Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal
2.19K subscribers
15.5K photos
1.87K videos
102 files
4.7K links
Jizzax viloyat MMTBning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

-Web-sayt: jizzakh.uzedu.uz
-Telegram: https://t.iss.one/Jizzaxedu
-Instagram: instagram.com/xtbjizzax/
-Facebook:
-Jizzax viloyati MMTBga murojaat: @JizzaxVMMTB_murojaatlar_bot
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq faoli Zohid Jumayev tomonidan Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimida uchrayotgan bir qator masalalar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaatlar Jizzax viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan qat’iy nazoratga olindi.
Murojaatlarda keltirilgan dalillar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi. O’rganish natijalari yakuniga yetganidan so’ng batafsil axborot berilishini ma’lum qilamiz.

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i tomonidan boshqarma xodimlari, jumladan rahbar haydovchisining noqonuniy ishdan bo'shatayotganligi to'g'risida xabar tarqaldi. Xodim rahbar tashabbusi bilan emas, balki, o'z xohishiga ko'ra ishdan bo'shash to'g'risida ariza bergan. Mazkur holat mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshirilganligini ma'lum qilamiz.

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zarbdor tuman MMTB tasarrufidagi 2-son DMTTda bolalarga sifatsiz ovqatlar berilayotgani va ota-onalardan tushuntirish xati olinayotgani borasida xabar tarqaldi. Holat Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o'rganildi. O'rganish davomida aniqlangan dalil ma'lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi. O'rganish jarayonlari yakuniga yetkazilganidan so'ng batafsil axborot berilishini ma'lum qilamiz.

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
#rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zarbdor tumani MMTB tasarrufidagi 2-son DMTTda bolalarga sifatsiz taomlar berilayotgani post tarqalgan edi. Mazkur videomurojaat yuzasidan Jizzax viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i boshchiligida ishchi guruh tuzilib, o’rganish ishlari olib borildi. Aniqlangan holat yuzasidan tashkilot direktori egallab turgan lavozimidan ozod etilganligini ma’lum qilamiz.

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Doʼstlik tumani, Manas qishlogʼidagi 17-sonli bolalar bogʼchasida korrupsiya alomatlari boʼlayotganligi, shuningdek, bolalar soni koʼpligidan ular polda uxlayotganligi toʼgʼrisida maʼlumotlar tarqatilgan.

Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Surishtiruv yakuni bo'yicha qoʼshimcha ravishda maʼlum qilinadi.

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani 15-DMTTda bolalar haqqiga qilinayotgan hiyonat va tashkilot rahbaridan ota-onalarning noroziligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur videomurojaat Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.
Holat yuzasidan boshqarma va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o'rganish ishlari amalga oshirilmoqda. O'rganish yakunlari bo'yicha batafsil axborot berilishini ma'lum qilamiz.

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
#Rasmiy_munosabat

🔰Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati G'allaorol tumani 57-maktabda obuna uchun xodimlardan majburiy yig'imlar undirilayotgani haqida fikrlar tarqaldi. Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan o'rganish davomida holat yuzasidan quyidagilar aniqlandi. Maktab o'qituvchilarining bugungi kundagi sohasiga oid xabar va yangiliklardan xabardor qilish maqsadida gazeta va jurnallarga obuna bo'lishi haqida targ'ibot ishlari olib borilgan. Shu o'rinda, tizim xodimlariga har qanday gazeta va jurnallarga obuna bo'lish ixtiyoriy ekanligini ta'kidlab o'tamiz.

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

📺 "Jizzaxdagi maktablarning birida o'quvchi nega hushidan ketib qoldi? Holat o'rganildi"

👉
https://t.iss.one/Jizzaxedu
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Jizzax shaharidagi 18-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktorining maktab qorovuliga nisbatan noqonuniy harakatlar amalga oshirilgani haqida post tarqaldi.

Holat Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan va ayni paytda o'rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tez orada holat yuzasidan batafsil ma'lumot berilishini ma'lum qilamiz.

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahridagi 5-umumta'lim maktabi o‘qituvchilarining "Open budjet" loyihasiga majburiy jalb etish holati kuzatilayotgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.

Maktabda o'tkazilgan o'rganishlar davomida o'qituvchilar bu kabi majburiy mehnatga jalb etilmagani yuzasidan pedagoglarning tushuntirish xati va bu haqida ma'lumotnoma taqdim qilindi.

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
#Rasmiy_munosabat
  
Ijtimoiy tarmoqlarda Baxmal tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi "Gulbuloq QFY"da joylashgan 10-son DMTT faoliyati to'xtatilganligi va xodimlarning ish haqini ololmay sarson bo'layotgani haqida post tarqaldi.

Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi holat yuzasidan shuni ma'lum qiladiki, tashkilotda bugungi kunda jami 7 ta asosiy  guruh mavjud. 2023 yil 1 noyabr oyidan boshlab tashkilot  binosining  cho’kishi oqibatida hududdagi 1-sonli kasb-hunar maktabiga vaqtinchalik ko’chirildi. Kasb-hunar maktabida ajratilgan xonalar yetishmasligi sababli 2 ta asosiy guruh faoliyat ko’rsatmay kelmoqda. Lekin 2 ta asosiy guruh tarbiyachi va yordamchi tarbiyachisiga (R. U;  L. H; S. M; D. B. lar)  jami to’rt nafar xodimga ish haqi to’lab kelinmoqda. 

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
#Rasmiy_munosabat

Joriy yilning  20-mart kuni Sirdaryolik_Insider telegram kanali orqali Jizzax viloyati Sovotobod qishlog'i maktabi uchun ovoz yig'ishga Guliston shahriga kelishyapti, sarlavhasi ostida videotasvir yuzasidan Yangiobod tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi ushbu holatni batafsil o'rgandi.
O'rganish jarayonida ma'lum bo'ldiki mazkuz videotasvirdagi ovoz yig'ish jarayonida tumandagi umumta'lim maktabi o'quvchilari qatnashmaganligi ma'lum qilinadi.

Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Forwarded from Sarvinoz Narziyeva
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi moliyaviy tahlil va rejalashtirish bo'limi bosh iqtisodchisi I.I.ning ishiga noloyiqligi, bu maskanni tanish-bilish hududiga aylantirgani haqida post tarqaldi.

Viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi I.I.ning ko'p yillik ish tajribasiga ega ekanligi va postda ko'rsatilgan holatlar yuzasidan xodimga nisbatan shu vaqtga qadar hech qanday e'tiroz va murojaatlar bo'lmaganligini ma'lum qiladi.

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Forish tumani Garasha qishlog'idagi 18-DMMTda obuna masalasida noqonuniy yig'imlar amalga oshirilayotgani haqida post tarqaldi.

Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan holat o'rganildi va bu ma'lumot hech qanday asosga ega emasligi aniqlandi. Xodimlarning nashriyotlarga obuna bo'lishi  ixtiyoriy tarzda tashkil etililganligi ularning tushuntirish xatlari orqali ma'lum qilindi.

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Forish tumani Qo‘lba MFY hududida joylashgan 47-sonli umumta'lim maktabida bolalar maydonchasining yo‘qligi yuzasidan tarqalgan post bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz: 

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ-5072-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22-apreldagi QQ-406-IV-sonli qarori  asosida tashabbusli byudjet loyixasining 2024 yil  birinchi bosqich uchun Jizzax viloyati Forish tumaniga 12 mlrd. 906 mln. 501 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.
Mazkur mablag‘ doirasida  eng ko'p ovoz to'plagan 9 ta loyiha g‘olib deb topildi. Forish tumani Qo‘lba MFY Mixin qishlog‘ida joylashgan 47-sonli maktabga sport zal binosi qurish loyihasi 1890 ta ovoz to‘plagan va ajratilgan mablag‘ yetmaganligi sababli g‘olib bo‘la olmagan.

Forish tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufida 65 ta umumta’lim maktabi faoliyat yuritib bugungi kunda 36 ta umumta’lim maktabida sport zal binolari mavjud emas.

🏢Forish tuman MMTB qarashli 47-sonli umumta’lim maktabi  2008 yilda qurilgan,180 o‘quvchi o‘rniga ega hozirgi kunda 196 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

⚡️Maktab maydoni 5587  kv m, bino 768,5 kv. m ni tashkil qiladi. Maktab geografik jihatdan tog'li hududda joylashgan. Tashqi sport maydoni  shu imkoniyatdan kelib chiqib qurilgan. Hojatxona va ko'mirxona sport maydoni yon atrofiga qurilgan.

❇️2027 yilga investitsiya dasturi doirasida 47-sonli maktabga sport zal qurish yuzasidan takliflar berilgan.

Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahar MMTB tasarrufidagi 30-umumta'lim maktabi o'quvchilaridan maktabni ta'mirlash maqsadida majburiy pul yig'imi holati kuzatilayotgani haqida post tarqaldi. Holat viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari tomonidan o'rganilganda, maktabning hech qanday ta'mirga muhtoj emasligi va hech qanday majburiy yig'imlar kuzatilmaganligi aniqlandi.

✔️Ma'lumot uchun, maktablarda majburiy pul yig'imlariga yo'l qo'ymaslik borasida har bir hududda tushintirish ishlari amalga oshirilgan va bu holat javobgarlikka sabab bo'lishi mas'ullar tomonidan nazoratga olingan.

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Baxmal tumani MMTB tasarrufidagi 52-sonli umumta'lim maktabi o'qituvchilarining oylik maoshlaridan soliq qarzdorligiga majburiy ushlab qolinayotganligi haqida post tarqaldi. Holat tuman maktabgacha va maktab bo'limi tomonidan o'rganilganda, hech bir o'qituvchidan soliqlarga majburiy ushlab qolish holati kuzatilmaganligi biroq, har bir fuqaro soliqlarni o'z vaqtida to'lashga majbur ekanligi yuzasidan tushuntirish ishlari amalga oshirilganigini ma'lum qilamiz.

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
#RASMIY_MUNOSABAT

📑 Bugun 23-yanvar JIZZAXLIKLAR telegram kanalining "Murojaat" rukni ostida Jizzax shahar Bobur MFYda joylashgan 5-umumta‘lim maktabning isitish tizimi nosoz holda ekanligi haqida axborot e’lon qilindi. Murojaatda aytilishicha, ushbu holat sabab darslar 30 daqiqa qilib belgilangan. Va bu yuzasidan mutasaddilardan izoh so'ralgan.

Mazkur holat yuzasidan
Viloyat MMTBning ma‘sul xodimlari tomonidan o'rnatilgan tartib asosida o’rganildi.
O‘rganishlar natijasida isitish tizimidagi gaz bosimining pastligiga sabab bo'lgan kichik quvurlar o'rniga kattasiga almashtirilib, isitish qozonlari to'liq ta'mirdan chiqarilib, muammolar bartaraf etildi.

Bugundan maktabning barcha sinfxonalari talab darajasiga keltirib, darslar to'liq 45 daqiqa davomiyligida o'tilmoqda.
Shuningdek, maktab ma‘sul xodimlariga bunday holatlarga yo‘l qo'ymaslik bo'yicha kerakli tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.


-Web-sayt: jizzakh.uzedu.uz
-Telegram: https://t.iss.one/Jizzaxedu
-Instagram: instagram.com/xtbjizzax/