JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.5K photos
1.72K videos
5 files
8.2K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
▫️Hududlarda tashkil etilayotgan seminarlar▫️

◻️ Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparat vakillari o‘tayotgan hafta davomida Navoiy, Namangan va Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 71-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida mas'ul tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda uchrashuvlar tashkil qilishdi.

◻️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning tartib qoidalari va ahamiyatli jihatlarini soha vakillariga yetkazish maqsadida tashkillashtirilgan bunday yig‘ilishlar davomida soha vakillari amalga oshirilgan ishlar va bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar haqida ham to'xtalib o'tildi.

#DavKadastrPalata #hududy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24 | Мероприятия, посвящённые Международному Дню Земли
#22apr #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI HAFTA DAVOMIDA

🕖Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 18 – 24 aprel kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
🔺Yurimizdagi aholi soni🔻

🔳 O‘zbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga qancha aholi soni to‘g‘ri keladi?

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga o‘rtacha 78,9 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.

Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,6 kishiga ortgan (2021 yil 1 aprel holatiga 1 kv.km.ga 77,3 kishi).

📊 2022 yilning 1 aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 35 433 772 kishini tashkil etmoqda.

Shahar joylarda – 18 022,1 ming kishi
Qishloq joylarda – 17 411,7 ming kishi

#DavKadastrPalata #aholi_soni #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Savol_javob #Huquqiy_bilim
Savol: Noturar binoyim yonidagi bo’sh turgan yerni ijaraga olmoqchi bo’lsam, auksionga qanday qilib joylashtirsa bo’ladi? Kimga murojaat qilishim kerak?

Javob: O‘zbekiston Resrublikasi Vazirlar Mahkamaining 2022 yil 14 fevraldagi 71-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan "YERELEKTRON" avtomatlashtirilgan axborot tizimida ishga tushirilgan https://yerelektron.uz orqali taklif berishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
▫️Huquqiy bilimlar oshirilmoqda▫️

🔷 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparat xodimlari uchun huquqiy bilimlar soatlari tashkil qilinib kelinmoqda.

🔷 Navbatdagi yig‘ilishda “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 535-son qarorining mazmun va mohiyati yig‘ilganlarga yana bir bor tushuntirildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi
🔰ПРОФИЛАКТИК УЧРАШУВЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
❇️Кадастр агентлиги Жиззах вилоят бошқармаси юристконсульти Ш.Яхшиев, Давлат кадастрлари палатаси Жиззах вилояти бошқармаси юристконсульти А.Назаров ҳамда Кадастр агентлиги Жиззах вилоят бошқармаси комплеанс назорати бош мутахассиси Э. Касимовлар томонидан жорий йилнинг 25 апрель куни “Коррупция – тараққиётга таҳдид” мавзусида тадбир ташкиллаштирилди.
Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатаси Зафаробод туман бўлим ва филиал ходимлари билан бирга ўтказилган мазкур учрашувда коррупцияга қарши курашда соҳада йўл қўйилган биргина хато нафақат уларнинг оиласи, балки ўзи ҳамда ҳамкасблари шаънига доғ бўлиши, ўз вазифаларига виждонан ёндошган ҳолда фаолият юритишлари юзасидан яна бир бор огоҳлантирилди. 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
#Savol_javob #Huquqiy_bilim
Savol: Yerni xususiylashtirish qanday toifidagi yerlarga amal qiladi?
Javob: Avvalo shuni aytishimiz kerak - qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.
Bular:
🔹Yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
🔹Xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk ob'ektlari joylashgan yer uchastkalari;
🔹Bo‘sh turgan yer uchastkalari. 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
#kadastr #yer_nazorati #Jizzax
🔹Kadastr agentligining Jizzax viloyat boshqarmasi hamda Sh.Rashidov tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan tumandagi “Yangi Diyor” MFY hududida noqonuniy egallab olingan yer uchastkalari va o‘zboshimchalik bilan (huquqiy hujjatsiz) qurilgan qurilmalarni aniqlash hamda bartaraf etish yuzasidan izchil choralar ko‘rilmoqda. 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #kadastr_kasbim #reportaj

KADASTR – KASBIM

💠 Topografiya qanday soha?

💠 Sohaning murakkab va qiziqarli tomonlari nimada?

🗼“Radar” uskunasining sohaga nima aloqasi bor?

🚀Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tayyorlangan mahsus reportajda mazkur savollarga javob olasiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Sirdaryo Kadastr
🔷Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

1️⃣ Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:
ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;
2️⃣ Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

Umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
Umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
Umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
Umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
Umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
Umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
Ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.
Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.
❗️Диққат! Оммавий ахборот воситалари ва блогерлар ўртасида “Заковат” турнири ўтказилади

Масс-медиа фонди ҳамда “Заковат” интеллектуал клуби томонидан 3 май — Жаҳон матбуоти эркинлиги куни ҳамда 27 июнь — Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари кунига бағишлаб “Заковат” турнири ташкил этилмоқда.

Турнирда Ўзбекистон Республикасида расман фаолият кўрсатаётган барча оммавий ахборот воситалари жамоаси, шунингдек блогерлардан таркиб топган эркин жамоалар иштирок эта олади.

💰Турнирнинг умумий соврин жамғармаси 200 миллион сўм! Бунда:

1-ўрин — 100 миллион сўм;
2-ўрин — 60 миллион сўм;
3-ўрин — 30 миллион сўм;
4-ўрин — 10 миллион сўм билан мукофотланади.

ℹ️ Ҳар бир ОАВ номидан 1 та жамоа иштирок этиши мумкин ва таркибга киритилган иштирокчилар ушбу ОАВда расмий меҳнат шартномаси билан ишлаётган ходим бўлиши шарт (блогерлар учун бундай талаб йўқ).

👥 Жамоалар таркиби 6 нафар асосий ва 1 нафар захира иштирокчидан иборат бўлади (захира иштирокчи мажбурий эмас). Жамоалар таркибида “Заковат” клубининг профессионал билимдонлари бўлишига рухсат берилмайди.

📩 Турнирда иштирок этиш учун ОАВлар Низомда кўрсатилган ариза намунасини тўлдирган ҳолда, ОАВ раҳбари ёки бош муҳаррирининг имзоси ҳамда ташкилот муҳри билан биргаликда [email protected] электрон почтаси орқали ариза юборишлари лозим. Блогерлар эса www.zakovat.tv/blogerlar манзили орқали ўтиб, махсус анкетани тўлдириб юборишлари лозим.

📆 Аризалар 2022 йилнинг 5 май (шу куни ҳам) кунига қадар қабул қилинади.

🔰 Турнирнинг асосий босқичи “Заковат” интеллектуал ўйини қоидалари асосида, ярим финал ҳамда финал ўйинлари эса брейн-ринг ўйини қоидалари асосида ўтказилади.

📍Турнирнинг ўтказилиш санаси ва жойи қўшимча маълум қилинади.

🌐 Қўшимча маълумот ва турнир Низоми билан www.zakovat.tv сайтида танишишингиз мумкин.

Барча журналист ва блогерларни интеллектуал турниримизга таклиф этамиз!


@zakovat