Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal
2.39K subscribers
16K photos
1.93K videos
102 files
4.82K links
Jizzax viloyat MMTBning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

-Web-sayt: jizzakh.uzedu.uz
-Telegram: https://t.iss.one/Jizzaxedu
-Instagram: instagram.com/xtbjizzax/
-Facebook:
-Jizzax viloyati MMTBga murojaat: @JizzaxVMMTB_murojaatlar_bot
Download Telegram
#Xalqaro_konferensiya

"O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya boshlandi

Ayni vaqtda O‘zbekiston Kinematografiya agentligining Event Hall tadbirlar zalida “O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshlamoqda.

“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari Haftaligi doirasida bo‘lib o‘tayotgan mazkur tadbirda:

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova,

YUNISЕFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade,

TUM International tashkiloti boshqaruvchi direktori Friderike Hettinger,

Cambridge Assessment Markaziy Osiyo davlatlari uchun ta’lim xizmatlari departamenti direktori Stiv King,

Massachusets texnologiya instituti Ta’lim va innovatsiya departamenti direktori, J-WEL laboratoriyasi asoschisi Vijay Kumar,

Rossiya ta’lim akademiyasi Vitse-prezidenti, Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Vladimir Filippov,

“KEI Advanced, Inc. Kawaijuku-group” direktori Hiromitsu Sakata,

YUNISЕF Texnik Maslahatchisi Metyu Goldi-Skot ishtirok etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Xalqaro_konferensiya

“O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya davom etmoqda

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Event Hall tadbirlar zalida “O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirdan asosiy maqsad, Yangi O‘zbekistonda inson kapitali, uning shakllanishi va rivojlanishida ta’lim-tarbiya hamda ilm-fanning o‘rni va rolini muhokama qilish, ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy tendensiyalari, jahon tajribasini o‘rgangan holda ularni amaliyotga tadbiq etish va buning samarasi borasida fikr almashish, keng jamoatchilikni Yangi O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirishdan iboratdir.

Konferensiya avvalida so‘zga chiqqan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tadbir ishtirokchilarini bugungi tadbir bilan qutladi va mavzuga doir o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

Bugungi O‘zbekiston davlati joylashgan zamin qadimda ikki buyuk uyg‘onish davriga beshik bo‘lgan. Bu qutlug‘ maskanda Farg‘oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Buxoriy, Termiziy, Ulug‘bek, Jomiy, Navoiy kabi buyuk daholar yetishib chiqqan.

Ushbu ulug‘ ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish uchun so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim sohasiga katta e’tibor berilmoqda. Aholisining 50 foizdan ortig‘i 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston uchun ta’lim katta strategik masala ekanligini aytsam mubolag‘a qilmagan bo‘laman.

2030-yilga qadar ta’lim tizimida qanday ishlar amalga oshirilishi xususida “Ta’lim — 2030” konsepsiyasida aniq belgilab olingan. Ushbu konsepsiya doirasida hozirga qadar sohada ko‘plab natijalar qayd etildi”.

Batafsil: 👉 https://www.uzedu.uz/uz/news/1135

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Iqtibos
#Xalqaro_konferensiya

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Iqtibos
#Xalqaro_konferensiya

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Fotoreportaj
#Xalqaro_konferensiya

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi jarayonidan fotoreportaj.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Iqtibos
#Xalqaro_konferensiya

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi ishtirokchilarining tadbirdagi nutqlaridan iqtibos.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_konferensiya

🏨 "Hilton Toshkent City" mehmonxonasida 2024-yil 13-mart kuni bo‘lib o'tuvchi nufuzli anjumanga barchangizni taklif qilamiz!

Maqolalar qabulining so'nggi kuni: 5-mart

Maqola berishga shoshiling!

Axborot xati

👩‍💻Murojaat uchun:
Qandiya Poyonova
@Science_inno1 (+998993319654)

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook