JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.4K photos
1.71K videos
5 files
8.14K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish, meva-sabzavotchilik klasterlari va tomorqa xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

▫️Prezident kuni kecha imzolagan qarorga muvofiq, kelgusi yilda paxta va g‘alladan qisqartiriladigan 80 ming gektar maydonlar aholiga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun 10 sotixdan 1 gektargacha 10 yil muddatga ochiq elektron tanlov o‘tkazish orqali ijaraga beriladi. Bunda asosiy mezon tomorqadan samarali foydalanish va yaratiladigan ish o‘rinlari bo‘ladi.
Ushbu yerlarda dehqonchilik qilish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar ekishga 6 oylik imtiyozli davr bilan 2 yilgacha kredit ajratiladi.

▫️Yig‘ilishda har bir yer uchastkasi 2 kunda kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilishi shartligi, aholi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yig‘imlardan ozod qilinishi ta’kidlandi.

▫️Kelgusi yil 1 martga qadar barcha qishloq xo‘jaligi yerlarining kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi. "Birorta hudud rahbarining bu masalada “o‘yin qilishga” haqqi yo‘q", dedi Prezident.

#Prezident #videoselektr #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook