JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.5K photos
1.73K videos
5 files
8.23K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Forwarded from QARAQALPAQSTAN KADASTR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uzb
22 апрель Халқаро Ер куни

Қорақалпоғистон|МТРК телеканалининг "Ассалому алейкум Қорақалпоғистон" кўрсатувида Кадастр агентлиги Қорақалпоғистон Республикаси бошқармаси бошлиғи ўринбосари Парахат Сейтмуратов қатнашиб ер ажратиш тартиби ва бошқарма томонидан олиб борилаётган ишлар ҳақида маълумот берди.
_____________________________________

#ққ
22-апрель Халықаралық Жер күни

Қарақалпақстан|MTRK телеканалының "Ассалаўма әлeйкум Қарақалпақстан" көреситиўинде Кадастр агентлиги Қарақалпақстан Республикасы басқармасы баслығы орынбасары Парахат Сейтмуратов қатнасып, жер ажыратыў тәртиби ҳәм басқарма тәрепинен алып барылып атырған жумыслар ҳаққында айтып өтти.

Қарақалпақстан кадастр
​​#Kadastr #uzb_qonuni

“Qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʼgʼrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga koʼra, quyidagi yerlar xususiylashtirilishi mumkin:

🔹yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar;

🔹fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar (ilgari YaTTlarning xususiylashtirilishi nazarda tutilmagan);

🔹xususiylashtiriladigan davlat obʼektlari joylashgan yerlar (ilgari bu ruxsat berilmagan);

🔹boʼsh turgan yerlar.

Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:

🔺umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʼlgan yerni sotib olish;

🔺yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

Xususiylashtirishdan tushadigan mablagʼlar Davlat byudjetiga yoʼnaltiriladi (ilgari Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʼarmasiga yoʼnaltirilgan).

Ariza DXM yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

Аriza koʼrib chiqilib xabarnoma shaklda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilinadi.

Salbiy qaror asoslantirilgan shaklda boʼlishi shart.

Quyidagilar xususiylashtirishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

🔶xususiylashtirish uchun asos mavjud emasligi;

🔶yerga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi;

🔶yerda joylashgan koʼchmas mulkka qoʼyilgan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;

🔶aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti loyihalarida xususiylashtirishga monelik qiladigan maʼlumotlarning mavjudligi;

🔶davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʼyish toʼgʼrisida qaror mavjudligi;

🔶xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda oʼzga shaxsga oʼtkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;

🔶arizada notoʼgʼri, bir-biriga zid boʼlgan yoki buzib koʼrsatilgan maʼlumotlar aniqlanganligi;

🔶xususiylashtiriladigan yer puli toʼlanmaganligi.

Xususiylashtirishni boshqa sabablarga koʼra rad etishga yoʼl qoʼyilmaydi.

💻Boʼsh turgan yer uchastkalari elektron onlayn-auktsion orqali xususiylashtiriladi.

Yerga boʼlgan mulk huquqi uchun davlat orderi yer uchun toʼlov qilinganidan soʼng 1 ish kunida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi.

📌Quyidagi holatlarda xususiylashtirilgan yerni mulkdordan olib qoʼyish mumkin:

🔷yerga ijro hujjatlari boʼyicha undiruv qaratilganda;

🔷yer davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun sotib olinganda (egasining yozma roziligi bilan);

🔷yer musodara qilinganda;

🔷yer rekvizitsiya qilinganda (epidemiya, tabiiy ofat vaqtida).

Xususiylashtirilgan yerni natsionalizatsiya (haq evaziga davlat ixtiyoriga oʼtkazish) qilish Qonundan chiqarib tashlandi.

(OʼRQ–728-son, 15.11.2021 y.).

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav_biz_haqimizda #uzb_24 #matbuot_anjuman

"Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy masalalar hamda belgilab berilgan vazifalar” mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjumani Янгиликлар 24 dasturida.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt