Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
⏹E-ijara interaktiv xizmatida ikkilamchi ijara shartnomasini hisobga qo‘yish imkoniyati yaratildi
Vazirlar Mahkamasining 595-son qaroriga muvofiq ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish interaktiv xizmati – E-ijara dasturi sinovdan o‘tkazilmoqda.
⏹Unda yuridik va jismoniy shaxslar ko‘chmas mulk obyektlari uchun tuzilgan ijara yoki tekin foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalarini Davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishlari mumkin.
⏹Bundan tashqari, talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ham E-ijara interaktiv xizmatida hisobga qo‘yish mumkin.
⏹Ijaraga beruvchi ijara.soliq.uz saytiga kirib "Ijaraga oluvchi to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda talabaga oid ma’lumotlar (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.
⏹Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.
#DavKadastrPalata #e_ijara #QQS
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook