Josh*Developer
4.86K subscribers
420 photos
38 videos
12 files
656 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim ๐ŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
JavaScriptda Tagged template literals nima ekanini bilasizmi ?
Anonymous Poll
15%
Ha, bilaman
72%
Yo', bilmayman
13%
JSchi emasman
๐Ÿค”20๐Ÿ‘€9๐Ÿค“6๐ŸŒš2๐Ÿ‘1๐Ÿ˜ข1
JavaScriptda Composition function nima ekanini bilasizmi?
Anonymous Poll
16%
Ha, bilaman
73%
Yo'q, bilmayman
11%
JSchi emasman
๐Ÿค”28๐Ÿ˜4๐Ÿณ4๐ŸŒš3๐Ÿ˜ด3๐Ÿ˜ฑ2๐Ÿ•Š2๐Ÿ‘1
Hozirgi davrda o'qimaganlar avvalgi o'qimaganlardan ko'ra ikki barobar qadrsiz va ikki barobar yutqazishda bo'lishadi.
Chunki zamonimiz shu qadar qattiq rivojlanyapti.

Ilm olishni boshqa keraksiz va bema'ni ishlardan ustun qo'ya olmas ekansiz, ko'proq vaqtingiz ilm uchun bo'lmas ekan, demak siz ham yutqazayotganlar va ortga ketayotganlardansiz.

Hayotimizga qarashimiz va nimalar bizni ortga "sudrayotganini" topib, u ishlar va odamlardan voz kechishni bililishimiz kerak. Bekorchi o'yinlar, ijtimoi tarmoqlar, bekorchi do'stlar... Ular bizga dushman.

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘87๐Ÿ”ฅ22๐ŸŒš5๐Ÿ‘2๐Ÿค”1๐ŸŽ‰1๐Ÿ•Š1
Error types ? ๐Ÿค”
JavaScript'da necha xil Error(xatolik) turlari bor ?

JS'da 7 ta Error turlari bor.
Keling ularni 3 ta eng mashxurlari bilan tanishib chiqamiz.

1. ReferenceError
- Bu xatolik, dasturda mavjud bo'lmagan o'zgaruvchiga kirishga urunishda kelib chiqadi. Masalan:

console.log(someVar);
๐Ÿšซ ReferenceError: someVar is not defined

2. SyntaxError
- Bu Error JavaScript sintaksiga mos bo'lmagan kod yozilsa kelib chiqadi. Parsing jarayonida(kod hali ishlashni boshlamasidan avval) bu xatolik topiladi. Masalan:

const class 1231;
๐Ÿšซ SyntaxError: Unexpected token 'class'

3. TypeError
- Bu xatolik ko'pincha biror qiymatni tipiga mos kelmagan amallar qilishga urunishda kelib chiqadi. Masalan:

const boo = true;
boo.sort();
๐Ÿšซ TypeError: boo.sort is not a function

Qolgan 4 ta unchalik mashxur bo'lmaganlarini esa siz azizlarni o'zingizga qoldiraman. Postimiz uzun bo'lmasligi uchun ularni yozib o'tirmadim.

O'rganishingiz uchun ajoyib manba: Link

Post yoqqan bo'lsa, ulashishni unutmang ๐Ÿ˜‰

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘64๐Ÿ”ฅ7โšก5๐Ÿณ2๐ŸŒš2๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป2๐Ÿฅฑ1
Forwarded from Josh*Developer
ChatGPT va boshqa AI'lar dasturchilarni ishini olib qo'yadimi ?

Albatta yo'q. U AI tool'lar shunchaki dasturchini ishini yengillashtiradi xolos. Baribir asosiy ishni dasturchi qiladi. U yozib bergan kodni dasturchi o'qiydi, to'g'irlaydi, joylaydi va ishlatadi.
Xullas, motivatsiyani yo'qotmasdan "gazini bosaveringlar".

AI'lar haqida yana ham eshitmoqchi bo'lsangiz, bu borada mutaxassis Anvar aka Narzullayev bilan qilgan suhbatimizni qayta eshitishni maslahat beraman. Link.

#munosabat

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘28๐Ÿ”ฅ8๐Ÿ˜ข4โคโ€๐Ÿ”ฅ3๐ŸŒš2โค1๐Ÿ˜1๐Ÿณ1๐Ÿ’”1๐Ÿ˜ด1
โ€‹โ€‹โ™Ÿ "Chess Engines", algoritmlar, kompyuter qanday shaxmat o'ynaydi โ”

Ushbu postda kompyuter bizga qarshi qanday shaxmat o'ynashini ko'rib chiqamiz.

Davomi

@JoshDeveloper
๐Ÿ”ฅ13๐Ÿ‘10๐ŸŒš1
"I am impressed" degan hazil ekan ๐Ÿ˜…

#joke

@JoshDeveloper
๐Ÿคฃ41๐Ÿ‘4๐ŸŒš3๐Ÿ‘€3๐Ÿค”1๐Ÿคจ1
Hey, Frontend yo'nalishida qiyin mavzular-u atamalarni, intervyuda tushadigan osondan qiyingacha bo'lgan savollarni va ularga to'g'ri javoblarni qanday o'rgansam ekan deyapsizmi ?

Unda sizga ajoyib yangilik bor. ๐ŸŒš

FRONTINT - Frontend intervyularga tayyorgarlik videokursimiz sotuvga chiqdi. ๐ŸŽ‰

Kursda hozirda ITransition kompaniyasida Strong Middle darajasida Frontend Dasturchi bo'lib ishlayotgan @JoshDeveloper mentorlik qilgan.

Kurs mavzulari, shakli va narxlari qiziqmi ?
Unda Frontint.uz saytimizdan barcha ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Fevral oyigacha barcha uchun 10% chegirma mavjud.

Nimani kutyapsiz ? ๐Ÿ˜‰
๐Ÿ”ฅ37๐Ÿ‘12๐ŸŒš6๐Ÿ‘3๐Ÿ’ฏ1
Daftar ishlating.

Shogirdlarimga eng ko'p maslahat beradigan gapim shu. Yangi texnologiya o'rganyapsizmi ? Bir daftar yoki jurnal tuting va hamma narsani chiroyli qilib yozib yuring. Nega aynan daftar ? Notion yoki shu kabi dasturlarchi ? Daftar bo'lishi iloji boricha shart. Chunki daftardan o'qish oson, dangasalik qilish kamroq bo'ladi, yana kompyuterdan turgan paytingiz ham bemalol o'qib, yodlab, o'rganib yurasiz va hkz.
Bu ikkisini sinab ko'rganman va siz ham sinab ko'rsangiz nima deyotganimni tushunasiz inshaaAlloh.

#maslahatcha

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘139๐Ÿ”ฅ13โšก6๐Ÿ†5๐Ÿ˜4๐ŸŒš3๐Ÿ‘2๐Ÿณ2๐Ÿฅฐ1
Frontint.uz kursimizga yozayotganlar ko'pchiliki bo'lib berishga so'rayotgani sabab, bir yangilikni e'lon qilmoqchiman.

Endilikda Frontint.uz kursini ikki xil ko'rinishda sotib olish imkoni bor:
1. Kurs to'liq narxini to'lab. (-10% chegirma bilan Fevralgacha)
2. Ikki bo'lib to'lash. (50% shu zahoti, 50% 1 oy ichida)

Kurs mavzulari, shakli va narxlari qiziqmi ?
Unda Frontint.uz saytimizdan barcha ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘15โค11๐ŸŒš2
๐Ÿ‘51๐Ÿ˜ข6โคโ€๐Ÿ”ฅ5๐ŸŒš5โšก3๐Ÿ†1
Josh*Developer
Dasturchi sifatida, o'z ishingizni yaxshi ko'rasizmi ?
Poll natijasidan ko'rinib turibdiki, oramizda yolg'on gapiradiganlar ko'p ekan-a ? ๐Ÿ˜„

Hozir, "Kasbingizni yaxshi ko'rishingiz kerak, pul uchun kirmang biror kasbga" deyishimni kutayotgan bo'lsangiz kerak)

Yo'q. Unday demayman. Yaxshi ko'rsangiz juda yaxshi, ammo yaxshi ko'rmasangiz-u, yaxshi va halol daromat qilayotgan yoki qilish niyatida bo'lsangiz, shuni o'zi ham kifoya.

Ko'pchilik rost belgilaganiga ishonmayman. Chunki, agar oyiga 15 000$ lik ish chiqsa, aniq bilaman katta qismi yoqtirgan ishini tashlab ketadi. Ba'zi rostan yaxshi ko'radiganlardan tashqari.

Ko'pchilikni yaxshi ko'rgan kasbidan ko'ra ko'proq yaxshi ko'rganlari, og'irroq sharoitdagi oilasi bor. Oilasi uchun halol va serdaromad kasbni tanlash, oilasiga qiyinchilik qilib, yoqtirgan kasbida yurgandan yaxshiroq. Yaxshi ko'rish ham o'zi nisbiy tushuncha. Qalb esa o'zgaruvchan.
Shunday ekan, yaxshi ko'rasizmi yo'qmi, modomiki ishingiz yaxshi va halol ekan, "gazini bosavering" )

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘98๐Ÿ’ฏ18๐Ÿ˜6โค4โšก2๐Ÿ‘Œ2๐Ÿ”ฅ1๐Ÿณ1๐ŸŒš1๐Ÿค“1๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป1
Forwarded from Josh*Developer
Qachon va qaysi kodga TEST yozishim kerak ? ๐Ÿค”

Test yozishda asosiy qoidalardan biri: "Action, expected result".

Ya'ni, biror jarayon sodir bo'lganda, kutilgan natija nima bo'lishi.
Testlar umuman shu narsani tekshiradi. Masalan, biror tugmada "click" jarayoni sodir bo'lganda(tugma bosilganda), natija HTTP so'rov yuborilishi bo'ladi.
Bu holatda, testimiz tugma bosilganda HTTP so'rov ketdimi yo'qmi tekshiradi. Keyingi testimiz esa, HTTP so'rov ketganda natija kelishini tekshiradi. Yoki, biror funksiya ishlaganda, biror qiymat o'zgarishi kerak va hokazo.

E'tibor bersangiz, hammasi bitta oddiy qoidaga bo'ysunishyapti, "Action, expected result" (Jarayon, kutilgan natija)

Test yozishga qiynalayotgan bo'lsangiz, shu qoidani yodlab oling. "Jarayon, kutilgan natija".

Shu xolos.
Umid qilamanki post foydali bo'ldi.

Ulashishni unutmang ๐Ÿ˜‰

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘57โคโ€๐Ÿ”ฅ5โšก3๐ŸŒš2๐Ÿฅฑ1
Birinchi daromadim... ๐Ÿ’ธ

Bundan 3 yil oldin, 200 000 so'mga bir saytni "Responsive" qilish uchun buyurtma olganman. ๐Ÿ˜„ Naqt 2 hafta ishlaganman shu vazifa ustida.

Buyurtma qanday chiqqan ?
Buning uchun, o'zimni borligimni bildirganman iloji boricha hamma yerga. Ish kerakligini aytib e'lonlar berganman, hatto OLX'ga ham e'lon bergan ekanman ๐Ÿ˜‚

Shundan keyin sekin sekin daromadga kirib ketgandim. 200 000 so'm boshlab olish uchun juda ajoyib summa. Harxolda shu yillarda shunday edi. (Yangi O'zbekiston hali uncha qurilmagandida #tanqid)

Buni aytishimdan maqsad, hozirda ko'pchilik o'zini borligini bildirishni bilmaydi. Yana boshqalar esa, arzonga ish chiqsa, "Vey, shu ham pulmi ?" deydi. Shu xatolarni to'g'irlash kerak. Odamlarga dasturchi ekanligingizni, ish qidirayotganingizni bildiring. Tanish-bilishlarga ayting, xullas "ovoza" qiling. Daromadga chiqish kasbimizda o'ylagandan ko'ra qiyinroq. Ayniqsa hozirgi davrda. Harakatni yaxshi qilmasangiz, 3-4 yilda ham daromadga chiqmay yuraverasiz. Ammo, shuni ham bilingki, yaxshi harakat qilgan inson natijasini albatta oladi inshaaAlloh.

"Motivassa" uchun aytaman, tepadagi 200 000 so'mni hozir XX daqiqada topaman. Alhamdulillah, Allohni fazli bilan. O'sha davrlarda, bu oylikni hatto orzu ham qilmaganman. Karyeramni eng ochilishiga sabab bo'lgan ishni ham, guruhlarda ish so'rab topganman. Alloh natijasini bergan.

Shunaqa gaplar ๐Ÿ™‚

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘105๐Ÿ”ฅ25โคโ€๐Ÿ”ฅ9โšก7๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป5โค2๐ŸŒš2
Josh*Developer
Birinchi daromadim... ๐Ÿ’ธ Bundan 3 yil oldin, 200 000 so'mga bir saytni "Responsive" qilish uchun buyurtma olganman. ๐Ÿ˜„ Naqt 2 hafta ishlaganman shu vazifa ustida. Buyurtma qanday chiqqan ? Buning uchun, o'zimni borligimni bildirganman iloji boricha hamma yerga.โ€ฆ
Postdagi "XX daqiqa" degan joydagi XX'ni Rim raqamida o'qimanglar tag'in ๐Ÿ˜„

U shunchaki, raqamni yashirish uchun edi ๐Ÿ˜„

Unday bo'lsa, tahminan 100 000 000 so'm bo'lib ketar ekanda. ๐Ÿคทโ€โ™‚๏ธ

@JoshDeveloper
๐Ÿคฃ85๐Ÿ‘12๐Ÿ˜8๐Ÿ‘€5๐ŸŒš2๐Ÿ‘1
Google'ga ishga kirish nega qiyin bilasizmi ?

Chunki ular nimani "Google" qilganingiz va qilayotganingizni bilishadi. ๐Ÿ˜…

#joke

@JoshDeveloper
๐Ÿคฃ186๐Ÿ‘9๐ŸŒš7๐Ÿ‘€6๐Ÿ˜3๐Ÿ˜ด3๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป3๐Ÿ’ฏ2
Forwarded from MOCKINT.UZ
Yangilik ๐ŸŽ‰

Mockint.uz loyihamizda mutaxassislar soni yana bittaga ko'paydi.
VueJS va Angular bo'yicha Senior Software Engineer, Doniyor aka Yusupov safimizga qo'shildilar.

Senior darajasiga Vue va Angulardan endilikda intervyu topshirish imkoningiz mavjud.
O'z joyingizni band qilib qoling. ๐Ÿ˜‰

#interviewer

Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
๐Ÿ‘37๐ŸŽ‰9โคโ€๐Ÿ”ฅ8โšก1๐Ÿค”1๐ŸŒš1
Kod yozib, uni git commit qilayotganda, uni tushunarli va toza ekanligiga ahamiyat berasizmi ?
Anonymous Poll
53%
Ha, albatta. ๐Ÿซก
22%
Yo'q.๐Ÿซข
25%
Shunaqa ham qilish kerakmi hali ? ๐Ÿ˜ฐ๐Ÿ˜‚
๐Ÿคฃ34๐ŸŒš9๐Ÿ‘4๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป3๐Ÿ”ฅ2๐Ÿ‘€1
React intervyulariga tayyorgarlik kursi ochildi. Frontint kursimiz davomi sifatida.
Qiziqqanlar: https://t.iss.one/nurmukhamedoff_dev/1009

#tavsiya

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘18๐Ÿฅฑ9๐Ÿคฏ3๐Ÿคจ3๐ŸŒš2
Forwarded from Josh*Developer
Design patterns

Design patterns bu dasturlarda tez-tez uchraydigan muommolarga umumiy yechimlar.

/* - - - Buyerda design patterns haqida ajoyib ma'lumotlar bo'lishi mumkin edi. - - - */

Hozircha ushbu video pleylistni tavsiya qila olaman(hammasi o'rgatilmagan). O'zim bir zamonlar ancha foyda olgandim. Esimdan chiqibdi katta qismi. Shu pleylistni sizlarga ham ulashyapman, to'liq emas, ammo bu boshlab olish uchun yaxshi.
marhamat:
https://www.youtube.com/playlist?list=PLZlA0Gpn_vH_CthENcPCM0Dww6a5XYC7f

Ushbu sayt ham juda foydali(to'liq): https://refactoring.guru/design-patterns

@JoshDeveloper
๐Ÿ”ฅ12๐Ÿ‘3
String'lardagi toUpperCase() va toLowerCase() metodlari Time Complexity bo'yicha quyidagi qaysi Big O turiga kiradi ?
Anonymous Quiz
20%
O(1)
16%
O(log n)
16%
O(n^2)
29%
O(n)
20%
Javobini bilamaan, faqat bosgim kelmayapti. ๐Ÿ‘€
๐Ÿคฏ26๐Ÿ‘13๐Ÿค”8๐ŸŒš7๐Ÿคฃ6๐Ÿค“6๐Ÿ‘Œ3๐Ÿ˜ข2๐Ÿคฉ2๐Ÿณ1