Josh*Developer
4.85K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
657 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Diqqat 🌚

"Josh*Podcast"ning ilk soni boshlanish arafasida. πŸŽ™

Podcast muvzusi πŸ“ƒ:
"Vue.js: Yaxshi frontend dasturchi bo'lish"

Mehmonlarimiz πŸ‘₯:
- Mirjalol Norqulov (Frontend dasturchi)
- Muhammadamin Ibragimov (Frontend dasturchi)

Mezbonlar qatorida men bilan birgalikda Odil Nizamov bo'ladilar.

Sana va vaqti πŸ•”:
19-Fevral, 19:00

Manzil πŸ“:
@JoshDeveloper telegram kanali

#JoshPodcast #podcast
πŸ”₯42πŸ‘19πŸ†6πŸ‘¨β€πŸ’»3😁1🐳1πŸ‘€1
Biz oxiri hal qildik. Angular va React jangi nihoyasiga yetdi. βš”οΈ

Kim yutdi deysizmi ? Vue πŸ”₯🀣

#joke

@JoshDeveloper
🀣152πŸ”₯24πŸ₯±10🀨8πŸ‘7😁6🀯5🌚4πŸ’”3πŸ€”1🐳1
Senior bo'ldim(mi?)

Xo'sh, bugun sizlarga bir narsani qilib ko'rsatmoqchiman.

Man bugundan o'zimni o'zim "Senior Frontend Engineer" deb e'lon qilaman. πŸ₯³

Ko'rsatmoqchi bo'lganing shumidi deb kulyapsizmi ? πŸ˜„

Ha. Bundan maqsad bor. Shaxsan o'zimni tajribamdan kelib chiqib, ko'pincha keyingi darajaga chiqish orqali shu darajaga mos inson bo'linar ekan. Shaxsan o'zim, Middle bo'lganimda Middle emas edim. Keyin o'zimni Middle sifatida ko'rish orqali kattaroq darajadagi narsalarni o'rganishga, ustimda ishlashga ko'proq kuch topganman. Keyinchalik haqiqiy Middle bo'lganman.

Siz ham, 1-2 yildan beri ishlab yuribsiz-u, haliyam Junior'misiz ? Unda o'zingizni o'zingiz Middle deb e'lon qiling. Keyin shunga yarasha ishlashni, Middle dasturchi qanday bo'lsa siz ham shunday bo'lishni boshlang. Keyin haqiqiy Middle bo'lasiz. Kompaniyangiz sizga beradigan daraja orqali bo'lishni kutish shart emas.

Hozir kompaniyamda Strong Middle'man(lvl 5). Bugundan esa norasmiy ravishda Senior'man. Endi o'zimni haqiqiy Senior'dek his qilib harakat qilaman inshaaAlloh. Kodlarimni ham shunga qarab yozishga urunaman. Shu orqali kompaniya aytmasidan oldin Senior bo'lib bo'lgan bo'laman inshaaAlloh. πŸ™‚

P.s: Bu narsani keyingi darajaga biroz yaqinroq qolganda qilsa foydasi yaxshi. Tag'in o'zingiz hali dasturlash tilingizni yaxshi bilmasdan turib, Senior-penior bo'lib olmang. πŸ˜„ Bilim oling, tajriba oling.

Senior bo'lish mazza ekan 🌚

@JoshDeveloper
πŸ‘75😁32🀣11πŸŽ‰8⚑4πŸ”₯2🐳2🌚2❀1πŸ†1πŸ‘€1
Diqqat, "Josh*Podcast"ning ikkinchi soni e'loni. πŸŽ™

Podcast muvzusi πŸ“ƒ:
"React.js: Yaxshi frontend dasturchi bo'lish"

Mehmonlarimiz πŸ‘₯:
- Khumoyun Inoyatov (Senior Software Engineer @ EPAM)
-
Azizbek Jonibekov (Software Engineer @ Toptal)

Mezbonlar qatorida men bilan birgalikda Odil Nizamov bo'ladilar.

Sana va vaqti πŸ•”:
23-Fevral, 19:00

Manzil πŸ“: youtube.com/@JoshDeveloper

(LIVE, shu kuni @JoshDeveloper kanalimizda link yuboriladi.)


#podcast
πŸ‘Œ25πŸ”₯19πŸ‘12πŸ₯±3😁2⚑1🌚1πŸ†1
Frontint.uz kursimizdagi "poll"ga 54 ta odam fikrini bildiribdi. 51 tasiga kurs ma'qul kelgan ekan. 😎

Olaymi yo'qmi deb o'ylanib yurganlarga aytdimda 🌚

Batafsil frontint.uz saytimizda.)

#frontint

@JoshDeveloper
πŸ‘€14πŸ‘7🀯2πŸ—Ώ2⚑1😁1🐳1πŸ’”1
Vue.js bo'yicha qilingan podkastimiz Youtube'ga chiqdi.

Marhamat.

Link: https://youtu.be/w3Q2WoD-h30

#podcast

@JoshDeveloper
πŸŽ‰15πŸ‘5🌚4⚑2😁1🐳1πŸ‘¨β€πŸ’»1πŸ‘€1
Kechagi stream'da ko'p savollarni ko'zdan qochiribmiz. Vaqtimiz ham yetmas edi. Bu uchun uzr.

Rasmda eng zo'r savol egasi πŸ˜‚
@AbduazizPy (hazil savol yuboribdilar)

Bu savolga javobni, keyingi podkastimizda, Angular haqida gaplashganimizda beramiz. inshaaAlloh

#stayTuned

@JoshDeveloper
🀣51πŸ₯±5🐳5πŸ‘3😴3πŸ”₯1πŸ‘€1πŸ™ˆ1
Aytgancha, ko'p so'raladigan va siyqasi chiqib ketgan bir savolga kecha kutilmagan va hal qiluvchi javobni @khumoyun_codes akadan oldik. πŸ˜„

Diplom kerakmi ?

Javobni eshitish uchun link: https://www.youtube.com/live/SjoDvzP8gQM?feature=share&t=5184

#share #diplom

@JoshDeveloper
πŸ’”7🀣6πŸ‘2
Kommentni ochib qo'yishni ko'p so'rashyapti. Hozirgi postga ochdim. Qolganlariga ham ochiq tursinmi ?

Esingizda bo'lsa yil boshida yopgan edik.
Anonymous Poll
47%
Ochiq tursin har doim.
21%
Ochiq tursin. Postga qarab o'chirib turasiz.
11%
Yopiq tursin.
21%
I don't care πŸ˜„
πŸ‘19πŸ—Ώ6🌚3πŸ‘€1
Algoritm va DS ga qiziquvchilar uchun EPAM'da ishlaydigan Bekzod akani @Leetcodin kanallarini maslahat beraman.

Juda ham yaxshi ma'lumotlar berib boriladi.

#tavsiya

@JoshDeveloper
πŸ‘23❀7🐳2😁1πŸ‘€1
Biror vazifani ishlashda "visualization" kerak bo'lib qolsa, ko'proq "Paint" ishlatardim. (Kulmang πŸ˜„)

Keyin bilsam, Seniorlarni ko'pisi https://excalidraw.com saytidan foydalanar ekan.

"Senior bo'lganim" uchun shu saytga o'tishga qaror qildim 🌚

Maslahat beraman.

#tavsiya

@JoshDeveloper
⚑41🫑16πŸ‘15😁13πŸ”₯5🀣3πŸ†3❀‍πŸ”₯2🌚2❀1πŸŽ‰1
Hozirgina dasturlash bo'yicha 20+ yillik tajribali chetellik dasturchi bilan ish borasida gaplashdim. Boshlaganiga 22-23 yil atrofida bo'lgan ekan.

22+ yil 🀯

Tug'ilmasimdan oldin boshlagan ekan dasturlashni πŸ˜„
G'alati bo'larkan odam...


@JoshDeveloper
😁57🀣15πŸ”₯9πŸ‘3❀‍πŸ”₯2πŸ‘2❀1🌚1
Bahor ham kelibdi. Umrni o'tishini qarang. Boshqa kasblarni bilmadim-u, dasturlashda umr juda tez o'tgandek his qilarkan odam o'zini. Buni sababini dasturchilar o'zlari yaxshi bilishadi.)

#Offtopic deb aytarsiz bu gaplarimni, ammo aytishim kerak. Ba'zan inson dunyo ichida o'zini qanday tutayotgani, qanday yashab umrini tugatayotganini tepadan kuzatib ham turishi kerak.

Bilasizmi kimlarni juda hurmat qilaman va shularga o'xshagim keladi ?

Dunyosini deb dinini, dinini deb dunyosini tashlab ketmagan insonlarni. Dinini mahkam tutgan holda, dini yo'lida dunyosini ham obod qiluvchilarni. Ulug' maqsad yo'lida yashayotganlarni.

Ana shular, aqlli insonlar emasmi ? Tarozini ikki pallasini ham birdek yaxshi tutib turgan insonlar.

Oramizda kim dunyosini deb dinini ortga surib, kechiktirib yurgan bo'lsa, ayni hozir buni to'xtatish uchun juda ajoyib fursat. Kim benamoz yurgan bo'lsa, boshlashga ayni hozir juda ajoyib fursat.

Kim ikkisini ham ortga surib yurgan bo'lsa, dinidan boshlashi u uchun naqadar go'zal tanlov bo'lar edi. Zero, dinimiz dunyoda qanday yashashni o'rgatganchalik hech narsa bu qadar kuchli o'rgata olmaydi.

Umrimiz tugab boryapti. Biz esa past narsalar ortidan quvib yuribmiz...
Alloh hammamizni ikki dunyo yaxshiliklari bilan siylasin.

Β«Odamlarga hisoblari yaqinlashib qoldi. Ular esa, g'aflatda, yuz o'giruvchi bo'lgan hollarida.Β»
Anbiyo surasi, 1-oyat

#islam

@JoshDeveloper
πŸ‘93πŸ”₯7❀5πŸ‘3πŸ’―3🐳1
Hozir ishda bir kichik va oddiy, ammo qiziq muommoga duch kelib qoldim.

Bir ma'lumot bugundan 0 qiymatini ham qabul qilishni boshlagan edi va "default" qiymati ham 0 ga teng bo'ladigan bo'ldi. Avval, null edi.

Shunday qildim va dasturni ochib ishlatmoqchi bo'lsam, dastur ishlamayapti umuman. (Call Stack to'lib, Browser qotib qolgan)

Biroz izlanib qarasam, avvalroq quyidagi ma'noda kod yozilgan ekan πŸ˜„

if(!haligiQiymat) {
setDefault();
checkValues();
}

Haligi qiymat 0 ga teng bo'lgani uchun if'ni ichiga kiryapti, if esa yana 0 ga tenglayapti va qayta qiymatlarni tekshiryapti va yana if'ni ichiga kirib qolyapti... β™Ύ

Keyin to'g'irlab qo'ydim πŸ˜„

Shunaqa gaplar...

@JoshDeveloper
🀣60πŸ‘13⚑3πŸ€”2🀯2πŸ‘¨β€πŸ’»1
Dasturchilardagi eng qadrlanadigan "skill"laridan biri "Birovni kodini tushunish".
Eng zo'ri esa "Tushunarli kod yozish"dir.

#heshtegTopolmadim

@JoshDeveloper
πŸ‘111πŸ”₯7😁7⚑4😱3🐳3πŸ‘2❀‍πŸ”₯1
I am in!

Bing AI'ni ishlatish uchun ruhsat oldim va ishlatib ko'ryapman.

Ochiqini aytsam, ChatGPT'ni o'ziga qaraganda biroz o'jarroq ekan πŸ˜„ Ammo, undan ancha aqlliroq.

Ishlatib ko'rganlar bormi ?

@JoshDeveloper
πŸ”₯24🀯10πŸ‘6❀1
Hozir bir video tashlashibdi.

Unda bir "bizneeesmen aka" aytyapti "Kuni kecha bittasini ishdan bo'shatib yubordim..."

Huh, nega ekan deb oxirigacha eshitsam, sababi ofisda bosh kiyimda o'tirgani va klassik kiyinmagani, shuningdek ishdan keyin kechqurun boshqa joyda ishlashi sabab ekan πŸ˜„

"Akamiz" davom qilib shunday ma'noda aytyapti: "Ish payti hayoli faqat bizni ishda bo'lishi kerak. U odamni ishga olgan HR ham ishdan bo'shagan. Agar sifatli kadrlarni olmasak, ertaga raqobatchilarimiz bizni sifatli mijozlarimizni olib qo'yadi."

Qoyil πŸ‘
Tasannolar πŸŽ‡

Eng qiziqi, shu "bizzneesmen" akamizni gaplariga qo'shiladiganlar borligida.

Fikrimcha, biznesini deb insoniy tushunchalarni sotib yuborgandan ko'ra, unaqa biznesmen bo'lmagan yaxshiroq. Ha yana, bu aytayotgan "aqlli" gaplari haqiqiy biznes liderlarni gaplari emas. Bu bilan biznes rivojlanmaydi, aksincha qulaydi.

"Weekend" ham kelib qolibdi deyarli, zerikishni boshladim shekilli, shu narsaga ham fikr bildirib o'tiribman. πŸ€·β€β™‚οΈ

"Sog' bo'lasizlar". πŸ˜„

#tanqid

@JoshDeveloper
πŸ‘57⚑5❀‍πŸ”₯2πŸ’―2