Josh*Developer
4.86K subscribers
420 photos
38 videos
12 files
656 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Ko'pchilik mendan:
- Frontendni tanlaymi ?
- Backendni tanlaymi ?
- Frontend va backendni birga o'rganib, Fullstack bo'laymi ?
deb so'rashadi.

Oxiri zo'r yechim topdim.

Ushbu rasmda, tushunarli qilib chizib qo'ydim hammasini.

Marhamat.

Ha aytgancha, ushbu maqolani ham o'qib qo'ying. πŸ˜‰

(Post qayta ulashildi)

@JoshDeveloper
πŸ‘15😁9πŸ”₯2πŸ€”1
Hafta so'ngida bizni ajoyib meetup'lar kutyapti inshaaAlloh.

UzJSCommunity va INNO Technopark hamkorlikda ilk "Javascript Meetup"ini tashkillashtirayapti.
Batafsil: https://t.iss.one/jsmeetupuz/10

/* β€”β€”β€”β€” Dastur kodiga komment ham yozib turinglar! β€”β€”β€” */

FrontSpot Uzbekistan
πŸ”Έ React Bad Parts - Sho-Aziz Shorakhimov, Software Engineer at EPAM
πŸ”Έ Angular 14 - Aleksey Kulagin, Software Engineer at EPAM
πŸ”Έ You don't love JS - Nazim Turakulov, Project Manager
Batafsil: https://t.iss.one/epam_uzbekistan/229

React'chilar tinchlantiruvchi dori ichib borishi tavsiya qilinadi! (Joke πŸ˜…)

Postni o'rtasidagi kommentni tegishli egalariga yuborish esingizdan chiqmasin. πŸ™‚

@JoshDeveloper
πŸ‘5πŸ”₯4😁4🀯1
Forwarded from Abduaziz Ο€
Assalomu alaykum barchaga!

2-3 oydan buyon bir loyiha ustida ishlagan edim, shuni bugun "public" qildim. Biroz bo'lsada tajribasi bor dasturchilar docker'dan foydalanib ko'rishgan. Docker Desktop haqida ham eshitganlar ko'p bo'lsa kerak. Docker Desktop ilovasi ko'p funsksionalga ega, juda qulay va o'ta og'ir ilova ham hisoblanadi.

Qisman bo'lsada "alternativ", nisbatan yengilroq ilova ishlab chiqishni rejalashtirgan edim va buni uddaladim deb ayta olaman. Hozirda uni ubuntu operatsion tizimi uchun ishlab chiqardim. Tez orada qolgan operatsion tizimlarda ham chiqaraman, albatta talab bo'lsa (mac OS'da muammo bo'lmasa bo'ldi 😁).

πŸ”΄ Muammolar bo'lsa github'dagi Issues
🟒 Loyiha kodiga yangilik qo'shib kiritmoqchi bo'lsangiz Pull requests
🟣 G'oya & tavsiyalaringiz bo'lsa Discussions bo'limidan foydalanishingiz mumkin.

πŸ”— Havolalar: github, video (o'rnatish, foydalanish)

P.S python ❀️ angular ("sila")

@AbduazizPy
πŸ”₯14πŸ‘7πŸ‘1🀬1🀣1
Forwarded from JR TwitGram πŸ₯‚
Kecha Amerikalik hamkasblar svet o’chib qolgani haqida aytishgandi. Bir nemis hamkasbim β€œSvet o’chishini tasavvur ham qila olmayman. Bir kun svetsiz o’tkazganimni eslay olmayman” desa bo’ladimi πŸ₯²

β€œI feel you bruh” deb javob berdim.
🀯37😁6😒5πŸ‘4
"Dasturda muommo chiqqanda".πŸ˜„

#joke

P.s: Bunday holatga tushish to'g'ri emas. Bu hazil rasmπŸ˜‰

@JoshDeveloper
😁28πŸ’―6πŸ‘2
Bugun ishda haqiqiy Britaniyalik inglizlar bilan gaplashib ko'rdim.

American va British english farqlarini yaqqol sezdim.
Ularda juda boshqacha bo'lar ekan.

Ingliz tilini yaxshilab o'rganish kerak.

Shunaqa gaplar πŸ™‚

@JoshDeveloper
πŸ‘39😁2
Internetsiz bir kichik dasturni o'zingiz 0 dan yoza olasizmi ?

Masalan "Todo" dasturi. (Bo'sh vaqtda sinab ko'rishni maslahat beraman)
Anonymous Poll
40%
Ha qila olaman.
22%
Qila olmayman.
38%
50/50 (Sinab ko'rishim kerak ekan)
πŸ‘8
#challenge

Tepadagi so'rovnomaga kanalimiz ichida challenj qilamizmi ?

Faqat yolg'on ishlatilmaydi, harkim o'zi internetni o'chirib, HTML, CSS va JS da kod yozadi. Editor sublime text bo'ladi. Hech narsa o'rnatilmagan holda. Boshqa qurilmadan ham foydalanilmaydi. (Asosiy maqsad xotirani mustahkamlash va tekshirish)

Oxirida berilgan vaqt tugadi degan postim ostiga hamma o'z natijalarini ko'rsatadi.
Masalan, skrenshot, falon narsalar qildim, falon joylar qolib ketdi va hkz. Yoki qayerda yengilgan bo'lsa shu narsani aytadi.

Xohishmandlar soniga qarab, dasturni ko'rinishi va boshlash-tugash vaqtlarini e'lon qilib, start beraman inshaaAlloh.

Nima deysiz, qo'shilasizmi ?

@JoshDeveloper
πŸ‘16πŸ€”5😒3
Frontend intervyu

Diqqat, texnik intervyularimizni davom ettirish payti keldi.

Bu safar intervyumiz ancha qiziqroq bo'ladi. Chunki, endi faqat JS dan emas, balki to'laqonli umumiy Frontend'dan savol javoblar bo'ladi. InshaaAlloh.

Qatnashmoqchimisiz ?

Ushbu formani to'ldiring.
https://forms.gle/LApTt9Nvpm6xNVR1A

Intervyudan maksimal foyda olish uchun tajribasi va bilimi kamlar(1 yildan kam) formani to'ldirmay turishsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Savollarni to'ldirishda Google qilmang!

Ishtirokchilar ichidan to'g'ri kelganlar orasida random orqali tanlab olamiz.
Qachon ? Bunisi hozircha aniq emas, Ammo inshaaAlloh shu oy.

Video barcha darajadagi Frontendchilar uchun manfaatli bo'lishiga harakat qilamiz. Yangiliklar uchun @JoshDeveloper Kanalimizni kuzatib boring.

Postni ulashing. ✈️

@JoshDeveloper
πŸ‘14πŸ”₯3❀2
Oyliklar haqida gaplashamizmi ? πŸ˜‹

Men O'zbekistondagi chetel kompaniyalarida to'lanayotgan oyliklarni oraliqini tahminan aytaman.
Siz esa o'zbek kompaniyalarinikini aytasiz.

Hop, tajribamdan va tanishlarimdan kelib chiqib, tahminimcha oraliq oyliklar bunday:

Junior πŸ‘¦: Ko'pincha 400$ - 700$, ba'zan 700$ - 1200$ gacha

Middle πŸ‘±β€β™‚οΈ: Ko'pincha 1000$ - 2500$, ba'zan 2500$ - 3500$ gacha

Senior πŸ§”β€β™‚οΈ: Ko'pincha 2500$ - 3500$, ba'zan 3500$ - 7000$ gacha

(Bular yo'nalishga qarab o'zgarishi mumkin. Buyerdagini Frontend va Backend uchun deb tushunsangiz bo'ladi.)

Kanal kommentiga fikringizni qoldiring.

Ulashish esingizdan chiqmasin. πŸ˜‰

Ha yana, endi boshlaganlar oylik haqida o'ylamasdan, 1-2 yil sof tajribaga e'tibor qaratsin.

@JoshDeveloper
πŸ‘45❀4πŸŽ‰4
AI xatto Tom'ni ham ishidan ayiribdi...

Qiziq, bu sun'iy ong dasturchilarga bosh og'riq bo'lmasmikan ?

Bu mavzuda shu yo'nalishning haqiqiy mutaxassisini kanalimizga suhbatga chaqirsak nima deysiz ? πŸ˜‰

Toping kim ?

Suhbat qiziqmi ?

@JoshDeveloper
πŸ”₯22πŸ‘8
Sun'iy ong (AI)

▫️U haqida nimalar bilamiz ?
▫️Kelajakda ko'pchilikni ishdan ayirishi rostmi ?
▫️Dasturchilarni hammi ?
▫️O'zimiz o'rgansak bo'ladimi ? Qanday ?

Azizlar, kamtarona taklifimizni qabul qilgan holda, Mohirdev platformasida CEO va Co-Founder Anvar Narzullayev kanalimizda ovozli suhbat qilishga rozi bo'ldilar.

Mavzu: Sun'iy ongning umumiy va dasturlashdagi o'rni.
Sana va vaqti: 25-iyul, 18:30 (Toshkent vaqti bilan)
Manzil: @JoshDeveloper kanali.

Shuningdek, Anvar akadan yosh dasturchilar uchun qimmatli maslahatlar ham olamiz.
InshaaAlloh.

Savollaringizni post ostiga qoldiring
.

Ulashing ✈️.

@JoshDeveloper
πŸ‘31πŸ”₯5😁1
Azizlar 30 daqiqaga suhbatimiz boshlanadi. Tayyor turing.

Savollaringiz bo'lsa ushbu post kommentiga yozsangiz bo'ladi.

InshaaAlloh.

@JoshDeveloper
πŸ”₯21πŸ‘13😱1
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Suhbat tugadi.

Juda ajoyib bo’ldi. Bu uchun Anvar akaga rahmat aytamiz.

Savol so’raganlardan uzr so’rayman agar suhbatda bera olmagan bo’lsam. Vaqt yetmasdi.

Suhbat yozib olindimi ?
Ha, linklarini tahrirlab ertaga yuboraman.
InshaaAlloh

Bundan keyin ham yana shu kabi manfaatli suhbatlar qilishga harakat qilamiz.

Qatnashganlarga rahmat!

@JoshDeveloper
πŸ‘67πŸ‘8❀5πŸ”₯4😒2πŸ₯°1
Audio
AI haqida nimalar bilamiz ?

01:27 - Anvar Narzullayev nimalar bilan band ?

02:53 - Karyerangizda "nimalarni to’g’ri qildim va nimalarni notog’ri qildim" deb o’ylaysiz ?

09:42 - Sun’iy intelekt(AI) o’zi nima va nimalarga qodir ?

13:42 - Kelajakda ko'pchilikni ishdan ayirishi rostmi ? Masalan qaysi sohalarni ?

16:10 - Dasturchilarni hammi ?

21:05 - Frontendni yoki dasturlashni boshlaganim ma'qulmi yoki AI egallab oladimi ?

24:12 - O'zimiz o'rgansak bo'ladimi ? Qanday ? Nima bilimlar kerak ?

28:20 - Mohirdevdagi kurs haqida qisqacha.

32:45 - Savol: "Matematikani bilmayman. Dasturlashning qaysi sohasini maslahat berasiz ? AI'da ishlay olamanmi ?"

42:37 - Rivojlangan AI insoniyatga qarshi chiqmasligi uchun qanday xavfsizlik choralari ko'rilyabdi?

45:39 - Web saytga qanday qilib sun'iy intelektni qo'shsa bo'ladi ?

46:40 - AI sohasida startup qanday qilib boshlasak bo’ladi ? agar biz boshlasak qaysi sohani taklif berasiz ?

49:44 - Dasturchilarga tavsiyalar.

@JoshDeveloper
πŸ‘32πŸ”₯5❀2
Qachon va qaysi kodga TEST yozishim kerak ? πŸ€”

Test yozishda asosiy qoidalardan biri: "Action, expected result".

Ya'ni, biror jarayon sodir bo'lganda, kutilgan natija nima bo'lishi.
Testlar umuman shu narsani tekshiradi. Masalan, biror tugmada "click" jarayoni sodir bo'lganda(tugma bosilganda), natija HTTP so'rov yuborilishi bo'ladi.
Bu holatda, testimiz tugma bosilganda HTTP so'rov ketdimi yo'qmi tekshiradi. Keyingi testimiz esa, HTTP so'rov ketganda natija kelishini tekshiradi. Yoki, biror funksiya ishlaganda, biror qiymat o'zgarishi kerak va hokazo.

E'tibor bersangiz, hammasi bitta oddiy qoidaga bo'ysunishyapti, "Action, expected result" (Jarayon, kutilgan natija)

Test yozishga qiynalayotgan bo'lsangiz, shu qoidani yodlab oling. "Jarayon, kutilgan natija".

Shu xolos.
Umid qilamanki post foydali bo'ldi.

Ulashishni unutmang πŸ˜‰

@JoshDeveloper
πŸ”₯22πŸ‘17
Bu juda qiyin ekan ...😒
Bu ish menga emas ekan...πŸ˜”
Bu narsani o'rganolmasam kerak...πŸ˜•

Barchamiz ko'pincha shu kabi gaplarni eshitib turamiz.
Bugun shu narsa haqida o'ylab qoldim. Bunga sabab, bir necha yillar oldin o'zim "Buncha qiyin" degan narsamni, bugun ko'rib "Buncha oson" deb yubordim.
So'ng bir narsani siz azizlarga ham tushuntirishni lozim topdim.

Β«Har bir yangi ilm boshida qiyin bo'ladi. Agar siz uni qiyin demasdan, vaqtingizni uni ustida to'g'ri sarflab, oz-ozdan bo'lsa ham davomiy o'rganar ekansiz, tajribangiz oshishi sari u narsa ham sizga osonlasha boshlaydi.
Bizni sohamizda ko'pchilik yaxshilab harakat qilmasligidan hamma narsani "qiyin"ga chiqarib oladi. Aslida esa, davomiy olingan bilim bir kun natijasini beradi InshaaAlloh. Asosiysi davomiylikni saqlash va sabr.Β»

@JoshDeveloper
πŸ”₯43πŸ‘29🐳21πŸ‘2
Browserda ingliz tilida video ko'rayotganingizda tushunish qiyin bo'layotgan bo'lsa, kamiga pastida subtitle yozilmagan bo'lsa nima qilasiz ?

- Live captions.

Browseringizni sozlamalaridan "Live caption"ni yoqib qo'ysangiz, istalgan videoni so'zlarini tekstga o'girib, pastga subtitle qilib beradi.
Eshitib tushunishi qiyin bo'lganlarga foydali narsa.

Sinab ko'ring. (Chrome βœ…)

Ulashing ✈️

@JoshDeveloper
πŸ‘34πŸ”₯5🀬4