Ilmingizni ziyoda va barokatli bo’lishini kalitlaridan biri, bor ilmingizni ulashishdir.
#maslahat
@JoshDeveloper
#maslahat
@JoshDeveloper
👍108🫡11❤🔥3🔥2👏1🌚1👀1
Josh*Developer
Ilmingizni ziyoda va barokatli bo’lishini kalitlaridan biri, bor ilmingizni ulashishdir. #maslahat @JoshDeveloper
Shu o’rinda, hayotda yoki internetda biror mentor(ustoz)dan ilm oluvchilarga ham maslahat:
1. Ilm berayotgan insonni hurmatini qiling.
2. Uni malol keltiradigan darajada savol so’ramang. O’rnida va me’yorida so’rang.
3. Bemavrid paytda bezovta qilmang. (Yarim tunda yoki juda ham ertalabdan savol so’rab telefon qiladigan, xabar yuboradiganlarga tegishli.)
4. Maslahatlarini qilmasangiz, undan maslahat so’rab ovora qilmang. Aytganini qilmaganingizni ko’rgan ustozni sizdan ko’ngli soviydi. Ilm berishga malollanadi.
5. Hech kim sizning ishingizni qilib berishga majbur emas. Yordam so’rashda bor yukingizni ustozingizga yoki yordam so’rayotganingiz istalgan shaxsga tashlab olmang. Yo’l-yo’riq yoki maslahat olib, o’zingiz qiling.
6. Vaqtini va energiyasini ketkazib, sizga ilm o’rgatayotgan insondan minnatdor bo’ling.
Kommentda kutamiz qolganini :).

👍64⚡3🆒3🤝2
Kanalimiz 4k bo’libdi.
Alhamdulillah.
Kanalni endi ochganim esimda. 2021-yil. Qisqa muddatda yaxshi natijaga erishdik Allohni izni bilan. Shu paytgacha birnarsalar ulashishga harakat qildim. Alloh fazl ko’rsatib, kimgadir foydamiz tekkan bo’lsa, biz uchun bu katta natija. Duoda eslasangiz yo’q demayman)
Alloh bardavom qilsin.

🔥127👍42❤9🤝6🫡4🎉3⚡1😱1
Forwarded from Josh*Developer
Oyliklar haqida gaplashamizmi ? 😋
Men O'zbekistondagi chetel kompaniyalarida to'lanayotgan oyliklarni oraliqini tahminan aytaman.
Siz esa o'zbek kompaniyalarinikini aytasiz.
Hop, tajribamdan va tanishlarimdan kelib chiqib, tahminimcha oraliq oyliklar bunday:
Junior 👦: Ko'pincha 400$ - 700$, ba'zan 700$ - 1200$ gacha
Middle 👱♂️: Ko'pincha 1000$ - 2500$, ba'zan 2500$ - 3500$ gacha
Senior 🧔♂️: Ko'pincha 2500$ - 3500$, ba'zan 3500$ - 7000$ gacha
(Bular yo'nalishga qarab o'zgarishi mumkin. Buyerdagini Frontend va Backend uchun deb tushunsangiz bo'ladi.)
Kanal kommentiga fikringizni qoldiring.
Ulashish esingizdan chiqmasin. 😉
Ha yana, endi boshlaganlar oylik haqida o'ylamasdan, 1-2 yil sof tajribaga e'tibor qaratsin.

👍47🔥5🤣3😎1
Josh*Developer
Oyliklar haqida gaplashamizmi ? 😋 Men O'zbekistondagi chetel kompaniyalarida to'lanayotgan oyliklarni oraliqini tahminan aytaman. Siz esa o'zbek kompaniyalarinikini aytasiz. Hop, tajribamdan va tanishlarimdan kelib chiqib, tahminimcha oraliq oyliklar bunday:…
Buni bir yillar oldin tashlagan ekanman 😅️️
Hozirgi holatda sonlar biroz tushgan nazarimda, ko’p emas, biroz. Og’irroq davr. Ishsizlar ko’p. Kompaniyalarda tanlov yuqori. 200$ uchun ham “boshqa kandidat olaqolamiz” deya oladigan davr. Avval boshqacharoq edi.
Shunday ekan, ish chiqsa, kichik summalarni deb, o’jarlik qilmaganingiz ma’qul. Tajriba va bilim eng muhimi.

👍61😢13😨3
Qanday kattaroq oylikka chiqish haqida yozaymi?
Shu postga 500 ta 👍 yig’ilsa, sirli masalliqlarni aytaman inshaaAlloh 🌚
@JoshDeveloper
Shu postga 500 ta 👍 yig’ilsa, sirli masalliqlarni aytaman inshaaAlloh 🌚
@JoshDeveloper
👍604🗿15🫡6🤣2
Kattaroq oylikka chiqishning sirli masalliqini aytmasam bo’lmaydi shekilli. 😅️️️️
Qandaydir sirli narsani emas-u, lekin o’z tajribamda bo’lganini va so’ng esa o’z maslahatimni beraman.
Tajribamdan
O’z tajribamdan shuni bildimki, oylik o’stirishni eng tez yo’li, bir ishxonadan ikkinchisiga o’tish yoki o’tmoqchi bo’lish ekan. Ya’ni, ishlab turgan joyingizdan boshqasiga o’tishda sizga kattaroq summa taklif qilish ehtimoli ko’p bo’ladi va sizni olib qolish uchun ham ishlab turgan joyingiz oylikni ko’proq berishga kelishishi ehtimoli ko’p bo’ladi. Qadrli ishchi bo'lmasangiz, qolishingiz uchun oylik o'stirishlarini kutish qiyinroq. O’zim bilmagan holda shu jarayonlarga tushib qolganman va kattaroq oylikka tez chiqqanman, Alloh izni bilan.
Maslahatim
Bir joyda eng qadrli dasturchilardan biriga aylanib, shuyerda kattaroq oylikka chiqing. Bu vaqt masalasi. Ammo, eng maslahat beradiganim shu. Ishdan ishga sakrab yurish yaxshi emas. Qadringiz bo’lmaydi. Ishonch bo’lmaydi. Mehr bilan ishlay olmaysiz. Sabr qilib, bir joyda “gullashingiz” yaxshiroq.
Yana bir gap.
Hozirgi yoshlar(o’zim ham yoshmanku-ya), tez pul topishga juda o’ch bo’lib qolgan. Darrov pul topgisi, katta oylikka chiqqisi keladi(hazilomus isboti 500 ta layk birpasda bo’lgani 👆). Shu sabab katta qismi, hayotidan norozi, noshukr. Bunday bo’lmang. Sabr bilan, shukr bilan erishiladigan narsalarga, birdan chiqishingiz qiyin, chiqqan taqdirda ham eplab ketish qiyin. Alloh bersaku mayli, lekin bermasa noshukrlik yarashmaydi bizga.
Yana, yana bir gap.
O’zingizni boshqalar bilan solishtirmang. Kimdir sizdan ertaroq boshlab, kattaroq oylikda yurgan bo’lsa, o’ksinib, xafa bo’lmang. Hasad qilmang.
“Balki, u odamni oilasi nochorroqdir.
Balki, u odamga pul mendan ko’proq kerakdir.
Balki, u odam mendan ko’proq ustida ishlagandir.
Balki, Balki…” kabi savollarni berib ko’ring o’zingizga.
O’zim ko’p guvohi bo’lganman bunday haqiqatlarga.
Oxirgi yana bir gap.
Pulni ko’pligi sizni aldab qo’ymasin. Baraka bo’lmasa, bari bir-tiyin. Kam topib, baraka bilan yaxshi yashayotganlar ham, ko’p topib, barakasiz yomon yashayotganlar ham talaygina. Shukr qiling. Halol rizqingizga rozi bo’ling. Niyatingizni to’g’ri qilib, ustingizda ishlang. Alloh ziyoda qiladi, vaqti kelsa, inshaaAlloh.
Mana, sirli masalliq.)

👍225❤8⚡7❤🔥3👀2
Sometimes, we gotta stop and check where we are now and going…
It’s what helps us get back to the right path if we are on the wrong one.
- - - - - - - - -
Ba’zan, to’xtashimiz va qayerdaligimizni va qayerga qarab ketayotganimizni tekshirib turishimiz kerak.
Bu(usul) xato yo’lda ketayotgan bo’lsak, to’g’risiga qaytishga yordam beradi.
P.s: Bu usulni hayotimizda ham, dasturlashda ham qo’llash foydasi katta.

👍77👏9🤔2😁1😢1
Qani kim qayerga kirdi?
Kira olmaganlar ham bo’lsa kerak. Xavotir olmang. Bir yil o’z ustingizda ishlash uchun vaqt bor.
Universitet maqsad emas, vosita. Maqsad boshqa bo’lishi kerak. Universitetsiz ham yetisha olishingiz mumkin.
Kirganlar esa, universitetga ishonmang. Sizni soha mutaxassisi qildirib qo’ymaydi. O’zingiz ham qattiq harakat qiling. Yaxshi tomoni, endi sizda maqsadlari o’xshash insonlar bilan tanishish, ular bilan birga o’qish imkoni bor. Foydalanib qoling.
Barchaga omad.

👍74❤5😢2
Ba’zan, siz xohlamagan narsalar, kutmagan natijalar bo’ladi.
Siz keladigan natijani kuting. Qanday va nima kelishini bilmagan holda. O’zingiz xohlaganni emas.
Alloh yaxshisini biladi. Xohlaganingiz balki kelar, balki kelmas… Lekin qaysi biridir keladi…
P.s: Bu xuddi, TypeScript’dagi Generic’larga o’xshaydi. Tip kelmaguncha bilmaydi funksiya u tip haqida. Lekin uning kutadigani shu…
#tafakkur

👍41💯18🤣14😁5❤2🔥2🌚2⚡1
Loyihamiz arxitekturasini yangilashni boshladik. Nx ishlatib, Monorepo ko’taryapmiz. Yaxshi tajriba bo’lyapti. Avval 0 dan Nx orqali Monorepo ko’tarib ko’rmagan edim. Faqat tayyorlarida ishlagandim. Hozir bu vazifani ham qilishni boshladim. Migration juda qiyin narsa. Alloh oson qilsin.)
Xullas, it’s getting fun…
#fun #nx #monorepo
@JoshDeveloper
Xullas, it’s getting fun…
#fun #nx #monorepo
@JoshDeveloper
👍58🔥8👀2❤1
“Banda Alloh desa-yu, shu gapiga amal qilsa…”
Bir akamizdan shu gapni eshitgandim…
Har zamon esimga tushib turadi…(
#tafakkur
@JoshDeveloper
Bir akamizdan shu gapni eshitgandim…
Har zamon esimga tushib turadi…(
#tafakkur
@JoshDeveloper
🔥57👍22❤4
Linkedin’da “scammer”lar ko’payib ketganidan xabaringiz bor.
Qandaydir yo’llar bilan, sizdan pul yechib olishni o’ylashadi.
Kecha menga mana bir opa yozibdi. “Scammer” deb tahmin qildim. Balki unday emasdir. Ammo, ehtiyot bo’lish kerak. Meni vaqtim bo'lmagani uchun ham qiziqib oxirigacha borib ko'rmadim.
Rasmda, “Falon kompaniyada ishlagan ekansiz, biz shu kompaniya haqida izlanishlar olib borayapmiz, biz bilan 1 soat meeting qila olasizmi? (pul to’laymiz)” degan ma’noda yozilgan.
#warning #scammers

👀15🤣9👍5🤓1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlashda tajribasi bo’lmasdan, dars berib yurganlar haqida fikrim 👆
Mohirdev’da bo’lib o’tgan podkast chiqishiga oz qoldi, Xudo xohlasa. Ushbu qisqa rolik shu podkastdan. Dasturlashda tajriba bo’lmasdan turib, dars berib yurganlar haqida o’z fikrlarim. Davomi bor edi, 🪓 qilishibdi shekilli, yoki to’liq holi chiqqanda chiqar 🙂️️️️️️
#stayTuned #podcast

👍61⚡6🔥4✍2
Forwarded from MohirDev.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun "soft skills" muhim?
🦾 Texnik qobiliyatlarning o'zi bilan raqobatbardosh bozorda uzoq qolish mumkinmi?
@mohirdev - tez kunda yangi podkast🎙
@mohirdev - tez kunda yangi podkast
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤1❤🔥1🎉1
Siz qanday qobiq ichidasiz?
Dunyoda yashayotgan insonlarning barchasi qandaydir qobiq ichida yashaydi. Barcha. Ularning fikrlashlari ham o’sha qobiqdan tashqariga chiqmaydi.
Kimdirning qobig’i juda kichik. Oddiy mavzularni ham tushunmaydi. O’z fikriga ham ega emas. Nima maqsadda yashab yurganini ham tushunmaydi.
Kimdirning qobig’i esa, biroz kichik, lekin o’zini kichik fikrlash doirasi ham bor. Shu befahm doirasi ichida turib, o’zidan katta qobiqdagilar fikrlariga tosh otgani-otgan.
Dunyo ilmidan ham, oxirat ilmidan ham bebahra.
Kimdirning qobig’i o’rtacha. Dunyo ilmidan bir qismini olgan. O’ziga yarasha maqsadlari bor. Ular shu hayotda yashash uchun yashaydi. Undan uyoqini fikrlashmaydi. Uzoqi bilan shu dunyo qobig’ichalik qobiqqa ega bo'lishadi.
Bunday qobiqlar ko'p. Quyidagisi esa, nazarimda biz insonlar uchun eng kattasi va oliysi.
Bu qobiq egalari dunyo ilmidan ham, oxirat ilmidan ham nasibasini olish yo’lida yurishadi. Bu dunyoga shunchaki bekorga kelmagani, bu dunyodagi barcha borliq, quyosh, oy, yer va undagi barcha mavjudotlar, ozuqa zanjiri, borliqdagi barcha narsaning yagona tizimga amal qilishi, xullas barcha barchasi, shunchaki yaralmaganligini anglab yetgan. O’zidan o’zi bunday mukammal “sistema” bor bo’lib qolmaganini, buni ortida faqatgina Yagona zot, Alloh* borligini anglagan.
Bunday qobiqdagilarni juda hurmat qilaman. Dunyosini ham, oxiratini ham o’ylay oladiganlar. Dunyo qobig’idan ham tashqariga chiqa olganlar. Bekorga kelmaganiga iymon keltirganidek, o’limi bilan hammasi tugamasligiga, barcha o'z amallari uchun javob beradigan kun borligiga ishonadiganlar.
*Alloh - Al-ilah so’zidan tuzilgan, bu Yagona iloh ma’nosini bildiradi. Bandalariga rahmli, Qur’on ila fazl bergan zot, Robbimizning ismlaridan biri.
P.s: Bu fikrlar o’z “qobig’im”dan kelib chiqib aytildi. Siznikiga to'g'ri kelmasa, ma’zur tutasiz :)

👍60❤5🔥4🕊1
Frontend’da portfoliosini oshirish istagidagilar uchun Muhammadjavohir akani chellenjlar 🔥 bo’lib davom etyapti.
Quyida 10 kunlik chellenj natijalari:
https://t.iss.one/mayoquz/2759
#tavsiya
@JoshDeveloper
Quyida 10 kunlik chellenj natijalari:
https://t.iss.one/mayoquz/2759
#tavsiya
@JoshDeveloper
👍21❤3
Qiziq bir ma’lumot o’qib qoldim.
O’sha mashxur, kinolarda ko’p chiqadigan Viking’lar bilan Musulmonlar o’rtasida jang bo’lgan ekan.
Natijasi rasmda. Musulmonlar o’sha devdek odamlarni yer tishlatgan ekan.
Tarixni qarasangiz, Musulmonlar ilmda va armiyada eng ilg’orlardan bo’lishgan. Taqvo ahli bo’lishgan-da liderlar ham.
#fakt #islam

👍63🔥14🫡7❤1🗿1
Josh*Developer
Qiziq bir ma’lumot o’qib qoldim. O’sha mashxur, kinolarda ko’p chiqadigan Viking’lar bilan Musulmonlar o’rtasida jang bo’lgan ekan. Natijasi rasmda. Musulmonlar o’sha devdek odamlarni yer tishlatgan ekan. Tarixni qarasangiz, Musulmonlar ilmda va armiyada…
Bizni ba’zi odamlar zo’rda, xuddi mana bu Bruce Lee’ning shogirdiga o’xshashadi. Oyni ko’rsatsa, barmoqqa qarashadi…
Post maqsadi qolib, uni o’zini muhokama qilib o’tirishadi…
#tanqid
@JoshDeveloper
Post maqsadi qolib, uni o’zini muhokama qilib o’tirishadi…
#tanqid
@JoshDeveloper
🤣36👍9😁3🗿2
EPAM’da birga ishlagan do’stlarimiz yaxshi bir loyihaga qo’l urishgan ekan. Ancha rivojlanib ham qolibdi.
Loyiha maqolalar yozishingiz va o’qishingiz uchun mo’ljallangan.
Check it out - upper.uz

👍46🔥8⚡1