Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal
2.71K subscribers
19.4K photos
2.28K videos
106 files
5.68K links
Jizzax viloyat MMTBning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

-Web-sayt: jizzakh.uzedu.uz
-Telegram: https://t.iss.one/Jizzaxedu
-Instagram: instagram.com/xtbjizzax/
-Facebook:
-Jizzax viloyati MMTBga murojaat: @JizzaxVMMTB_murojaatlar_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_shahar_tajribasi
#birinchi_kun

Xalq ta’limi tizimidagi yangi davr islohotlari va amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish bo’yicha “Jizzax shahar tajribasi” mavzusida 2 kunlik respublika seminari Jizzaxda o’z ishini boshladi.

Jizzax viloyati xalq ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

✝️Telegram| ☸️You tube| 💟Instagram| ☮️Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_shahar_tajribasi
#Birinchi_kun

Jizzax shahrida xalq ta’limi tizimidagi yangi davr islohotlari va amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha “Jizzax shahar tajribasi” mavzusida 2 kunlik Respublika seminari bo’lib o’tdi

Mazkur seminarda Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi jo’qori gengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarma boshliqlari va soha fidoiylaridan tashkil topgan 40 nafar delegasiya Jizzaxlik soha vakillari bilan o’zaro tajriba almashdi.

Seminar qatnashchilari Jizzax shahar hokimi Xolmurodov Komiljon Atxamovich boshchiligida, Xalq ta'limi vazirligi boshqarma boshlig'i Dauletov Oybek Umirbekovich, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i Sadriddinova Dilfuza Ro‘ziqulovna, shahar halq ta’limi bo’limi mutasaddilari va keng jamoatchilik vakillari tomonidan kutib olindi.

Seminarning 1-kuni Shaharf Rashidov haykali poyiga gul qo’yish bilan boshlanib, Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon muzeyi, viloyat “Bolalar kutubxonasi”, Sharof Rashidov yodgorlik muzeyi, Jizzax shahar 10-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi, “SAMBHRAM” universiteti, Jizzax viloyat axborot kutubxona markazlari bilan yaqindan tanishdi.

Jizzax viloyati xalq ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

✝️Telegram| ☸️You tube| 💟Instagram| ☮️Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#HCI2025 #birinchi_kun #ITB

Vazirligimiz vakillari bilan Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “Human Capability Initiative 2025” xalqaro forumida ishtirok etyapmiz.

Saudiya Arabistoni valiahdi, bosh vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud homiyligida har yili oʻtkaziladigan ushbu nufuzli tadbirda dunyoning turli nuqtalaridan kelgan ishtirokchilar taʼlim, iqtisodiyot, texnologiya sohasidagi muammolar, ularga innovatsion yechimlar topishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladi. Eʼtiborlisi, Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida mazkur nufuzli tadbirga taklif etilgan yagona davlat.

Forumning ilk kunidayoq, Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi.

Islom taraqqiyot banki (ITB) Prezidenti Muhammad al-Jassar bilan uchrashuvimizda ITB kelajak avlod uchun yaxshiroq taʼlim imkoniyatlari yaratishda Oʻzbekiston hukumatining ishonchli hamkori boʻlishdan mamnunligini qayd etdi.

Uchrashuv natijasida Global Partnership for Education (GPE) tomonidan taʼlim sohasiga grant shartnomasi imzolandi.

Loyihaning asosiy yoʻnalishlari esa quyidagicha:

- respublikamiz boʻyicha 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi;
- maktablarni zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash;
- oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha dasturlar;
- inklyuziv taʼlimni rivojlantirish;
- oʻquv dasturlarini takomillashtirish;
- maktabgacha taʼlim sifatini oshirish.


Forum oʻz ishini davom ettirmoqda. Navbatdagi uchrashuv va kelishuvlar tafsilotlari, yangiliklar haqida yana xabar berib boramiz.

@hilola_umarova