Josh*Developer
4.85K subscribers
420 photos
38 videos
12 files
656 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Browserda ingliz tilida video ko'rayotganingizda tushunish qiyin bo'layotgan bo'lsa, kamiga pastida subtitle yozilmagan bo'lsa nima qilasiz ?

- Live captions.

Browseringizni sozlamalaridan "Live caption"ni yoqib qo'ysangiz, istalgan videoni so'zlarini tekstga o'girib, pastga subtitle qilib beradi.
Eshitib tushunishi qiyin bo'lganlarga foydali narsa.

Sinab ko'ring. (Chrome βœ…)

Ulashing ✈️

@JoshDeveloper
πŸ‘34πŸ”₯5🀬4
Ulug'bek akani kanallariga hujum qilishganini ko'pchilik biladi.
Buni afsuski o'zbeklardan kimdur qilganligi aniq. Balki musulmondur ham.
Alloh bunga jazoni aniq beradi inshaaAlloh. Hech bir yomonlik Uning nazaridan qolmaydi.

Ko'pchilik Ulug'bek aka qaytadan kanal ochadilarmi deb o'ylayotgan bo'lsa:
- InshaaAlloh ha, biroz muddatdan so'ng qayta yurgazishni boshlashlarini aytdilar.
Ochsalar e'lon qilinadi inshaaAlloh.

Yaxshiyamki YouTube kanallari turibdi.

Ungacha darslarni o'rganayotganlar bo'lsa YouTube'dagi darslarni takrorlab, internetdan yangi manbalarni o'rganib tursa bo'ladi.

⚠️ Kanalingizga hech qanday bot va ishonchsiz insonlarni admin qilmang.

@JoshDeveloper
πŸ‘46
Intervyudan yiqilsam nima qilay ?

Ko'pchilik shu kunlarda ish intervyulariga kirayapti. Ammo hammasi ham ishga kira olmaydi. Bunday holatda nima qilish kerak ?
- Siqilib, motivatsiyani so'ndirish kerakmi ?
- Jazavaga tushib, jahl qilib, aybni intervyuverdan ko'rish kerakmi ?
- Ishni tashlab, boshqa ishga ketish kerakdur ?
- Yoki alamini olish uchun turli xil ahmoqliklar qilish kerakmikan-a ?

Yo'q!
Hayotimizda harbir bo'layotgan narsadan hikmat qidirishimiz kerak. Agar bo'layotgan voqealardan hikmat qidirib, yaxshilik qidirsangiz, inshaaAlloh albatta ko'rasiz.
Yiqildingizmi ?
Demak, Alloh shuni yozgan ekan. Balki rostan loiq emassiz. Harxolda o'zingizni kamchiliklaringizni bilib oldingiz. Kim ham axir sizga tekinga 30-120 daqiqa vaqt ajratib, xatolaringizni topib berardi hozir ?
Yaxshiku bu. Ertaga boshqa joyga kuchliroq bo'lib topshirasiz. Tajribaliroq bo'lasiz intervyularda.

O'zim EPAMga kirishimdan oldin bir joyga topshirganman. Xatto javob ham yozishmagan qaytib πŸ˜„. Shunda qattiq bosim ostida bo'lishimga qaramay, ustimda ishlashni davom etdim. Alhamdulillah ko'p o'tmasdan EPAMga kirgandim.

Haqiqiy matonatli inson boshiga qiyinchilik tushsa undan kuchli holatda chiqib keladigan insondir.

@JoshDeveloper
πŸ‘33🐳20πŸ”₯4
TATU oliygohida o'qiydiganlar uchun so'rovnoma.

Ertaroq qilish kerak edi, ammo bugunga to'g'ri kelgan ekan. Ko'pchilikka balki yordam bo'lar degan maqsadda tashladim. Haqqoniy ovoz beramiz. Go.
Anonymous Poll
12%
Men o'qiyman, tavsiya beraman o'qishni.
24%
Men o'qiyman, tavsiya bermayman o'qishni.
64%
Men o'qimayman.
πŸ‘20πŸ€”4🀯4
Josh*Developer
Frontend intervyu Diqqat, texnik intervyularimizni davom ettirish payti keldi. Bu safar intervyumiz ancha qiziqroq bo'ladi. Chunki, endi faqat JS dan emas, balki to'laqonli umumiy Frontend'dan savol javoblar bo'ladi. InshaaAlloh. Qatnashmoqchimisiz ?…
Frontend intervyu'ga arizalar olish bugun 22:00 da tugaydi.

Ertaga tanlangan insonlarni ro'yhatini tashlayman. Orasida bir ishtirokchi tanlab olamiz.

O'zim random qilib tanlashimga rozimisiz ? Birinchi chiqqan insonni e'lon qilaman kanalda. (Tanish-bilish bo'lmaydi πŸ˜‰).
5 daqiqa live qilib o'tirgim yo'q hammani bezovta qilib.

InshaaAlloh

@joshDeveloper
πŸ‘16πŸ”₯3
Intervyu nomzodlari ro'yhati tayyor.
Undan avval ba'zi gaplarimni aytib olsam.

E'londa 1 yildan kam tajribaliklar yozmay tursin degandim. Ammo yozganlarning tahminan 50% qismi 1 yildan kam tajribasi. Qabul qildim javoblarni ularni ham. Keyin, savollarga javobni bilmasangiz nega yozasiz a ? Javobni bilmasdan, forma yuborib tashlashgan validatsiyadan o'tish uchun harxil xarflar yozib tashlashgan yoki "bilmayman, ....." deyishgan. Tabiiyki odamlarni ajratishga juda ko'p vaqtim ketdi. Yaxshi ish emas bu. Keyingi safar butunlayga chetlashtirishni o'ylayapman shundaylarni.

@JoshDeveloper
πŸ‘18
Javoblari to'g'ri va qisman to'g'ri bo'lgan insonlar ro'yhati:

1. Oybek Mavlonov
2. Umid Umirov
3. Bahodir Rahmonov
4. Abbosbek Sulaymonov
5. Husan Bahodirov
6. Ismatulloh Arslonov
7. Muhammadamin Ibragimov
8. Akromjon
9. Javohir Mirjalilov
10. Azamat G'ofurov
11. Elbek Normo'minov
12. Javohir Mirzaakbarov
13. Muzaffar Safarov
14. Alisher Usmonov
15. Muhammadali Salohiddinov
16. Foziljon Eshmurodov
17. Adkhambek Yusupov
18. Asadbek Eshboev

Tanlangan ishtirokchi: Muhammadamin Ibragimov

Intervyu qiziq bo'ladi inshaaAlloh. Ishtirokchimizni tajribalari 5 yil atrofida ekan. πŸ˜‹ (O'zimniki ham uncha emas πŸ™ˆ)

Bir marta urunishda chiqdi ishtirokchi. "Tanish-bilish" qildi deb tuhmat qilish shart emas 😌. Kuzatguvchi Alloh kifoya.

Qachon intervyu qilamiz ?

Tahminan 1-2 hafta ichida bo'lsa kerak.
Ishtirokchi bilan kelishib intervyuni o'tkazib olsak, video premyerasini qachon chiqishini kanalda e'lon qilaman. InshaaAlloh.

Nasib qilsa yana bir Frontend intervyu o'tkazamiz 1-2 oy ichida.

@JoshDeveloper
πŸ‘34🀩4πŸ”₯1πŸ‘1
Front-end dasturchi bo’lish yo’l xaritasi va birinchi ishni topish

Post:
https://t.iss.one/nurmukhamedoff_dev/929

Bu postni o'qib start oylik 500-700$ dan, patalok 3000$ gacha daromadga chiqasiz demayman. Ammo, foydali post ekan. Shu sabab ulashdim πŸ˜‰.


@joshDeveloper
😁20πŸ‘2🀯1
Shunday qilmasam bo'lmaydi shekilli.

Oramizda PDP ni bitirganlar bormi ? Rostan 90% dan oshiqingiz 500-700$ dan oylik bilan boshladingizmi ishni ?
Anonymous Poll
6%
Ha men o'qiganman. Ha rost bu gap.
15%
Ha men o'qiganman. Safsata!
79%
O'qimaganman
πŸ‘11πŸ€”2
IT bloglar va guruhlar.

IT bloglar va guruhlar IT yo'nalishidagi barcha insonlarni bog'lab turgan asosiy maskanlardan biri.

Endi savol, ularni asl vazifasi nima ? πŸ€”

Masalan mening ushbu kanalim. Meni kanalimni dasturchilar uchun vazifasi nima ?

1. O'z yo'nalishimga aloqador bilimlarni ulashish. (Video, maqola va boshqa manbalar)
2. IT olamiga oid yangiliklardan xabardor qilish.
3. IT olamida bo'layotgan tushunmovchiliklarga oydinlik kiritish.
4. Ba'zi narsalardan ogohlantirish.
5. IT'ga yangi kirayotganlarga to'g'ri yo'l ko'rsatish va yo'llarini oson va yolg'onlardan yiroq qilish.

va hokazo.

Ajratib yozganlarimni yaxshilab o'qishingizni maslahat beraman. πŸ™‚

Ba'zan o'zimizga yoqmasa ham, ba'zi mavzularni ko'tarishga to'g'ri keladi. Tanqid bo'ladi. E'tirozlar bo'ladi. Shu holatlarda tepada ajratib yozgan vazifalardan birini yoki birnechtasini qilayotgan bo'lamiz. "G'iybat" emas. πŸ™‚

To'g'ri tushunadiganlarga "Hats off πŸ‘".

#maslahat

@JoshDeveloper
πŸ‘35πŸ‘8πŸ‘Œ8🀬2
Yangi ish haftasi va yangi oy ham boshlandi...

Vaqtni o'tishini qarang. Yangi ishga kirganimga ham roppa rosa 1 oy bo'libdi.

Ha vaqt juda tez o'tmoqda.
Shu o'rinda Zohid tobeΚΌinlardan biri boΚΌlmish Omir ibn Аbdu Qaysning: β€œ...vaqt toΚΌxtovsiz oΚΌtib ketuvchidir. OΚΌtganidan keyin qaytib kelmaydi. Uning zarari oΚΌrnini toΚΌldirib boΚΌlmaydigan va evazi yoΚΌq boΚΌlgan zarardir. Chunki har bir vaqt uchun alohida qilinishi lozim boΚΌlgan amal bordir” degan so'zlarini eslashni lozim topdim.

To'liqi


"Ulamolar nazdida vaqtning qadri" kitobidan

@JoshDeveloper
πŸ‘45😒5
Ishda proyektimni ko'rganimdan keyin birnarsani yana ham qattiqroq tushundim:

Dasturchi yo'nalishidan tashqari, boshqa fanlar va sohalardan xabardor bo'lib yurishi kerak ekan. Ba'zan shunday proyektlar bo'lar ekanki, kimyo, fizika, biologiya va xatto astronomiyaga aloqador. Bunday proyektlarga chuqur tushunib ketishingiz uchun shu sohalarda ozgina bo'lsa ham bilim talab qilinadi.
Shunday ekan, nima ham derdim, battar bo'ling. πŸ™‚πŸ˜„

@JoshDeveloper
😁49🀣41πŸ‘7🀯5πŸ”₯2🀩2πŸ‘1🀬1😒1
Twitter, VKontakte va WeChat blokirovkadan olinibdi.
TikTok bilan esa muzokaralar hamon davom etayotgan ekan.
Manba

Qiziq, qanday muzokaralar deb o'ylaysiz ?

Hozir kommentda jiddiy siyosiy va iqtisodiy ilm egalari o'z fikrlarini qoldiradi. πŸ˜„

@JoshDeveloper
πŸ‘17😁12πŸ‘3
🎲 Tasodifiy raqamlar tasodifiymi ? #random

Random modulini yoki metodini chaqirayotganda orqa fonda nima bo'layotganiga qiziqib ko'rganmisiz? Random(python) modulini titib ko'rsangiz, kod zanjirining oxirgi nuqtasida asosiy komponentlarni nomi bor, o'zi esa yo'q. "Dokumentatsiyasi (https://docs.python.org/3/library/random.html)"ni o'qisangiz asosiy komponentlari C dasturlash tili tomonidan amalga oshirilganligini guvohi bo'lasiz (tezlik uchun).

Eng qiziq tomoni...

Davomi

@JoshDeveloper
πŸ‘17
Yangi ishdagi sarguzashtlarimni aytishda davom etaman.

Bu safar yangi inson bilan tanishdim. Musulmon. Londonga yoshligida Bangladeshdan kelgan ekan. (g'irt ingliz bo'lib ketibdi).
Ba'zi narsalarda yordam berishi kerak edi. Yordam jarayonida bir-birimiz va tug'ilgan davlatlarimiz haqida gaplashdik. Shuningdek Londonda musulmon sifatida yashash qanday ekanligini so'radim. Musulmonlar uchun ham yaxshi joy ekanligini va masjidlar ham ko'payayotganini aytdi.
Ammo biroz qimmatroq joyligini ham aytdi.
Men esa O'zbekiston haqida gapirdim. Tarixi boy ekanligini aytdim. (Afsuski hozircha tarixi boy). Kelishga qiziqib qoldi. πŸ™‚ (Turizm vazirligidan ubu xizmat haqi so'rasammikin a πŸ˜„).

Ha aytgancha, ilk qator kodlarimni ham yozdim πŸ˜„. Boshlanishiga SCSS'da ba'zi narsalarni to'g'irlash kerak ekan. Shuni qildim. Sekinlik bilan vazifalar ham qiyinlashib borsa kerak endi...
Bunisi esa boshlab olish uchun yomon emas.

Shunaqa gaplar...

@JoshDeveloper
πŸ”₯50πŸ‘23😁4😍4
<?php echo "Hello world!" ?>
😱21πŸ‘20🌚13🀩1
Qaytdim...πŸ‘†πŸ™‚
Xavotir olmang, bir aylanib keldim xolos. πŸ˜„


@JoshDeveloper
😁29πŸ‘3❀2πŸ‘1
Josh*Developer
Qaytdim...πŸ‘†πŸ™‚ Xavotir olmang, bir aylanib keldim xolos. πŸ˜„ @JoshDeveloper
Tepadagidek kodni chiroyli rasm qilib chiqarish uchun ray.so saytidan foydalandim.
Kimga qiziq bo'lsa marhamat.

"What is the output ?" ko'rinishida ko'p kodlarni shuyerda yasashadi. Siz ham urunib ko'ring va kommentga qoldiring. πŸ™‚

Yana carbon.now.sh ham bor.

@JoshDeveloper
πŸ‘11πŸ”₯7❀1
Ushbu kod console'ga nimani chiqaradi va nega ?

Negaligini o'zim ham boshida uncha tushunmadim, eski hamkasblar guruhida bahsga qo'yganimdan keyin "Tepdi" negaligi πŸ˜„
Oddiy ekan.

Qani ketdik, o'z javobingizni qoldiring. πŸš€

@JoshDeveloper
πŸ‘11❀1
Tepadagi savol javobi.

Kodni tepadan o'qib tushunib olsangiz bo'ladi. Tushunarsiz bo'lsa kommentda "discuss" qilsangiz bo'ladi.

@JoshDeveloper
πŸ”₯16πŸ‘5πŸ‘3πŸŽ‰1
EPAM va ITransition haqida va ikki joyda ishlash haqida ma'lumot ulashishimga nima deysiz ? πŸ˜‹

Video ko'rinishida bo'lsinmi yoki maqolami ?

Izohda fikringizni va nima mavzularni olib chiqishimni xohlashingizni qoldiring.

@JoshDeveloper
πŸ‘68🀬4πŸ‘2😁1