Josh*Developer
4.86K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
657 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Pomodoro metodi va men🌚

#joke

@JoshDeveloper
🀣85🌚19πŸ‘7🀨7😁4
Forwarded from Muhammadali | Hakimov
Stop Heroku, Vercel, Netlify, Pythonanywhere!

Bu servicelardan foydalanishni bas qiling, bunga menda yetarlicha sabablar bor. Bu uchun maqolamizni o'qib chiqishingizni tavfsiya qilaman.

To'liq o'qish ...

Telegram | Linkedin | Share
πŸ‘25🀨5πŸ•Š1
Prettier playground

Dasturda prettier config faylni to'g'ri va o'zingizga mos qilib sozlamoqchi bo'lsangiz, Prettier'ning o'zining "Playground"idan foydalansangiz bo'ladi.
O'zingizga mos configni tayyor qilgach, JSON faylga o'girib olsangiz bo'ladi.

Marhamat: prettier.io/playground/

@JoshDeveloper
πŸ‘11πŸ”₯2❀‍πŸ”₯1πŸŽ‰1
npm vs npx

Bu ikkisining farqi nima ?

npm - node package manager
npx - node package execute

npm orqali package'larni o'rnatsak, npx orqali ba'zi package'larni lokal papkaning ichida "execute" qila olamiz.

Oddiy misol bilan tushuntirsam, npm orqali xyz nomli package o'rnatdingiz. Endi u package'ni lokal papkada "run" qilmoqchi bo'lsangiz, npx dan foydalanasiz.

Tepada prettier haqida gapirdim. Shundan misol qilsak, ishlatish ketma-ketligi bunday:

1. npm install --save-dev prettier
2. npx prettier --check
.

Endi tushunarli bo'ldi deb umid qilaman :)

To'liqroq maqola(ingliz tilida): freecodecamp.org/news/npm-vs-npx-whats-the-difference/

O'zbek tilida quyidagi so'zlarni to'g'ri va tushunarli tarjimasini aytsangiz hursand bo'lar edim:
1. execute
2. run
3. package
4. folder

@JoshDeveloper
πŸ‘9⚑7🐳4
"Muammolardan qochilmaydi.
Hal qilinadi!"

Dasturchi sifatida eng ko'p amal qilishingiz shart bo'lgan qoida bu. Dasturchi uchun rad qilib bo'lmas qoida bu. Katta kompaniyaga kirsangiz-u, sizga jiddiy vazifa berilib, qilolmasangiz, darrov yengilishni emas, chorasini boshqacha yo'llar bilan topishni o'ylang.

Fikrlash doiramizdan chiqishni o'rganishimiz kerak. Biz uchun "imkonsiz"dek ko'ringan narsa, boshqalarga oson. Bu oddiy qoida. Nega ularga oson ? Ularni fikrlashi siz ilg'amagan narsalarni ilg'aydi, tajribasi shunga majbur qilgan.

Yordam so'rash yomon emas, ammo yordamni muommoni o'zingiz yechishingiz uchun so'raladi. Ilg'amagan narsangizni ilg'ash uchun so'raladi, Mas'uliyatni boshqasiga yuklash yoki umuman shu muommodan qochish uchun emas. Unday qilinsa o'smaysiz, to'xtab qolib ketaverasiz. Fikrlash doirangiz o'sha eski holida turaveradi.
Muommolardan qo'rqmang, kerak payt yordam so'rang, ammo yordamni fikrlash doirangizga sig'magan narsalarni anglash uchungina oling va ishlashni qaytadan, kengroq fikrlar bilan boshlang.

@JoshDeveloper
πŸ‘43❀6πŸ†6πŸ•Š3
Dasturlashga endi kirganda Java va JavaScript birhil narsa bo'lsa kerak deganlar bo'lsa πŸ™‹β€β™‚οΈπŸ™‹β€β™‚οΈπŸ™‹β€β™‚οΈ

#joke

@JoshDeveloper
😁123πŸ‘19🐳13πŸ₯±7πŸ’”5🀣4⚑1πŸ”₯1🌚1πŸ’―1πŸ†1
Bir mavzuni qayta ko'rib chiqish uchun menyudan o'zimni maqolamni o'qiyapman πŸ˜„

Shunaqasi ham bo'lib turadi 🌚

@JoshDeveloper
πŸ‘22😁9⚑6πŸ†6🀣4
Frontend dasturingiz bundle hajmi juda ortib ketgan bo'lsa, eng samarali yo'llardan biri Compression.

Ya'ni sizning kodingizni masalan GZIP algoritmi orqali compress qilib hajmini kichraytiradi. Browserlar esa uni yuklab, decode qilib o'qib oladi. Bu orqali katta hajmli fayllarni kichikroq qilib, dasturni tezroq yuklanishiga erishsa bo'ladi.

To'liqroq ma'lumot uchun ingliz tilida maqola linki buyerda.

Vaqti borlar shunday maqolalarni to'g'ri tarjima qilib, o'zbek tilida vatandoshlarimizga ulashsa yaxshi ish bo'lar edi inshaaAlloh.

Compression algoritmlari haqidagi ma'lumot linki

@JoshDeveloper
πŸ‘19πŸ”₯7
Bugun ITransition'da 3 oylik sinov muddatim tugadi.
(Probation period)
Hammasi yaxshi o'tdi. Feedback'lar yoqimli bo'ldi. Alhamdulillah.

Shu bilan sinov muddatidan ham o'tdim.

Shunaqa gaplar ishdan...)


@JoshDeveloper
⚑76πŸ‘14πŸ‘14🐳7πŸ”₯5❀‍πŸ”₯3πŸ†3πŸŽ‰2πŸ‘Œ2πŸ₯±2πŸ’―1
Chet tilini bilishni ish topishdagi o'rni qanday ?

Boshlanishiga uncha sezilmaydi. Ammo vaqt o'tib, til bilgan dasturchilar sizdan 2 karra ko'proq oylikli ishlarga joylashayotganini ko'rib, ko'p narsani yutqazganingizni anglaysiz. O'zbekiston bozori bu O'zbekiston bozori. Jahon bozori esa Jahon bozori.

Maslahatim sekin til o'rganishni boshlang. Eng yaxshisi ingliz tili. Rus tili bilsangiz katta "+" bo'ladi. Ammo asosiysi baribir ingliz tili bo'lib qolaveradi.

@JoshDeveloper
πŸ‘48πŸ”₯10❀‍πŸ”₯5❀5
.NET va Angular

Bu ikkisini vakansiyalarda birga ko'raverib-ko'raverib, "Nega shu ikkisi birga ishlatilaveradi ?" deb so'ragan bo'lsangiz ajab emas.

Nega .NET dasturlariga Angularni mos ko'rishadi ?

Chunki,
1. Angular backend'chi uchun tushunarli va ajoyib strukturaga ega.
2. Angular TypeScript'da yozilgani. Ushbu .NET dasturchilari uchun TS ancha oson. Chunki C# va TypeScript sintakslari o'xshash.
3. Angular .NET kabi haqiqiy freymvork. Ikkisi ham "built-in features"ga boy. Shunchaki ishlatsa bo'ldi.
4. Ikki freymvork ham dasturlarni tuzishda OOP va MVC'ga e'tibor qaratgan.
5. Angularni man ishlatamanda. πŸ€“

Shunaqa gaplar ...)

@JoshDeveloper
πŸ‘45🀨9πŸ•Š7⚑4πŸ₯±3🐳2😐1
Forwarded from Umar Sadullayev
Everyone can have a bad day or bad moments.

Inglizlarda shunday ma'noda gap bor. Har kimni yomon kuni yoki lahzalari bo'lishi mumkin.
Ba'zan kuningiz omadsizliklarga boy, ko'ngilsizliklar kutib turgan va xatolarga to'la bo'lishi mumkin. Ishlaringizda muommolar ko'payib chiqishi mumkin. Ammo hamma kuningiz ham shunday bo'ladi degani emas.
Shunday kunlar va lahzalarda, o'zingizga taskin berish uchun ishlatsa bo'ladigan so'zlarni yozdim tepada )
Ko'p tajribadan o'tgan πŸ˜‰

Ayniqsa dasturchilarga "bug"li kunlarida juda asqotadi πŸ˜„ (Demak harkuni asqotarkanda 🌚)

@UmarSadullayev
😁23πŸ‘8🐳2🀣2⚑1😒1
Xafa bo'lmang. (Yohud to'g'ri savol bering)

Dasturchi sifatida internetda ko'p insonlar bilan aloqada bo'lamiz, savollar so'raymiz. Hozir aytmoqchi bo'lgan narsam, shu savol so'raganingizda kutgan javobni olmasangiz, yoki umuman javob olmasangiz xafa bo'lmang.

Oxirgi kunlar o'zimda shu narsa ko'p bo'lyapti. Ko'pchilik yozadi, aytarlik yaxshi javob berolmayman ba'zida. Chunki, ba'zan oilaviy muommolar bilan telegramga kirgan bo'laman, ba'zan 2-3 daqiqaga kirgan bo'laman, ba'zan ishdagi yoki ko'chadagi muommolar bilan kirib qolaman. Kirsam, katta bir savol kelgan bo'lsa, javob berish ko'p vaqtni oladi. Shu holatda biroz xafa qilib qo'yganlarim ham bo'ldi.

Shu sabab bularni yozyapman. Insonlar hardoim ham birxil bo'la olmaydi. Vaqti ham hardoim bemalol emas.

Savollarni iloji boricha qisqa va lo'nda bering. Savol bersam bo'ladimi deb kutish shart emas. Kimgadir savol bermoqchi bo'lsangiz 99% holatda savol berishingizga ruhsat beradi. Siz esa vaqtni ketkazmasdan savolni yozib yuboravering. Savol ham tushunarli, ham qisqa bo'lsin. Savolingizga savol bilan murojaat qilinadigan bo'lsa, demak to'liq yaxshi savol emas.
O'zgalarni va o'zingizni vaqtingizni qadrlang va o'zgalarni to'g'ri tushuning.


@JoshDeveloper
πŸ‘60πŸ†3πŸ‘Œ2🀣2⚑1😁1🀯1🌚1
Yaxshi savol qanday bo'ladi ?

Aslida bu narsani aytmasa ham bilishingiz kerak. Ammo ko'pchilik negadir savol berish madaniyatini hech o'rgangisi kelmaydi.
Buni allaqachon Muhammadjavohir aka ham quyidagi postlarida tushuntirganlar.
https://t.iss.one/mayoquz/2154

Ammo qo'shimchasiga biror texnik muommoga savol uchun quyidagi format shaxsan o'zimga yoqishini aytmoqchiman:

Β«Assalaamu alaykum.
Sizdan bir narsani so'ramoqchi edim, qarshi bo'lmasangiz.

X texnologiyasida ishlayotganimda, Y xato chiqib keldi. O'zim qidirib, T, R, U yo'llarini sinab ko'rdim. Ammo foydasi bo'lmayapti. Quyida xatoliklar va o'zimning kodlarim.
Vaqtingiz bor payti ko'rib bera olasizmi ?
Katta rahmatΒ»
(kodlar va xatoliklar rasmini tashlaysiz)

Kommentda zo'r rasm bor siz uchun. πŸ˜‰

@JoshDeveloper
πŸ‘20
Design patterns

Design patterns bu dasturlarda tez-tez uchraydigan muommolarga umumiy yechimlar.

/* - - - Buyerda design patterns haqida ajoyib ma'lumotlar bo'lishi mumkin edi. - - - */

Hozircha ushbu video pleylistni tavsiya qila olaman(hammasi o'rgatilmagan). O'zim bir zamonlar ancha foyda olgandim. Esimdan chiqibdi katta qismi. Shu pleylistni sizlarga ham ulashyapman, to'liq emas, ammo bu boshlab olish uchun yaxshi.
marhamat:
https://www.youtube.com/playlist?list=PLZlA0Gpn_vH_CthENcPCM0Dww6a5XYC7f

Ushbu sayt ham juda foydali(to'liq): https://refactoring.guru/design-patterns

@JoshDeveloper
πŸ‘11πŸ•Š4⚑3πŸ‘1😁1
Design Patterns mavzusiga Farhod Dadajonov ham darslarni boshlaganlarni hozir bilib qoldim. (Kommentda)

Marhamat, pleylist linkini qoldiraman. (Kodlar JS emas, C# da yozilgan ekan, ammo tushunish uncha qiyin emas, asosiysi nazariyasini tushunib olsangiz bo'ldi)

https://youtube.com/playlist?list=PL_WK6W0Gn1I6IM4WkC7B62mdslDdhH2fY

@JoshDeveloper
⚑20πŸ‘6
Suhbatlashmaganimizga ham ancha bo'libdi.

"Ask me anything" qilib yuboramizmi ? :) (except salary πŸ˜„)

Kommentda xohlagan savolingizni bering. Ma'qul ko'rganlarimga javob beraman. InshaaAlloh.

@JoshDeveloper
πŸ‘4⚑2🀯1
Juniorlikdan Seniorlikkacha degan mavzuda bir yaqinimizni kanalimizga suhbatga chaqirmoqchiman.
InshaaAlloh

Sizga qiziqmi ? (No option except yes!)

Kimligini tahmin qiling. πŸ˜‰

P.S: Keyingi hafta oxirlariga rejalashtiryapmiz. Kanalda e'loni chiqadi. inshaaAlloh

@JoshDeveloper
πŸ‘94πŸ”₯17πŸ‘5πŸ•Š5⚑3🐳2πŸ’―1
pnpm

Boya npm bilan muommolarga duch kelib turgandim, pnpm ishlatib muommoni hal qildim.

Shu paytgacha qiziqib ko'rmagan ekanman bu haqida. npm dan tez ishlar ekan. Yarn'dan tez bo'lmasa kerak degandim. Adashibman. Ustunlik tarafi, pnpm package'larni global store'da saqlar ekan. Keyingi safar shuyerdan olib oladi. npm va yarn esa unday emas, birhil package'ni nechta loyihada ishlatgan bo'lsangiz, hammasiga alohida install qilib chiqadi.

Chuqurroq o'rganish uchun ushbu maqolalardan birini o'qib ko'rsangiz bo'ladi:
1. https://www.atatus.com/blog/npm-vs-yarn-vs-pnpm/
2. https://medium.com/pnpm/why-should-we-use-pnpm-75ca4bfe7d93

Post foydali bo'lgan bo'lsa, share qilishni unutmang πŸ˜‰

@JoshDeveloper
πŸ‘41πŸ”₯2⚑1😱1
Finally Weekend 🌚

Muommolar to'la ish atmosferasidan Weekend atmosferasiga chiqib ham oldik. πŸ˜‹

Kimda qanday rejalar bor ? Weekend'ni dasturlashdan tashqari qanday mashg'ulotlar bilan o'tkazasiz ? (Except sleeping 😴)

@JoshDeveloper
🌚9πŸ‘5πŸ’”2