Josh*Developer
4.86K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
657 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Sometimes, we gotta stop and check where we are now and going…

It’s what helps us get back to the right path if we are on the wrong one.


- - - - - - - - -

Ba’zan, to’xtashimiz va qayerdaligimizni va qayerga qarab ketayotganimizni tekshirib turishimiz kerak.

Bu(usul) xato yo’lda ketayotgan bo’lsak, to’g’risiga qaytishga yordam beradi.

P.s: Bu usulni hayotimizda ham, dasturlashda ham qo’llash foydasi katta.

#maslahat

@JoshDeveloper
👍77👏9🤔2😁1😢1
Qani kim qayerga kirdi?

Kira olmaganlar ham bo’lsa kerak. Xavotir olmang. Bir yil o’z ustingizda ishlash uchun vaqt bor.
Universitet maqsad emas, vosita. Maqsad boshqa bo’lishi kerak. Universitetsiz ham yetisha olishingiz mumkin.
Kirganlar esa, universitetga ishonmang. Sizni soha mutaxassisi qildirib qo’ymaydi. O’zingiz ham qattiq harakat qiling. Yaxshi tomoni, endi sizda maqsadlari o’xshash insonlar bilan tanishish, ular bilan birga o’qish imkoni bor. Foydalanib qoling.

Barchaga omad.

#maslahat

@JoshDeveloper
👍745😢2
Ba’zan, siz xohlamagan narsalar, kutmagan natijalar bo’ladi.
Siz keladigan natijani kuting. Qanday va nima kelishini bilmagan holda. O’zingiz xohlaganni emas.
Alloh yaxshisini biladi. Xohlaganingiz balki kelar, balki kelmas… Lekin qaysi biridir keladi…

P.s: Bu xuddi, TypeScript’dagi Generic’larga o’xshaydi. Tip kelmaguncha bilmaydi funksiya u tip haqida. Lekin uning kutadigani shu…

#tafakkur

@JoshDeveloper
👍41💯18🤣14😁52🔥2🌚21
Loyihamiz arxitekturasini yangilashni boshladik. Nx ishlatib, Monorepo ko’taryapmiz. Yaxshi tajriba bo’lyapti. Avval 0 dan Nx orqali Monorepo ko’tarib ko’rmagan edim. Faqat tayyorlarida ishlagandim. Hozir bu vazifani ham qilishni boshladim. Migration juda qiyin narsa. Alloh oson qilsin.)

Xullas, it’s getting fun…

#fun #nx #monorepo

@JoshDeveloper
👍58🔥8👀21
“Banda Alloh desa-yu, shu gapiga amal qilsa…”

Bir akamizdan shu gapni eshitgandim…
Har zamon esimga tushib turadi…(


#tafakkur

@JoshDeveloper
🔥57👍224
Linkedin’da “scammer”lar ko’payib ketganidan xabaringiz bor.

Qandaydir yo’llar bilan, sizdan pul yechib olishni o’ylashadi.

Kecha menga mana bir opa yozibdi. “Scammer” deb tahmin qildim. Balki unday emasdir. Ammo, ehtiyot bo’lish kerak. Meni vaqtim bo'lmagani uchun ham qiziqib oxirigacha borib ko'rmadim.

Rasmda, “Falon kompaniyada ishlagan ekansiz, biz shu kompaniya haqida izlanishlar olib borayapmiz, biz bilan 1 soat meeting qila olasizmi? (pul to’laymiz)” degan ma’noda yozilgan.

#warning #scammers

@JoshDeveloper
👀15🤣9👍5🤓1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlashda tajribasi bo’lmasdan, dars berib yurganlar haqida fikrim 👆

Mohirdev’da bo’lib o’tgan podkast chiqishiga oz qoldi, Xudo xohlasa. Ushbu qisqa rolik shu podkastdan. Dasturlashda tajriba bo’lmasdan turib, dars berib yurganlar haqida o’z fikrlarim. Davomi bor edi, 🪓 qilishibdi shekilli, yoki to’liq holi chiqqanda chiqar 🙂️️️️️️

#stayTuned #podcast

@JoshDeveloper
👍616🔥42
React’chilar “radikal” desam ishonmaysizlar…

#joke

@JoshDeveloper
🤣98😁12👍3🗿21👨‍💻1😨1
Forwarded from MohirDev.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun "soft skills" muhim?

🦾 Texnik qobiliyatlarning o'zi bilan raqobatbardosh bozorda uzoq qolish mumkinmi?

@mohirdev - tez kunda yangi podkast🎙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍231❤‍🔥1🎉1
Siz qanday qobiq ichidasiz?

Dunyoda yashayotgan insonlarning barchasi qandaydir qobiq ichida yashaydi. Barcha. Ularning fikrlashlari ham o’sha qobiqdan tashqariga chiqmaydi.

Kimdirning qobig’i juda kichik. Oddiy mavzularni ham tushunmaydi. O’z fikriga ham ega emas. Nima maqsadda yashab yurganini ham tushunmaydi.

Kimdirning qobig’i esa, biroz kichik, lekin o’zini kichik fikrlash doirasi ham bor. Shu befahm doirasi ichida turib, o’zidan katta qobiqdagilar fikrlariga tosh otgani-otgan.
Dunyo ilmidan ham, oxirat ilmidan ham bebahra.

Kimdirning qobig’i o’rtacha. Dunyo ilmidan bir qismini olgan. O’ziga yarasha maqsadlari bor. Ular shu hayotda yashash uchun yashaydi. Undan uyoqini fikrlashmaydi. Uzoqi bilan shu dunyo qobig’ichalik qobiqqa ega bo'lishadi.

Bunday qobiqlar ko'p. Quyidagisi esa, nazarimda biz insonlar uchun eng kattasi va oliysi.
Bu qobiq egalari dunyo ilmidan ham, oxirat ilmidan ham nasibasini olish yo’lida yurishadi. Bu dunyoga shunchaki bekorga kelmagani, bu dunyodagi barcha borliq, quyosh, oy, yer va undagi barcha mavjudotlar, ozuqa zanjiri, borliqdagi barcha narsaning yagona tizimga amal qilishi, xullas barcha barchasi, shunchaki yaralmaganligini anglab yetgan. O’zidan o’zi bunday mukammal “sistema” bor bo’lib qolmaganini, buni ortida faqatgina Yagona zot, Alloh* borligini anglagan.
Bunday qobiqdagilarni juda hurmat qilaman. Dunyosini ham, oxiratini ham o’ylay oladiganlar. Dunyo qobig’idan ham tashqariga chiqa olganlar. Bekorga kelmaganiga iymon keltirganidek, o’limi bilan hammasi tugamasligiga, barcha o'z amallari uchun javob beradigan kun borligiga ishonadiganlar.

*Alloh - Al-ilah so’zidan tuzilgan, bu Yagona iloh ma’nosini bildiradi. Bandalariga rahmli, Qur’on ila fazl bergan zot, Robbimizning ismlaridan biri.

P.s: Bu fikrlar o’z “qobig’im”dan kelib chiqib aytildi. Siznikiga to'g'ri kelmasa, ma’zur tutasiz :)

#tafakkur

@JoshDeveloper
👍605🔥4🕊1
Frontend’da portfoliosini oshirish istagidagilar uchun Muhammadjavohir akani chellenjlar 🔥 bo’lib davom etyapti.

Quyida 10 kunlik chellenj natijalari:
https://t.iss.one/mayoquz/2759

#tavsiya

@JoshDeveloper
👍213
Qiziq bir ma’lumot o’qib qoldim.

O’sha mashxur, kinolarda ko’p chiqadigan Viking’lar bilan Musulmonlar o’rtasida jang bo’lgan ekan.

Natijasi rasmda. Musulmonlar o’sha devdek odamlarni yer tishlatgan ekan.

Tarixni qarasangiz, Musulmonlar ilmda va armiyada eng ilg’orlardan bo’lishgan. Taqvo ahli bo’lishgan-da liderlar ham.

#fakt #islam

@JoshDeveloper
👍63🔥14🫡71🗿1
EPAM’da birga ishlagan do’stlarimiz yaxshi bir loyihaga qo’l urishgan ekan. Ancha rivojlanib ham qolibdi.
Loyiha maqolalar yozishingiz va o’qishingiz uchun mo’ljallangan.

Check it out - upper.uz

#tavsiya

@JoshDeveloper
👍46🔥81
Kimgadir qilayotgan yaxshiligini videoga olib, yaxshilik qilinayotgan odamga zulm qilayotganlar ko’payib qoldi a?

Bir nochor onaxonni yashirin videoga olib, unga pul beryapti va yig’laganlarini videoga olib tarqatyapti…
Onaxonni o’zi yoki farzandlari buni ko’rsa nima der ekan?
Kimga yoqadi bu holat?
Ruhsat so’radimikan?

Ibrat bo’lsin uchun olgandir deysizmi?
Ibrat bo’lsin uchun qilishga qarshiligim yo’q, lekin haligi nochor insonni nafsoniyati bordir, farzandlari bordir. Nochor holida yashirin videoga olib, yig’latib, oxirida “videoga olgandik, rozi bo’ling” deyishsa, katta ehtimol bilan “Mayli” deydi. Lekin ichida bunga rozi bo’lolmaydi. Hech bo’lmasa yuzini berkitish kerak.

#tanqid

@JoshDeveloper
👍106💯17💔3😴2🤨1
Kanalimiz kattaroq bo’lgandan so’ng, postlarni ikkiga ajratishga to’g’ri kelyapti.

Ushbu kanalimni 90% qismini faqat professional IT postlari uchun qoldirishga qaror qildim.

Qolgan hamma mavzular, fikrlarim, IT’ga aloqador no-professional postlar(hazillar, kichik ma’lumotchalar va hokazo), tanqidlar va boshqa shu kabi postlar uchun alohida kanalda qilishga o’tamiz.

O’zbek kompaniyasiga o’tib Ingliz tilida kam gaplashishni boshlaganim sabab, alohida kanalimizda postlar O’zbek va/yoki Ingliz tilida bo’ladi.

Xullas, kiringlar buyoqqa ham, bo’ldi. 😅️️️️️️
https://t.iss.one/Josh_shares

@JoshDeveloper
🫡17👍6😐6🔥1
Helper/Utility funksiyalarni qaysi ko’rinishda yozish kerak ?

Bilamiz, ba’zi kutubxonalar yordamchi funksiyalarni Class ichiga, statik qilib yozadi.

Masalan,

export class Utils {
static someHelpfulMethod() {
// logic
}
static calculatePros(name) {
// some logic
if(name === “React”) return null;
}
}


Yana ba’zilar esa, har bir funksiyalarni alohida-alohida qilib, function bilan yozadi.

Masalan,

export function doSomethingFun() {
// logic
}


Bu ikkisini ham o’z foyda va zararlari mavjud.
Keling foyda va zararlarini kommentda sanaymiz.

Men esa o’zim ma’qul ko’rganimni aytaman. Bu ikkinchi usul. Alohida funksiyalar orqali qilish. Sababi, kodda ishlatilmay qolgan funksiyalarni “Tree shaking” qilishda Class’lar biroz muommo bo’ladi. Ichida keraksiz funksiyalarni ham ko’tarib kelishi mumkin. Alohida funksiyalarda esa unday emas.

Sizga qaysi biri ma’qul va nega ?

Upper.uz’da o’qish - Link

#programming

@JoshDeveloper
👍28😁4
Forwarded from MohirDev.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturchining hayot yo'li haqida podkast

🎙MohirDev'da navbatdagi suhbat dasturchining hayot yo'li, sohani o'rganish, ish topishdagi tajribalar, universitet va diplom, hamda xalqaro kompaniyalarda ishlash haqida bo'lib o'tdi.

▶️ Unda Umar Sa'dullayev hamda Muhammadrasul Nurmuhammadov o'z tajribalari asosida dasturchilarga muhim tavsiyalar berib o'tishdi. Ularning ayni kundagi faoliyati va bunga qadar nimalar qilishgani haqida esa bugun premyerada bilib olishingiz mumkin.

🕘 Premyera 2-sentabr, bugun soat 21:00'da MohirDev YouTube kanalida bo'lib o'tadi

👉 Eslatmani yoqib qo'yish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29🔥6🤨1
Ayni paytda ishda quyidagi kabi vazifalar bilan bandman:

1. Bug to’g’irlash, Feature qo’shish.
2. Loyiha arxitekturasini yaxshilash.

Aynan shu ikkinchisi ustida ko’p ishlar qilyapmiz. Monorepo ko’rinishiga olib kelish harakatidamiz. Nx ishlatyapmiz. Monorepo ichidagi loyihalarni Module Federation orqali bir biri ichida ishlatish varianti ham bor. Bu haqida bir qarorga hali kelmadik.

Xullas yaxshi tajribalar bo’lyapti.

#updates

@JoshDeveloper
🔥29👍62🌚1
Maktab boshlanyapti ekan.

Maktabda hali ham o’qiyotganlarga o’z maslahatlarimni berdim.

Quyida havola:
https://t.iss.one/Josh_shares/67

@JoshDeveloper
🤝23👍9
Monorepo nima?

Monorepo bu bir repository ichida birnechta aloqador loyihalarni yozish.
Bu xuddi rasmdagidek ko’rinishda bo’lishi ham yoki faqat Frontend loyihalar bo’lishi ham mumkin.

Monorepo qilishdan maqsad, o’rtada “shared” kodlarni oson ulashish, loyihalarni oson boshqarish. Versiya o’zgarishlarda ham hammaga bittada o’zgarish kirita olish va hokazo.

JS dunyosida Monorepo qilish va uni oson boshqarib turish maqsadida birnechta tool’lar chiqqan. Nx, TurboRepo va boshqalar bunga misol.

Katta-katta kompaniyalar, masalan Google, Meta, Microsoft, Uber, Amazon va hokazolar, ko’p loyihalarida Monorepo qilishgan.

#monorepo #architecture

@JoshDeveloper
👍39🔥8🫡1