JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.4K photos
1.71K videos
5 files
8.15K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#bilasizmi #qonunchilikda_yangilik #kadastr_xizmati
⚡️Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi faqat elektron shaklda hisobga qo‘yiladi
Hukumat tomonidan 02.04.2022 yilda tasdiqlangan 150-son ma’muriy reglamentga ko‘ra,
🔹Ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk shartnomasini tuzilganidan 3 kundan kechiktirmay soliq organida hisobga qo‘yishi shart.
❗️Shartnomani hisobga qo‘yganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
🔹Ko‘chmas mulk birlamchi ijaraga olgan shaxs tomonidan ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin. Ikkilamchi ijaralar ham soliq organlarida hisobga qo‘yilishi kerak.
🔹Ijaraga beruvchi tomonidan tizim orqali yuborilgan shartnoma ijaraga oluvchi tomonidan 5 kunda tasdiqlanmasa shartnoma soliq organlarida hisobga olinmaydi.
🔹Shartnoma hisobga qo‘yilganda QR-kodli guvohnoma beriladi.
Shartnoma taraflar kelishuviga binoan yoki boshqa tartibda muddatidan oldin bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, ijaraga beruvchi tomonidan onlayn hisobdan chiqariladi. 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
#bilasizmi #qonunchilikda_yangilik
⚡️Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi
🔰Hukumat qarori (183-son, 14.04.2022 y.) bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, yer nazorati hokimliklar, Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi.
Kadastr nazoratini esa Kadastr agentligi olib boradi.
Yer nazorati quyidagi asoslarga ko‘ra 10 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi:
🔹er monitoringida qonunchilik buzilishi kuzatilganda;
🔹elektron tizim orqali va aerokosmik suratlarni solishtirishda qonun buzilishi qayd etilganda;
🔹er qonunchiligi buzilishiga oid murojaatlarga ko‘ra;
🔹OAV yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida;
🔹sud va boshqa organlarga yerga oid huquqbuzarlik haqida axborot kelib tushganida.
❗️Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar BHMning 10 foizi (27 ming so‘m) miqdorida rag‘batlantiriladi.
🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
#qonunchilikda_yangilik #qonun_loyiha_muhokamasi

⚡️Ko‘chmas mulk huquqi va yer bo‘yicha sud ishlarida prokuror ishtiroki shart

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan muhokamaga qo‘yilgan Qonun loyihasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 50-moddasiga o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda.

Unga ko‘ra, prokuror quyidagi sud ishlarida ishtirok etish shart:

🔹qonunda nazarda tutilgan hollarda;

🔹mulk huquqini tan olish;

🔹o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish;

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga nisbatan huquqni belgilash, bunday yerlarni ijaraga berish majburiyatini yuklashga oid yer bilan bog‘liq ishlar;

🔹prokurorning arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha fuqarolik ishining muhokamasi.

❗️Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari Axborot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz.
Telegram I Instagram I Facebook
#qonunchilikda_yangilik

Ijara munosabatlarida huquq va majburiyatlarni qayta ijaraga berish tartibi belgilandi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-871, 23.10.2023 y) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi.

❗️“Ijara to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:

😎Ijara munosabatlarining obyektlari bo‘yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

🟢Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

🌏 Qonunda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy va yuridik shaxslar ijaraga olingan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga ijara muddatidan oshmagan muddatga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin. Bunda ijara shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlar yangi ijaraga oluvchiga o‘tadi.

Shuningdek qonun bilan, Fuqarolik kodeksi va Yer kodekslariga servitut to‘g‘risidagi shartnomaga, servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga, servitutni o‘zgartirish va uni bekor qilish, servitut uchun haq to‘lash, ommaviy servitutni belgilash qoidalariga doir qo‘shimchalar kiritildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hafta_ichida #dayjest

Joriy yilning 30.10-05.11.2023 kunlari 🌟 Kadastr agentligi hamda 👍 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlili.

Korrupsiyaga qarshi kurashishbarchaning burchi

Jizzax viloyatida 19 995 mingga yaqin kadastr pasporti shakllantirilgan

Haftalik murojaatlar tahlili

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va tadbirkorlari!

Ochiqlik jamiyat taraqqiyotida muhim omil

Jizzax shahrida yer nazorati tadbirlari

#Kadastr #OAV_biz_haqimizda

Kadastr aholi manfaatlari yo'lida

"E-AUKSION" platformasidan dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga olish tartibi

Kadastr pasportini shakllantirish bo'yicha

#OAV_biz_haqimizda #Yer_nazorati

#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #Jizzax_shahri

Kadastr xizmatlaridan onlayn foydalaning!

#Kadastr #yer_nazorati #Mirzacho'l

Kitob – tafakkur xazinasi

Yetim bolalar kadastr xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etilgan

Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati bo'lib otdi

#qonunchilikda_yangilik

Haftalik murojaatlar tahlili

#Kadastr #yer_nazorati

Ko‘chat ekib, bog‘ yatataylik!

#Jizzax_kadastr #sport_futbol

IIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Qonunchilikda_yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 555-sonli qaroriga muvofiq 2024-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy birliklarini tuzish, tugatish va ularning chegaralaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda:

👉 Qaror talablaridan kelib chiqib, hududlarni kadastr bo‘yicha to‘liq qaytadan bo‘linishi;
👉 Ko‘chmas mulklarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun UZKAD tizimiga texnik tuzatishlar kiritilishi;
👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish hujjatlarini tegishli qarorlari bilan tasdiqlashi belgilandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Qonunchilikda_yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 555-sonli qaroriga muvofiq 2024-yil 31-dekabrga qadar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarining o‘zgartirilgan kadastr raqamlarini aniqlash va ma’lumotlarini olish imkoniyati yaratildi.

Bunda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish natijasida ilgari berilgan kadastr raqami ko‘chmas mulkning mulk tarixiga oid ma’lumotlarda saqlanib qoladi.

Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallari tomonidan beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM