Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal
2.39K subscribers
16K photos
1.93K videos
102 files
4.82K links
Jizzax viloyat MMTBning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

-Web-sayt: jizzakh.uzedu.uz
-Telegram: https://t.iss.one/Jizzaxedu
-Instagram: instagram.com/xtbjizzax/
-Facebook:
-Jizzax viloyati MMTBga murojaat: @JizzaxVMMTB_murojaatlar_bot
Download Telegram
#koronavirus #xalqaro_olimpiada #международные_олимпиады
COVID-19 пандемияси муносабати билан 2020 йилда Ўзбекистон терма жамоалари иштирок этиши режалаштирилган халқаро фан олимпиадалари бўйича сўнгги маълумот
(2020 йил 22 апрель ҳолатига кўра)

I. Ўзбекистон терма жамоалари (2019 йил 3 майдаги ПҚ-4306га мувофиқ) иштирок этадиган халқаро фан олимпиадалари

Халқаро математика олимпиадаси (IMO) - 8-18 июль, 2020 йил - Санкт-Петербург, Россия - 2020 йилнинг 16-26 сентябр кунларига кўчирилмоқда*.

Халқаро кимё олимпиадаси (ICHO) - 6-15 июль, 2020 йил - Истамбул, Туркия - 1 майгача қарор қилинади (бунда бошқа санага кўчирилмайди, олимпиадани масофавий ўтказиш ўрганилмоқда).

Халқаро биология олимпиадаси (IBO) - 3-11 июль, 2020 йил - Нагасаки, Япония - ўтказилиши бекор қилинди (муқобил масофавий олимпиадани ўтказиш ўрганилмоқда).

Халқаро физика олимпиадаси (IPHO) - 18-26 июль, 2020 йил - Вильнюс, Литва - 2020 йилнинг 15 майида қарор қилинади, унгача барча ишлар тўхтатилган.

Халқаро информатика олимпиадаси (IOI) - 19-26 июль, 2020 йил - Сингапур Республикаси - 2020 йилнинг сентябрь ойига кўчирилди*.

II. Ўзбекистон иштироки режалаштирилган бошка халқаро фан олимпиадалари

Халқаро Менделеев олимпиадаси - 20-27 апрель, 2020 йил -
Будапешт, Венгрия - ўтказилиши бекор қилинди*.

Халқаро математика мусобақаси (IMC) - 4-8 июль, 2020 йил - Багор, Индонезия - ўтказилиши бекор қилинди.

* - ушбу қарор март ойида қабул қилинган.

⚠️ Халқаро фан олимпиадалари ўтказилиши билан боғлиқ вазиятни кузатишда давом этамиз ва ҳар қандай ўзгаришлар содир бўлганда қўшимча маълумот берамиз.

#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники

Vebsayt 👉 olympiad.uzedu.uz
Каnalga ulanish 👉 @olimpdep
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abu_Rayhon_Beruniy
#Xalqaro_olimpiada

📣 11-17-iyun kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ilk marotaba Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi Xiva shahrida tashkil etiladi!

❗️ Ushbu nufuzli olimpiadada Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston, Vetnam, Jazoir, Braziliya, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Oman sultonligi, Gruziya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston kabi mamlakat o‘quvchilari ishtirok etishadi.

📍 Shuningdek, olimpiadada faxriy mehmonlar, professorlar yosh bilimdonlar uchun mahorat darslari o‘tkazishi rejalashtirilgan.

👉 Yangi O‘zbekistonning iqtidorli yoshlarini aniqlash va qo‘llab –quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi yangiliklarini biz bilan birga kuzatib boring.
________

The Ministry of Preschool and School Education will host the first International Chemistry Olympiad named after Abu Reikhan Beruniy in Khiva. The Olympiad will take place from 11th to 17 th of June.

❗️ The pupils from Germany, Türkiye, Azerbaijan, India, Vietnam, Algeria, Brazil, Belarus, Russia, Kazakhstan, Sultanate of Oman, Georgia, Turkmenistan, Kyrgyzstan, Tajikistan, and Uzbekistan are expected to take part in this prestigious Olympiad.

📍 Within the framework of the Olympiad, the honorary guests and professors are planned to hold master classes for young scholars as well.

👉 Follow the news on the International Chemistry Olympiad named after Abu Reikhan Beruniy, which is organized to identify and support the talented youth of New Uzbekistan:

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Xalqaro_olimpiada

35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etgan terma jamoamiz a'zolari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari hamda ota-onalar va ustozlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

❗️Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz a'zolari Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida yurtimiz tarixidagi ilk medallarini qo‘lga kiritishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abu_Ali_ibn_Sino
#Xalqaro_olimpiada

Joriy yilning 9-14-iyun kunlari yurtimizda ilk bora Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi boʻlib oʻtadi.

📍 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Buxoro shahrida tashkil etiladigan ushbu olimpiadada Finlyandiya, Turkiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Mongoliya, Ozarbayjon, Hindiston, Quvayt, Belorus, Qatar, Gruziya, Tailand, Vyetnam va Oʻzbekiston jamoalari ishtirok etadi.

❗️ Nufuzli xalqaro tadbirda ushbu davlatlarning 30 ta jamoa (120 nafar ishtirokchi)si oʻzaro bahs yuritadi.

👉 Sinov jarayonlarini qator xorijiy davlatlardan jalb qilingan malakali ekspert, yetuk olim va professor-oʻqituvchilar baholab boradi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Abu_Ali_ibn_Sino
#xalqaro_olimpiada
#fotoreportaj

🔴 Abu Ali Ibn Sino nomidagi
xalqaro biologiya olimpiadasining 1-tur bahslari boshlandi.

Eslatib o'tamuz: 1-tur yozma ish (nazariy) shaklida oʻtkazilib, ishtirokchilarga turli qiyinlik darajasidagi 50 ta topshiriq beriladi va jami 100 ball bilan baholanadi.

Mazkur tur topshiriqlarini bajarish uchun ishtirokchilarga 3 soat vaqt ajratiladi.

👉 Jonli efir

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada
#tavsiya

HIPPO 2025: 13-
xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi oʻtkazilmoqda!

🔺Ingliz tili xorijiy yoki ikkinchi til sifatida qo’llaniladigan 70 ga yaqin davlatdan 1-sinfdan 11-sinfgacha bo’lgan barcha maktab o’quvchilari xalqaro CEFR darajasida bellashishadi.

Imtihon ELPS tashkiloti tomonidan Angliya davlatining “Ofqual Regulated UK” Gatehouse Awards ishtirokidaIESOL” dasturi asosida o’tkaziladi va ushbu imtihon xalqaro darajada tan olingan.

🏆Olimpiadaning saralash bosqichidagi har bir o’quvchi xalqaro CEFR darajasidagi sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

➡️Saralash bosqichi: 15-16 mart (viloyatlarda)

➡️Milliy Final bosqich: 26-27-aprel (Toshkent shahrida)

➡️Jahon final bosqich: 4-5-oktyabr (Italiyada)

📌Batafsil ma’lumot olish hamda RO‘YXATDAN O‘TISH haqida ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

📢Olimpiadaga ro’yxatdan o’tishning soʻnggi kuni: 2025-yil 4-mart.

Mazkur olimpiadada ishtirok etish ixtiyoriy!

✍️ Viloyat MMTB Axborot xizmati