Josh*Developer
4.85K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
657 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Kichik so'rovnoma

1. Dasturlashni o'rganishdan maqsadingiz nima ?
2. Yaxshi oylikli ishga kirishmi ?
3. Yaxshi oylikka ishga kirishdan maqsadingiz nima ?
4. Ko'p pul topib nimaga erishmoqchisiz ?
Moliyaviy barqarorlikmi ?
5. Moliyaviy barqarorlikdan maqsadingiz nima ?
6. ... Oxirgi maqsadingizgacha yozing.

Shu ketma-ketlikda birinchi savoldan boshlab, o'z javoblaringizni kommentga qoldiring. Savollar javobingizga qarab o'zgarishi mumkin, shuni hisobga olib javob yozavering.

@JoshDeveloper
🐳17πŸ‘4❀‍πŸ”₯1🀣1
Dasturlashni o'rganishdan maqsad nima ? ...

Shu ma'noda birnechta savollar bilan so'rovnoma qilganimda, ko'plab javoblar keldi. Ko'pchilik "soqqa qilish" degan va "soqqa" qilishdan maqsadlarini bilmaydi yoki aytmagan, yana ko'pchilik "soqqa"dan maqsad o'zi va oilasi uchun moliyaviy barqarorlik olib kelish degan. Ammo, moliyaviy barqarorlikdan maqsadlarini aytmagan.

Bugun sizlar bilan bir narsa haqida gaplashmoqchiman. Juda muhim mavzu.
Sabr qilib, o'qishda davom etasiz degan umiddaman.

Maqsad degan so'z bu, sizni biror narsani qilishingizga undaydigan narsa. Maqsadingiz suv ichish bo'lsa, suv olishga borasiz, suvni ichasiz, maqsad tugadi. Endi sizda maqsad yo'q. Maqsadingiz pul topish bo'lsa, pul topasiz. Maqsadga erishdingiz, ammo endi nima qilasiz ?
Maqsadingiz moliyaviy barqarorlik bo'lsa, ota-onangizni hajga yuborish bo'lsa, zo'r dasturchi bo'lish bo'lsa, ularga ham yetarsiz, keyin nima qilasiz ?
Keyinchi ?

Aslida, maqsadingiz oliyroq, avloroq bo'lmas ekan, umringiz ziyonda o'taveradi. Oxirini ko'rolmaysiz, "Keyinchi ?" degan savolga ikkilanib qolasiz.
Meni fikrim qanday ?
Fikrim shuki, bunday maqsadlar oliy maqsadga xizmat qilmas ekan, ular sizni oxiri yo'q jarlikdan boshqa joyga olib bormaydi. Oliy maqsad sizni hayotda tinmay harakat qilishingizga undaydi, boy bo'lish, moliyaviy barqaror bo'lish, go'zal oila qurish, bular hammasi kichik maqsadingiz bo'ladi va bular, sizni oliy maqsadga olib boradigan kichik eshiklar bo'ladi. Biriga erishasiz, ammo to'xtamaysiz, hammasiga erisharsiz, ammo to'xtamaysiz, chunki oliy maqsad sizni umringiz oxirigacha davom etadi. Unga erishish uchun esa, "Keyinchi ?" degan savollarga javob hardoim bo'ladi.
Aynan shu, sizni hayotda muvaffaqqiyatga erishishingiz omillaridan biri hisoblanadi.

Ha, u oliy maqsad nima ekan deyapsizmi ? Nima meni shuncha katta maqsadlarimni kichikkina maqsadchaga aylantirib tashlay oladi va o'ziga xizmat qildira oladi ? Qanday maqsad u ?

U maqsad, Alloh roziligiga erishish. Unga yanada-yanada yaqin bo'lishdir. Shuni oliy maqsad qiling.
Ha, boy bo'lish bugundan sizni katta maqsadingiz emas, oliy maqsadingizga yetishtiradigan kichik bir omil, maqsadcha, xolos. Qanday ? Boy bo'lib, oilangizga, qarindoshlaringizga, qo'shnilaringiz-u dindoshlaringizga moliyaviy ko'mak bera olasiz, ularni ilm olishiga pullar ajrata olasiz, ularga kitoblar olib bera olasiz, kasallarga xayriyalar bera olasiz, va bu bilan oliy maqsadingiz, Alloh rizosi uchun harakat qilayotgan bo'lasiz.
Zo'r dasturchi bo'lishdan maqsad ham, Alloh rizosi bo'lsin. Bu orqali, oilangizga halol rizq topishni, boshqalarga ilm ulashishni, ishsizlarni ishga kirishiga va halol pul topishiga yordam berishni, ota-onangizni hajlarga yuborishni niyat qilasiz, va bu niyatdan maqsad Alloh rizosi bo'ladi. Ha, bu kabi barcha "yaxshi" maqsadlar, sizni oliy maqsadingizga yetaklar ekan, siz adashmaysiz, charchamaysiz.

Shuni maqsad qiling. Mayda maqsadchalarni oliy o'rindan olib tashlang, mayda inson bo'lishdan to'xtang va ularni haqiqiy oliy maqsadning xizmatchilariga aylantiring. Oliy maqsaddan esa chetga chiqmang, pul topib, xaromga ketmang, oliy maqsaddan uzoqlashmasdan yashang.

Alloh hammamizni oliy maqsadimizga yetishtirsin.

@JoshDeveloper
πŸ’―69πŸ‘46πŸ•Š8🐳7❀‍πŸ”₯5πŸ”₯5πŸ‘2
Juniorlikdan Seniorlikkacha

Ajoyib mavzu, shunday emasmi ? πŸ˜‰

Aynan shu mavzuda, EPAM kompaniyasida Senior Software Engineer, @UmarMuhandis bilan suhbat qilsak nima deysiz ? πŸ˜‹

Demak, 16-oktabr, soat 17:00 da, @JoshDeveloper kanalida, "Juniorlikdan Seniorlikkacha" deb nomlangan qiziqarli audio suhbatga sizni taklif qilamiz.

Suhbatda quyidagi mavzular haqida gaplashamiz:
1. Umar Muhandisning Seniorgacha bo'lgan davri va qiziqarli tajriba va voqealar.
2. Junior, Middle va Senior bo'lish uchun talab qilinadigan bilimlar va ko'nikmalar
3. Savol-javob qismi

Suhbatga oldindan savollaringizni, ushbu post ostiga qoldiring.

@JoshDeveloper
πŸ‘81🐳7πŸ”₯6πŸ•Š5πŸ†4⚑3😁1πŸ‘Œ1
Live stream started
Live stream finished (59 minutes)
Juniorlikdan Seniorlikkacha
Josh*Developer
Juniorlikdan Seniorlikkacha mavzusidagi suhbatimiz ham tugadi.
Juda ham manfaatli ma'lumotlar berildi @UmarMuhandis tomonidan. Bu uchun yana bir bor katta rahmat.

Mavzular:
00:36 - Umar Muhandisning Seniorgacha bo'lgan davri va qiziqarli tajriba va voqealar.
25:40 - Junior, Middle va Senior bo'lish uchun talab qilinadigan bilimlar va ko'nikmalar
41:18 - Savol javob qismi. (Soft skills, xatolar, e'tiborni jamlash va oylik πŸ’ΈπŸ˜„ haqida savollar)

@JoshDeveloper
πŸ”₯20⚑9πŸ‘2πŸ‘Œ2
YouTube'da yangi Unique Handle degan qo'shimcha chiqibdi, endilikda kanalingizga quyidagicha link qila olar ekansiz. Ustiga bosib subscribe'ni bosib ko'ring 😁

youtube.com/@JoshDeveloper

@JoshDeveloper
😁33πŸ†6🐳3😱2πŸ‘1πŸ”₯1
Esingizda bo'lsa roadmap.sh saytini roadmap qidirayotganlar uchun maslahat bergandim.

Yana bir marta maslahat beraman, sohalar ancha kengayibdi. Xatto o'rganish uchun manbalargacha bor.

Marhamat: roadmap.sh

@JoshDeveloper
πŸ‘28πŸ”₯5🐳4⚑3😒2πŸŽ‰1
150 yillik tajriba 🫒

Talabgor kandidatlar bormi ? πŸ˜„

#joke

@JoshDeveloper
🀣66🀯65😁9😱7🀨4😒2πŸ‘1🐳1
Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etgan firibgarlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Prezident Β«Oβ€˜zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oβ€˜zgartish va qoβ€˜shimchalar kiritish toβ€˜gβ€˜risidaΒ»gi qonunni imzoladi.

To'liq manba: https://kun.uz/uz/22521169

@JoshDeveloper
πŸ”₯17πŸ‘3😒2
Muommolarni yechishda ishlatib turadigan zo'r usullarimdan biri mana πŸ˜„.
Muommoni tushunib olish uchun shunday chizib turaman.
Sizchi ?

P.s: Hali javobini topmadim rasmdagini 😒

@JoshDeveloper
πŸ‘12😁6🌚5😱2🐳2πŸ†2πŸ”₯1
#JS_Quiz

Ushbu kod console'ga nimani, qanday ketma-ketlikda chiqaradi ?

@JoshDeveloper
🐳18⚑3
Dasturlashdan uzoqlashib ham turing.

Bu gaplarni, o'z tajribamda haqligini birnecha bor ko'ryapman. Avval ham aytgan edim. Yana aytaman.
Hayotda dasturlashdan muhimroq narsalar bor. U shunchaki ish xolos, butun vaqtingizni unga sarflash oxiri yaxshilikka olib kelmaydi. Jismoniy muommolarni aytmasam ham bilasiz, ammo ruhiy muommolar juda ham jiddiy.
Me'yorni unutish juda ham og'ir muommolarga olib keladi. Me'yorni ushlang, oilangizga, do'stlaringizga vaqt ajratib ham turing. (Do'stlar qolgan bo'lsa albatta πŸ˜„)
Shaxsan o'zimda, me'yorni unutishimga sabablar bisyor edi, unutdim, endi shu sabablar bilan ruhiy charchoq birgalikda o'zimga qarshilik qilishyapti πŸ˜„βš”οΈ. Nima bo'lganda ham me'yorni ushlash shart ekan. Ayniqsa vaqt ajratadigan yaqinlaringiz kam bo'lsa, bu holat juda og'ir kechadi...

Shunaqa gaplarπŸ™‚

Weekend kelibdimi 🌚

@JoshDeveloper
😁25πŸ‘10πŸ’―10⚑3πŸ†1
Qiziiiq πŸ€”πŸ€¨

Unday emasda endi πŸ˜„

@JoshDeveloper
🌚30🀣27😁6πŸ‘5🐳5
Yangilik!

Esingizda bo'lsa TypeScript va Angular bo'yicha pullik onlayn dars o'tgan edim. Shuning yozib olingan videolarini siz azizlarga tekinga ulashishga qaror qildim.

Darslar kimlar uchun ?
1. TypeScriptni o'rganayotganlar uchun.
2. Angularni o'rganayotganlar uchun.

Ushbu link orqali darslar turgan kanalga ulanishingiz va bemalol foydalanishingiz mumkin. Marhamat.
https://t.iss.one/+M3Dy5G9I7A5kMzQy

Alloh manfaatli qilsin.

P.s: Ba'zi hollarni inobatga olib, darslarni yuklab olish va tarqatishni o'chirib qo'ydim. Bu uchun ma'zur tutasiz.

@JoshDeveloper
⚑67πŸ‘44πŸ”₯8🐳6πŸ₯±5πŸ‘4❀‍πŸ”₯2πŸ†2
Bu davlatlarda svet o'chishi odatiy holat...

Bugun yevropalik jamoadoshlarim bilan "meeting"da edim.
O'zbekistonga ko'chib kelgan bir Belarusiyalik dasturchi meetingga kira olmadi. Sabab esa svet yo'q. (bundan avval 2-3 marta shu holat bo'lgan)

Bir yevropalik kasbdoshim tepadagi gaplarni aytdi: Bu davlatlarda svet o'chishi odatiy holat...
Juda achchig'im keldi πŸ˜„πŸ˜’

Haligi svet o'chgan joy avval ham kanalda ayblab chiqqan hudud, Turkistion metrosi joylashgan Yunusobod 12. Buyerda CSpace'ning ajoyib ofisi bor. Shuyerda ishlashadi ko'pchilik chetellik dasturchilar. Svet esa haftada 3-4 marta o'chib turadi. (Qandaydir metroga aloqador muommolar sabab emushmi bilmayman)

Shu rayon mas'ullari bu muommoni to'g'irlashsa yaxshi bo'lardi.
Boshqa svet ko'p o'chadigan hududlardagilar ham bir insofga kelsa undan ham yaxshi bo'lardi. Muommoni ko'tarsa hal qilsa bo'ladiku...

Shunaqa gaplar πŸ˜„

@JoshDeveloper
😁24πŸ‘21🌚6πŸ₯±3
Forwarded from Umar Sadullayev
"Ilm yodlashda xotiraning o'zigagina suyanib qolmang, qog'oz va qalamni ishga soling."

"Ishq" kitobidan

P.s: Bizni davrdagi telefon va kompyuterlarga yozishingiz ham daftarga yozib o'rganganingizchalik foydali emas.

#ishq_kitobi #kitob #hikmat

@UmarSadullayev
πŸ‘35⚑4πŸ”₯4πŸ₯°1
30 daqiqadan keyin kanalda jonli suhbat qilamizmi ?

Yo'nalishim va ishim bo'yicha nima savolingiz bo'lsa, suhbatlashamiz.

Kirasizmi ?)

@JoshDeveloper
πŸ‘43🀩4πŸ‘2❀1😒1
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (34 minutes)