JIZZAX KADASTR
1.58K subscribers
14.4K photos
1.72K videos
5 files
8.19K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
🔹Kadastr atamalari🔹

🔷 Geografik axborot tizimi — geografik obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish, ularni tahlil qilish, saqlash, modellashtirish va aks ettirish uchun, shuningdek kartografiyaga oid axborotdan foydalangan holda umumdavlat ahamiyatiga yoki tarmoq ahamiyatiga molik axborotga va hisob-kitobga doir vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizimdir.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
#Kadastr #infografika

🔰Bugungi kunda Kadastr agentligi tomonidan aholiga ko'rsatiladigan davlat xizmatlaridan asosiylari.

📌Barcha xizmat turlari bilan infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Navoiy viloyatida o'tkazilgan matbuot anjumani "Obyektiv" informatsion dasturi nigohida

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
KORRUPSIYA – TARAQQIYOTGA TAHDID
#Tadbir #Jizzax_kadastr
❇️Kadastr agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi yuristkonsulti Sh.Yaxshiyev, Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi yuristkonsulti A.Nazarov hamda Kadastr agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi kompleans nazorati bosh mutaxassisi E. Kasimovlar tomonidan “Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida tadbir tashkillashtirildi.
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Paxtakor tuman bo‘lim va filial xodimlari bilan birga o‘tkazilgan mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaning davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlarining normal faoliyat yuritishiga salbiy ta’siri, korrupsiyaga qarshi samarali kurash haqida bo‘ldi. Tadbir tashkilotchilari soha xodimlaridan o‘z vazifalariga halol, vijdonan yondoshib, mansab vakolatlarini suiste’mol qilmagan holda faoliyat olib borishlari yana bir bor ta’kidlab o‘tishdi. 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi▫️

💠 Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma’lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

💠 Quyida, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan shu mavzudagi yig‘ilishlar:

🔹Toshkent viloyati
🔹Toshkent shahar
🔹Andijon viloyati
🔹Farg'ona viloyati
🔹Buxoro viloyati
🔹Qoraqalpog'iston Respublikasi
🔹Sirdaryo viloyati
🔹Qashqadaryo viloyati
🔹Jizzax viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
#Savol_javob #Huquqiy_bilim
Savol:
Mahallamizdagi fermer o‘zining fermerlik yeridan uy-joy qurish uchun menga yer ajratib bermoqchi. Uning yeridan olib uy-joy qursam keyinchalik noqonuniy deyishmaydimi?
Javob:
Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalarini fermer rahbari hamda hech qaysi vakolatli organlar tomonidan oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlanishi mumkin emas. Bu O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 16-moddasi va 24-moddalari bilan taqiqlab qo‘yilgan. Mazkur fermerning harakatlari noqonuniy hisoblanadi.

❗️Bugungi kunda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini e-auksion orqali sotib olishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
​​🔰Respublika hududida mavjud sunʼiy baliqchilik havzalarini xatlovdan o‘tkazish natijasi bo‘yicha aniqlangan yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish to‘g‘risida MAʼLUMOT

📝Respublikadagi mavjud 5562 ta (134984,7 gektar) sunʼiy baliqchilik havzalari xatlovdan o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha hududlarda faoliyat yuritayotgan 39 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 204,46 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganlik hamda 303 ta holatda 5,48 gektar yer maydonlariga o‘zboshimchalik bilan imorat qurganlik holatlari aniqlandi.

💠Aniqlangan yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida, 338 ta (1 217 gektar) fermer xo‘jaliklariga ogohlantirilish xatlari yuborildi, 25 ta holatda sudlarga daʼvo arizalari kiritildi. Shuningdek 57 nafar fermer xo‘jaliklari rahbarlariga nisbatan maʼmuriy jarimalar rasmiylashtirildi.

💠Bundan tashqari 18 ta holatda jinoyat alomatlari aniqlanganligi sababli qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborildi.

💠Shuningdek, 1 334 ta (36 146,05 gektar) fermer xo‘jaliklarining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlari belgilangan tartibda Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan 71 nafar fermer xo‘jaliklari rahbarlariga maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, maʼmuriy jarimalar qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#kadastr_radio_Jizzax
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi “Kun mavzusi”eshittirishi orqali “Kadastr sohasida olib borilayotgan yangiliklar, amalga oshirilayotgan loyihalar, kadastr xizmatlarini ko‘rsatishdagi yangi texnologik yechimlar, fuqarolardan kelib tushadigan sohaga doir murojaatlar, muammolar” mavzusiga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
Ochiq muloqotda Kadastr agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi ma`muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i Nurali Mamasiyayev hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi Sarvar Suyunovlar «Jizzax radiokanali» telegramm botiga fuqarolardan kelib tushgan savollarga batafsil javob berishdi. 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
▫️Hududiy yangiliklar▫️

◻️ Bugun, Qashqadaryo viloyati Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida "Karyera kuni" va "Bo'sh ish o'rinlari" yarmarkasi o'tkazildi.

◻️ Qarshida o'tkazilgan bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida uch nafar talaba ishga qabul qilindi.


#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида туризм соҳасини янада ривожлантириш, ички туризм бозорини кенгайтириш, туризм объектларини кўпайтириш ҳамда музейлар фаолиятини такомиллаштириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам дальнейшего развития сферы туризма, расширения внутреннего туристического рынка, увеличения числа объектов туризма и совершенствования деятельности музеев.

Facebook|Instagram|Twitter
▫️Hududiy yangiliklar▫️

◻️ Bugun, Qashqadaryo viloyati Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida "Karyera kuni" va "Bo'sh ish o'rinlari" yarmarkasi o'tkazildi.

◻️ Qarshida o'tkazilgan bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida uch nafar talaba ishga qabul qilindi.


#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Auksion savdolarida mulkga ega bo'ling▫️

🔘 Respublika bo'yicha tadbirkorlik uchun mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarilgan yer uchastkalari bilan tanishing!

Ular bugungi kunga qadar 2159 tani tashkil etmoqda:

📧 Qoraqalpog'iston Respublikasidan 338 ta (ko'rish)
📧 Andijon viloyatidan 399 ta (ko'rish)
📧 Buxoro viloyatidan 418 ta (ko'rish)
📧 Jizzax viloyatidan 99 ta (ko'rish)
📧 Qashqadaryo viloyatidan 54 ta (ko'rish)
📧 Navoiy viloyatidan 4 ta (ko'rish)
📧 Namangan viloyatidan 30 ta (ko'rish)
📧 Samarqand viloyatidan 8 ta (ko'rish)
📧 Surxondaryo viloyatidan 314 ta (ko'rish)
📧 Sirdaryo viloyatidan 70 ta (ko'rish)
📧 Xorazm viloyatidan 224 ta (ko'rish)
📧Farg'ona viloyatidan 201 ta (ko'rish)

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Президент раислигида туризм хизматлари кўламини кенгайтириш ва инфратузилмасини ривожлантириш бўйича видеоселектор йиғилиши бошланди.

Дунёда пандемия чекловлари юмшаётгани натижасида туризм индустрияси тикланишни бошлаётгани қайд этилди.

Жорий йил биринчи чорагида юртимизга хориждан 610 минг нафар ёки ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 2,5 баравар кўп туристлар келди. Май ойида ҳамкор давлатлардан сайёҳларнинг 20 фоизи мамлакатимизга келиши кутилмоқда (илгари бу рақам 2-3 фоиз бўлган).

“Лекин, ҳар бир ҳоким ҳудудимда тарихий обидалар ёки манзарали жойлар кўп, деб хотиржамликка берилмаслиги керак.

Меҳмонхона, музей, транспорт ва йўллар, сервис, овқатланиш жойлари келаётган туристларни қабул қилишга тайёрми? Бунинг учун қайси ҳоким тайёргарлик қилди?”, дея савол қўйди давлатимиз раҳбари.

Президент юртимиз туризм салоҳиятини тўлиқ рўёбга чиқаришга тўсқинлик қилаётган камчиликларни санаб ўтди.

Мисол учун, Қорақалпоғистон, Андижон, Қашқадарёда мавжуд меҳмонхона ўринлари талабга нисбатан анча кам.