JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.3K photos
1.71K videos
5 files
8.13K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Oliy_Majlis_Senat #Kadastr

🟢 Ayni damda Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi oldidan o‘tkaziladigan Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qo‘mitasining majlisida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axborot dastlabki tarzda eshitilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#Farmon_ijrosi #Oliy_majlis_qonunchilik_palatasi #Kadastr_agentligi

‼️Ayni damda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 sentabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6061-sonli Farmonining ijro etilishi holati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi deputatlari tomonidan eshitilmoqda.

Yig‘ilishda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari M.Mirmaksudov Farmon ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot bermoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
▫️28 may kuni Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisi o'tkazilishi rejalashtirilgan▫️

⚜️ Joriy yil 20 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma oltinchi yalpi majlisini 2022 yil 28 may kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

⚜️ “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi, “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi, “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish haqida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

#DavKadastrPalata #info #oliy_majlis

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga olib qo‘yilishi mumkin▫️

💠 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatning yigirma oltinchi yalpi majlisida “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi va “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar ko‘rib chiqildi.

💠 Jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini olib qo‘yish masalalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan yaxlit qonun bilan tartibga solinishi, nizoli vaziyatlarning oldi olinishi, mulk egalarining huquqlari himoyasini kuchaytirishga xizmat qilishi inobatga olinib, ushbu qonunlar senatorlar tomonidan ma’qullandi.


#DavKadastrPalata #oliy_majlis #yer_uchastkalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
⚡️Bugun – Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisi o‘tkazilmoqda.

◻️Davlat mulkini boshqarishning prinsiplari, davlat mulkiga egalik qilishning mezonlari belgilanmoqda va davlat mulki respublika hamda munitsipal mulk turlariga ajratilmoqda.

◻️Muhokamada senatorlar bugungi kunda davlat mulkini boshqarish bo‘yicha yagona qonun mavjud emasligini, ushbu sohani tartibga soluvchi amaldagi qonun hujjatlarida davlat mulkiga egalik qilish, jumladan qaysi mulklarni davlatda saqlab qolish, qaysilarini xususiylashtirish bo‘yicha aniq mezonlar belgilanmaganini ta’kidladi.
#DavKadastrPalata #Oliy_majlis

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube