Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal
2.2K subscribers
15.4K photos
1.86K videos
102 files
4.67K links
Jizzax viloyat MMTBning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

-Web-sayt: jizzakh.uzedu.uz
-Telegram: https://t.iss.one/Jizzaxedu
-Instagram: instagram.com/xtbjizzax/
-Facebook:
-Jizzax viloyati MMTBga murojaat: @JizzaxVMMTB_murojaatlar_bot
Download Telegram
#Prezident_maktablari #Statistika

PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH BO‘YICHA YUQORI NATIJA KO‘RSATGAN MAKTABLAR

🔸
Mazkur statistikada Navoiy shahridagi 11-maktab yetakchilik qilmoqda - bu yerdan 17 nafar o'quvchi Prezident maktabiga qabul qilingan.

📌Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga yangi o‘quv yili joriy yilning oktabr oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
#Imtihon_2022

📣📣Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichi 1-iyul kuni boshlanishini ma’lum qilamiz.

❗️Test jarayonlari 1-iyul kuni soat 9:00 da boshlanadi.

Imtihonlar ikki smenada - 09:00 va 16:00 da bo'lib o'tadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.

🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

✔️Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#xumoraorzusigaerishdi

Бахмал туманида истиқомат қилувчи Хумора ҳаётида бугунги ёшлар куни байрами унутилмас кунлардан бири бўлди десак асло хато бўлмайди.

Хумора Худойназарованинг йўллаган хатига Президентимиздан жавоб мактуби келди.

Вилоят ва туман жамоатчилиги вакиллари, Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети раҳбарияти Хумора яшаётган хонадонда бўлиб, бир гуруҳ фаоллар иштирокида жавоб мактубини ўқиб эшиттирдилар.

Шундан сўнг, унинг илтимосига биноан университет талабалигига давлат гранди асосида қабул қилинганлиги бўйича сертификат тантанали тарзда топширилди.

Ҳаётга катта умид билан қараётган Хуморанинг кўзларида қувонч учқунлари ва миннатдорчилик ҳисси яққол намоён бўлиб турганди.

“Президентимизнинг бизга хусусан, ёшларга қаратаётган эътиборлари учун ўз миннатдорчилигимни билдираман.Албатта келажакда ўқиб, билим олиб халқимиз ва давлатимиз раҳбарининг бизга бўлган ишончини оқлашга ваъда бераман”, дейди кўзларида қувонч ёшлари ила Хумора Худойназарова.

#Prezident #Jizzax #maktub #Xumora
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

⚡️
Bugun Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📆
Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi joriy yilning 31-iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

🗣Ma'lumot uchun, imtihonlar 3 smenada o‘tkazildi.

🗺 Fotolavhada Jizzax viloyatidagi jarayonlar.
#prezident_maktablari
#erishilgan_yutuqlar

📈IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qaroriga asosan 14 ta Prezident maktabi tashkil etildi.

📆Joriy yilda Prezident maktablarining 326 nafar 11-sinf bitiruvchilarning 100 foizi xalqaro til bilish (IELTS), 50 foizi (168 nafari) xalqaro matematika va ingliz tilini bilish darajasini baholovchi (SAT) sertifikatga ega bo‘lishdi.

🏛Prezident maktablari bitiruvchilarning 281 nafari muddatidan oldin nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilindi. Shundan 51 nafari to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

💯Namangan shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Go‘zalxon Haydarova “Garvard” hamda “Princeton” oliygohlarida 100 foiz grant asosida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

❗️Toshkent shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Jafar Arifjanov dunyo reytingida TOP 10 talikka kiruvchi “California Institute of Technology” oliygohining grantini yutgan birinchi o‘zbekistonlik talabaga aylandi.

🪪Jizzax shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Nozimbek Turg‘unboyev 120 dan ortiq xorijiy oliygohlarning 6 million AQSh dollarli miqdoridagi grantlarini qo‘lga kiritdi.

💫Nukus shahridagi Prezident maktabining bitiruvchilari Asadbek Reymbergenov va Begdulla Tursinbayev Vengriyaning “Debretcen” universitetida to‘liq grant asosida tahsil oladigan bo‘lishdi.

🏅Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi Sohibjon Dilmurodov 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida kumush hamda Shvetsariyada o‘tkazilgan kimyo bo‘yicha jahon olimpiadasida bronza medali sohibi bo'ldi.

📊Jizzax, Navoiy, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Nukus shaharlaridagi Prezident maktablaridan jami 12 nafar bitiruvchilar “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuotda_biz
#Prezident_archasi

Jizzax shaharida o'tkazilgan "Prezident archasi" bayram tadbiri tavsilotlari Jizzax viloyati hokimligi muassisligidagi "Jizzax haqiqati" gazetasi nigohida

👉https://t.iss.one/Jizzaxedu
#Jizzax_shahar_2_IMI
#Prezident_Qarori_amalda

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashabbusi bilan Jizzax viloyati Oliy ta'lim, fan va innovatsiya boshqarmasi, Jizzax Politexnika instituti hamda "ISHGA MARHAMAT" monomarkazi òrtasida memorandum imzolandi.
Memorandumga asosan, maktab bitiruvchilarini kasb-hunarga yònaltirish, o’zlarining tanlagan kasblariga yanada qiziqishini oshirish maqsadida ushbu muassasalarda sayohat tashkil etildi.

⚡️ Ushbu memorandum bo’yicha yuqorida ko’rsatilgan muassasalar bilan, doimiy ravishda amaliy mashg’ulotlar o’tkazib borishga kelishib olindi.

❄️ Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 7-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalarini Kembrij ta’lim tashkiloti rejalashtirilgan vaqtdan oldinroq e’lon qildi.

Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2024/

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
#ikkinchi_bosqich

⚡️PREZIDENT MAKTABLARI IMTIHONLARINING IKKINCHI BOSQICHI BO’LIB O’TDI

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

💫 Imtihonda ishtirok etgan barcha talabgorlarga omad tilaymiz!

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Zayed_Sustainability_Prize
#Prezident_maktabi

XALQARO TANLOV GʻOLIBLARI TANTANALI KUTIB OLINDI

Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Zayed Sustainability Prize” tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova,
mas'ullar hamda ota-onalar ishtirok etib, oʻquvchilarni samimiy tabriklashdi.


Eslatib oʻtamiz,
mazkur tanlovda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Paxlavon Gʻulomov hamda 9-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashrapov “Global High schools” (global maktablar) yoʻnalishida yomgʻir suvini qayta ishlab iste’mol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan qatnashib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizga mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi.

❗️Taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan qizgʻin tabrikladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur xalqaro tanlovda oʻquvchilarimiz tomonidan taqdim etilgan loyihada ichimlik suvi tanqisligi mavjud tuman va qishloqlardagi foydalanilmayotgan yer maydonlarida katta miqdorda yomgʻir suvini toʻplash uchun yopiq hovuz (sisterna) va filtrlovchi uskunalar yordamida suvni qayta ishlab ichimlik va kundalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish nazarda tutilgan.

Endilikda bu loyihani moliyalashtirish uchun tashkilotchilar tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi hamda ushbu gʻoya hayotga tatbiq etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM