5🤣3💯1🫡1
Internetda 185 000 000 ta login parollar tarqab ketibdi. Tekshirib ko’rdik. Rostan ham ko’pchilikning login parollari tarqalgan. Ko’pchiliki juda jiddiy saytlarga kirish uchun.
Login parollaringizni o’zgartirib, yana ham kuchaytirishni so’rayman.

Qanday olgani hali unchalik aniq emas. Tahminan qandaydir “Browser extension” orqali bo’lish ehtimoli ham yo’q emas. Har xil saytlarniki aralash.

#warning

@JoshDeveloper
👀44🤯11👍10🔥3😱3😁1🤣1
Dokumentatsiyalarni o’qib turinglar.

Bugun RxJS’dan bir operator kerak bo’ldi. Yaxshi izlanmasdan, o’zim yozdim moslab. Bir muddat vaqtim ketdi.

Keyinroq esa qarasam, tayyor shunday operator chiqarishgan ekan. 😅️️️️️️

Dokumentatsiyani o’qish kerak.

- Qanday operator edi?
- HTTP so’rovlardan xatolik kelganida orada interval bilan N marta(manda 3 marta) qaytadan urunib ko’radigan operator. “retryWhen” degan “deprecated” operator bor edi, ichida “count” va “delay” logikalarini o’zimiz yozishimiz kerak edi. Yozdim. Alohida operator qilib chiqardim.
Keyin bilsam o’rniga allaqachon hamma narsasi tayyor “retry” deganini chiqarib bo’lishgan ekan.

Shunaqa gaplar :)
Qissadan xissa, dokumentatsiyani bir o’tirib ishlatib turish kerak.

#maslahat

@JoshDeveloper
👍50🫡10
JavaScript kutubxona/freymvorklari ichida birxil “App”ni yozib, ularni “Benchmark”larini chiqarishibdi.

Rasmda biz eng ko’p bilganlarimizni solishtirmasi.

O’rinlar ketma-ketlikda:
1. Solid
2. Vue
3. Angular
4. Svelte
5. React

Lekin bozordagi ish o’rinlari jihatidan fikrimcha bunday:
1. React
2. Angular
3. Vue
4. Svelte
5. Solid

To’liq solishtirish buyerda:
https://krausest.github.io/js-framework-benchmark/current.html

#frameworks

@JoshDeveloper
25👍13👀41❤‍🔥1
Eslatma (Ayniqsa qizlarga)

Ijtimoiy tarmoqlarda o’z rasmlaringiz yoki videolaringizni qo’yishdan oldin quyidagilarni unutmang:

1. Rasmingizdan foydalanib, shaxsiy ma’lumotlaringizni qidirib topish imkoni bor.
2. Rasmingizdagi kiyimlarni biror “AI” yoki oddiy dastur orqali almashtirish yoki butunlay olib tashlash imkoni bor. Sharmanda bo’lib qolmang.
3. Rasmingizdan foydalanib, turli xil reklamalarga, yolg’on xabarlarga ishlatish ehtimoli bor.
4. Xullas, rasmingiz yoki videoyingiz orqali har qanday g’arazli maqsadlarda foydalanish imkoni bor.

Ehtiyot bo’ling. Biror keraksiz bo’lgan rasm/videolarni joylashdan oldin o’ylang.

Qolganlar ham, biror soxta video yoki rasmlar chiqsa, ishonib qolmang.

Yaqinlarni ogohlantiring. ✈️

#eslatma

@JoshDeveloper
👍105🔥14😢54💯41
Yangilik. 🌚

Endilikda siz ham Frontint.uz kursiga odam taklif qilish orqali, daromad qilishingiz mumkin. 💰

Qanday ? 🤔

Frontint.uz kursimizni insonlarga yolg'on aralashtirmasdan, holis tavsiya qilasiz.
So'ng sizni ism va familiyangiz bilan kurs olaman deb kelgan istalgan insonga biz 15% chegirma beramiz.

Agar taklif qilgan insoningiz kursimizni istalgan tarifini sotib olsa, sizga shu taklifingiz uchun rahmat sifatida 75 000 so’m 💸 miqdorida bir martalik to’lov beriladi. Buning uchun @FrontintAdmin ga o'z ism va familiyangizni yuborib qo'yishingiz kifoya.

Kursimizni odamlarga chegirma bilan yetkazishda yordamlashasiz, ham qo’shimcha daromad qilasiz.

Kurs haqida ma’lumotlar Frontint.uz saytida.

#yangillik #frontint

@JoshDeveloper
👍4265🗿3🤣2🕊1😐1
Vacancy 💰️️️️️️

Kompaniyamiz UniconSoft’ga quyidagi rollarga ishchilar kerak.

- Middle-Senior NodeJs dasturchisi (2+ yil tajriba)
- Middle-Senior UI/UX Designer (1.5+ yil tajriba)

Quyidagi insonga Resume + Portfolio(dizaynerlarga) yuborgan holda bog’lanishingiz mumkin.

Bog’lanish: @Ali_9737

Kirsangiz “dolya” berarsiz. 😉 (hazil)

#vacancy

@JoshDeveloper
👍48🆒6🔥2🌚2🫡2