#Jizzax_kadastr #qonun_va_ijro #seminar
📁 ELЕKTRON HUJJAT ALMASHUV TIZIMIDAN SAMARALI FOYDALANISH AFZALLIKLARI
🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi majlislar zalida tuman (shahar) filial rahbarlari hamda xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi 445-sonli Qonuni ijrosi bo‘yicha “Elektron hujjat almashuv tizimidan samarali foydalanishni tashkil etish va sohaga oid qonun, qonunosti hujjatlar talablari asosida ish yuritish” mavzusida seminar tashkil etildi.
◼️ Seminar avvalida “Murojaatlar bilan ishlash” sho‘basi boshlig‘i A.Gulboyev "Ijro intizomi, yuridik va jismoniy shaxslarning murojjaatlarini o‘rganishda qonun talablariga rioya qilish, elektron hujjat almashish tizimidan to‘liq foydalanish" mavzusida ma'ruza qilib, yig'ilganlarga batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i J.Toshpo‘latov "Kadastr yig‘ma jildini shakllantirish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha idoraviy hujjatlarni yuritish tartibi" mavzusida so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
◾️ Bundan tashqari, ma'ruzachilar “Yerlarni auksionga chiqarish” sho‘basi boshlig‘i I.Mustafoyev “Yer uchastkalarini auksionga chiqarish uchun bajariladigan ish turlari”, “Davlat yer kadastrini yuritish” sho‘basi boshlig‘i A. Qodirov esa “Yer uchastkalarini “UzKad” dasturiga kiritish tartibi” mavzulari yuzasidan yig‘ilganlarga batafsil ma’lumotlar berishdi.
◾️ Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.
👍 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅ Telegram I 📸 Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM