Josh*Developer
4.85K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
657 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Mabrur - IT Blog πŸ‡΅πŸ‡Έ
FAANG - KIRISH Khamidulla Inoyatov hamda Azimjon Pulatov bilan birgalikda ko’plab dasturchilar orzu qiladigan gigant kompaniyalarga ishga kirish haqida katta masshtabdagi ovozli chatimiz bo’lib o’tadi. ⏳ BUGUN 19:00 DA πŸ‘‰ @mabrur_dev
Ushbu suhbatni namozxonlarimizni hisobga olib 30 daqiqa oldinga surishdi.
Alloh rozi bo'lsin ulardan.

Adashib ertaroq kirib yurmang. Ha yana, suhbat meni kanalimda bo'lmaydi. Tepadagi post "forward" qilingan. Kommentga kirib suhbat qani deb so'kib ham yurmang. πŸ˜„

Lekinchi, suhbatni yomoni bo'lsa kerak Xudo xohlasa. πŸ”₯

Omad.

@JoshDeveloper
πŸ”₯29πŸ‘11
CSS'da narsalarni oxiri o'rtaga olib kelishni o'rganib olibdi πŸ˜„.

#joke

@JoshDeveloper
😁68πŸ’”10πŸ‘6😱4😒1
Frontend intervyularga tayyorlanish, savollarga javoblar va nega unday ekanligini o'rgatadigan onlayn kurs qilsam nima deysiz ?

Kurs narxi o'rtacha bo'ladi, haftada 2 yoki 3 kun 1-2 soatdan. Davomiyligi tahminan 2-3 oy. Asosiy e'tibor nazariyani kuchaytirish (amaliy ishlar orqa fonda olib borilaveradi). Kursda HTML CSS JS va bonusga TS savollariga javoblar ustida ishlaymiz. Umumiy frontend savollari ham bo'ladi.

Qo'shilgan bo'larmidingiz ?
+ qoldiring.

Fikrlaringizni ham qoldiring.

Ko'pchilikka yoqsa, e'lon va shartlarni kanalda chiqaraman inshaaAlloh

@JoshDeveloper
πŸ‘42❀‍πŸ”₯6❀3πŸ”₯2
O'zbekistonga chet kompaniyalarining qiziqishi ortib bormoqda.

Bugun menga Germaniyadan chiqishdi LinkedIndan. Demak ularni remote bozoriga ham kirishni boshlayapmiz dedim o'zimcha.
O'sib borayotganimizdan esa juda hursandman.

@JoshDeveloper
πŸ”₯56πŸ‘17πŸ†10
Angular'ni o'rganaman deganlar uchun avval o'quvchilarga o'tgan darslarimni videolari bor. TypeScript ham o'rgatilgan.
Angular 31 ta dars.
TS 7 ta dars.
Darslar 40-80 daqiqadan tahminan.
Narxi 400 000 so'm.

Ko'pchilik o'zbekcha to'liq darslik qidirib topolmaydi, shu sabab reklom qildimda πŸ˜„

Olish niyati borlar kommentga niyatini yozsin, o'zim aloqaga chiqaman inshaaAlloh.

@JoshDeveloper
πŸ”₯12πŸ‘10
-Dasturchilarni yo'ldan uradiganlarni nima deb ataysiz ?

- Recruiter'lar! πŸ˜„


#Joke

@JoshDeveloper
😁36🐳11πŸ‘8😱2🌚2🀯1
Channel photo updated
Qora rangga o'tamizmi ? πŸ˜‰

πŸ™‚

@JoshDeveloper
πŸ‘72πŸ”₯14⚑12❀7πŸ₯±3πŸ•Š2😍2❀‍πŸ”₯1πŸŽ‰1
"IT blog ochsammi ? Boshqa mavzulardachi ?" deb o'zingizga savol beryapsizmi ?

Here is my maslahat:
Agar bilimingiz ulashishga yetadigan darajada bo'lsa, albatta ochishingiz mumkin. Bilim ulashish jarayonida o'zingiz ham ancha narsani o'rganasiz. Shaxsan o'zim ham maqola yozish jarayonida ba'zan yangi ilmlarni o'zim uchun kashf qilardim.
Shunday ekan, o'z blogingizni ochishni maslahat beraman. Sharti shuki, boshqalarga noto'g'ri ma'lumot bermaslik. Ilmingiz bo'lmasdan harxil narsalar joylashingiz ham to'g'ri emas.
Shu sabab ilmingiz birovlarga noto'g'ri ma'lumot beradigan darajada bo'lsa boshlamang. Undan ko'ra o'qing. Ammo, o'zingizni xohishingiz.
Shuni ham bilishingiz kerakki, blog yuritish ba'zida ko'p kuch va vaqt talab qiladi. Shunga ham tayyor bo'ling.

IT'dan tashqari mavzularda ochilgan kanallar haqida fikrim yo'q, foydali kanal bo'lsa bemalol(bema'ni, bekorchi kanallar bo'lmasa bo'ldi). Ammo diniy va sog'liqqa aloqador kanallarni ochishga ehtiyot bo'ling. Ilmingiz yetarli darajada bo'lmasa qo'lingizni uchini ham tegizmang bunday mavzularga. Biri orqali oxiratinginizni va insonlar oxiratlarini kuydirishingiz mumkin. Ikkinchisi orqali kimnidir sog'liqiga zarar yetkazadigan postlar chiqarib qo'yishingiz mumkin. Tag'in ertaga palatada kimdir sizni qarg'ab yotmasin πŸ˜„

@JoshDeveloper
πŸ‘26⚑3πŸ€”3πŸ”₯2πŸ‘Œ2😁1
IMG_20220903_000246_512.jpg
20.2 KB
Ushbu kommentni qarang.

Vue, React va Angular haqida ajoyib o'xshatish bo'libdimi ? πŸ˜‰

#otvet

@JoshDeveloper
πŸ”₯22πŸ‘3😁2πŸ€”2
Hozirda dasturlashdan nimani o'rganyapsiz ? Nega ? Qanday manbalardan foydalanyapsiz ?

Ma'lumot almashamiz. πŸ™‚

Kommentga qoldiring.

@JoshDeveloper
⚑21πŸ‘4πŸ”₯4
Bugun React'da qilingan bir kichik dasturga kod yozdim.
Uhmm, rostan tez ekan πŸ™‚

Bunday dasturlar uchun Angular bilan solishtirganda tezligi yaxshiroq.
Agar kod juda yaxshi yozilsa, kattaroq dasturlarda ham tezlikdan yutish imkoni katta.

Ammo tayyor narsalari juda kam ekan. Angularning keng ko'lamli takliflariga o'rganib qolgan ekanman.

React'da ham yorib tashlayman ekan πŸ˜„
Ustasiga farqi yo'q deyishadiku πŸ˜„ (Hazil)

@JoshDeveloper
πŸ‘45🀬7😁6πŸ”₯3πŸ†3⚑2πŸŽ‰1
Angulardan React'ga o'tamanmi ?

Hozircha yo'q.
Angularda hozircha hammasi yaxshi ketyapti Allohga shukur.

Angular orqali kamida Seniorgacha bormoqchiman. Kerakli payti React'da ham birnarsalar qilib turishga qarshi emasman(Xuddi bugungidek). Kamida arxitekturasini o'rganib qo'yish yaxshi variant). Ammo, tayyor Angularda tajribam turganda, tavakkal qilib karyeramni yana orqaroqdan boshlash niyatim yo'q. Ham Angularni strukturasiga o'rganib qoldim.(Juda yoqadi ☺️)

Middle bo'lgandan keyin Angularga ish topish juda oson va yaxshi daromadli πŸ’Έ.
Hozir esa, aytishganidek, Soqqani qilish kerak. πŸ˜„

Bugundan kanalimizda React va Angular = Friends πŸ™‚

@JoshDeveloper
❀26πŸ‘25🐳14😁8πŸ”₯2πŸŽ‰2
Frontend intervyulariga tayyorgarlik kurslari e'loni chiqishiga Xudo xohlasa oz qoldi...

Kutyapsizmi ? πŸ˜‰

@JoshDeveloper
πŸ”₯55πŸ‘15🀬10πŸŽ‰3πŸ’―1
FRONTINT - Frontend intervyularga tayyorgarlik kursi

Huh, shunaqasi ham chiqdimi ?

Ha, Frontend intervyulariga tayyorlanayotganlar uchun, barcha asosiy oson va qiyin turdagi Frontendga aloqador savollarga tayyorlash onlayn kursi ochildi.

Kursda hozirda ITransition kompaniyasida Frontend Dasturchi bo'lib ishlayotgan @JoshDeveloper mentor bo'ladi. (React.js uchun alohida mentor)

Kurs va mentor haqida batafsil ma'lumot saytimizda: frontint.uz

Savollaringiz bormi ? πŸ€”
Saytimizda barcha
ma'lumotlarni topishingiz mumkin βœ…

Qo'shilmoqchimisiz ? πŸš€
Saytdagi ma'lumotlar bilan tanishib chiqqandan so'ng,
@FrontIntAdmin ga bog'lanib istagingizni bildirishingiz mumkin.
πŸ”₯30πŸ‘12🐳10⚑9🀯5❀‍πŸ”₯2😱2❀1πŸ₯°1😒1
Frontend intervyularga tayyorgarlik kursi mavzulari ro'yhati chiqdi.

Endilikda siz,
FRONTINT - Frontend intervyularga tayyorgarlik kursining rasmiy saytidan qaysi mavzular qancha muddat o'tilishi haqida ma'lumotlar olishingiz mumkin.

Sayt linki: frontint.uz

Intervyudan yiqilish jonga tegmadimi ? πŸ˜‰

@JoshDeveloper
πŸ”₯9πŸ‘3🀩2❀1🀨1
Inson qadri

Chet el kompaniyalarida guvoh bo'lgan eng yaxshi narsalarimdan biri, inson huquqlari va qadri balandligi.

Loyiha kelajagidan ko'ra ishchini qadri balandroq turadi. Eng kerakli joyda kasal bo'lsangiz ham, deyarli hech kim sizga norozi nazar bilan qaramaydi, tuzalib ket deyishadi.
Biror narsada muommoga duch kelsangiz, yordam berishi mumkin bo'lganlar hammasi oyoqqa tursa turadiki, e'tiborsiz qolinmaydi. Xatto dinimni ... Davomi

@JoshDeveloper
πŸ”₯20πŸ‘12❀1😒1πŸ₯±1
Ishdagi yangiliklardan gapirsam.

Hozircha vazifalarni bajaryapman. Qo'shimcha, mentorim bilan keyingi daraja(Strong middle/Pre-senior)ga talab qilinadigan bilimlarni gaplashib oldik. Ularning ichida CI/CD ham bor ekan. Frontendchi sifatida bilishim kerak bo'lgan qismlarini bilar edim. Ammo, keyingi darajam uchun yana ham chuqurroq bilish talab qilinar ekan. Shu sabab Mentorim Udemy'dan Github actions orqali qilingan kurs linkini berdi(Bizga tekin bu kurs, maqtanib qo'yay πŸ˜„). Shuni o'rganishni boshlayapman hozirda InshaaAlloh.

Shunaqa gaplar :)

@JoshDeveloper
πŸ‘49πŸ”₯20
Josh*Developer
FRONTINT - Frontend intervyularga tayyorgarlik kursi Huh, shunaqasi ham chiqdimi ? Ha, Frontend intervyulariga tayyorlanayotganlar uchun, barcha asosiy oson va qiyin turdagi Frontendga aloqador savollarga tayyorlash onlayn kursi ochildi. Kursda hozirda…
Frontend intervyulariga tayyorgarlik kursimizga joylar va qabul tugashiga oz qoldi.

Qo'shilish istagi borlar frontint.uz saytimizdan ma'lumotlar bilan tanishib, aloqaga chiqishi mumkin.

Agar intervyulardan yiqilaverish yoqsa kursga qatnashish shart emas. πŸ˜‰

@JoshDeveloper
πŸ‘14πŸ”₯6😁2πŸ‘1
Dasturchi bo'lishning yomon tomonlari

Har bir kasbning ustunlik va kamchiliklari bor. Dasturlashga kelsak, hamma yaxshi tomonlarini aytadiyu, ammo yomon tomonlarini aytmaydi. Bu to'g'ri emas. Biror kasb haqida ikki tomonlama fikr olib, keyin kirish to'g'ri menimcha.

Dasturchi bo'lishning o'zim bilgan yomon tomonlari quyidagilar:

1. Sog'liqqa yomon ta'siri.
Kun bo'yi kamharakatlik, kompyuterga ko'p qarash insonning sog'liqiga salbiy ta'sir ko'rsatmay qolmaydi. Buni bartaraf etish uchun muntazam harakatda bo'lish, ko'z mashqlari bilan shug'ullanish talab qilinadi. Hullas faol hayot tarzidan uzoqlashmaslik kerak.

2. "Hayot"dan uzoqlashish.
Ko'p insonlar dasturchi bo'lgandan so'ng, do'stlaridan, oilasidan, tashqaridagi mashg'ulotlardan uzoqlashadi. Barcha narsani onlaynlashtirishga harakat qiladi. Odamovi bo'lib qoladi. Ammo hamma ham emas. Bu insonning o'ziga qarab bo'ladigan narsa. Bu narsani oldini olish uchun, tashqari hayotga nimadirni bog'lashingiz kerak. Masalan qandaydir offlayn kurslarga qatnash, do'stlar bilan uchrashish, ilm suhbatlariga qatnashish va hkz.

3. Aqliy charchoq.
O'zim va boshqa yaqin dasturchilarning hayotidan olib aytadigan bo'lsam, bu sohada aqliy charchoq bo'lish darajasi juda katta. Agar ish va hayotda me'yorni saqlamasangiz, bu narsalar yig'ilib, oxiri "portlash"ingizga olib boradi. Ishingiz o'zingizga yoqmay qoladi. Charchoq ketguncha ham vaqt talab qiladi. Bunday bo'lmaslik uchun, ortiqcha ishlashdan chetlanish zarur. Me'yorni saqlash kerak.

Hayot faqat dasturlashdan iborat emas!

Yana bir yomon tomoni, ushbu postni "Share" qilishga ham dangasalik qiladigan bo'lib qolishadi. Buning davosi postni o'ng tomonida turgan samalyotga o'xshash tugmani bosib, kerakli chatlarni tanlab, yuborish tugmasini bosish πŸ˜‰
πŸ˜„

#maslahat

@JoshDeveloper
πŸ‘48😁18🐳12⚑5πŸ”₯3
Dasturchilar kuni πŸ₯³

Har yilning 256-kuni dasturchilar kuni sifatida nishonlanadi.

Ertaga yilning shu kuni. Demak ertaga bizning kunimiz πŸ˜„

Tabriklayman hurmatli dasturchilar. Dasturingiz hardoim bittada ishlab ketishini, testlar hardoim yashil bo'lishini, darajangiz senior+ bo'lishini, bug'lar chiqmasligini, chiqsa ham tez javobini topishingizni tilayman. πŸ˜„

Dasturchi va o'zini dasturchiman deb o'ylaydiganlarni tabriklashni unutmang. 🎊

Dasturchilar kuni bilan πŸ˜‰

Nega bir kun oldin tabrikladim, kim topadi ?))

@JoshDeveloper
πŸ‘57🐳13πŸŽ‰7πŸ”₯5⚑4🀩3πŸ₯±3😁2❀1