JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.5K photos
1.73K videos
5 files
8.23K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#bilasizmi #kadastr_xizmati
⚡️Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:
🔹davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi qarori;
🔹meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma;
🔹auksion asosida sotib olinganligi to‘g‘risidagi davlat orderi.
Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.12.2018 yildagi 1060-son. Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati Axborot xizmati. 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
#bilasizmi #qonunchilikda_yangilik #kadastr_xizmati
⚡️Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi faqat elektron shaklda hisobga qo‘yiladi
Hukumat tomonidan 02.04.2022 yilda tasdiqlangan 150-son ma’muriy reglamentga ko‘ra,
🔹Ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk shartnomasini tuzilganidan 3 kundan kechiktirmay soliq organida hisobga qo‘yishi shart.
❗️Shartnomani hisobga qo‘yganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
🔹Ko‘chmas mulk birlamchi ijaraga olgan shaxs tomonidan ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin. Ikkilamchi ijaralar ham soliq organlarida hisobga qo‘yilishi kerak.
🔹Ijaraga beruvchi tomonidan tizim orqali yuborilgan shartnoma ijaraga oluvchi tomonidan 5 kunda tasdiqlanmasa shartnoma soliq organlarida hisobga olinmaydi.
🔹Shartnoma hisobga qo‘yilganda QR-kodli guvohnoma beriladi.
Shartnoma taraflar kelishuviga binoan yoki boshqa tartibda muddatidan oldin bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, ijaraga beruvchi tomonidan onlayn hisobdan chiqariladi. 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ayrim kadastr xizmatlari mobil ilova orqali ishga tushirildi

📲 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mobil ilovasining yangi takomillashtirilgan talqini ishga tushirilgan bo‘lib, mobil ilova orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarni soni 100 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Kadastrga oid quyidagi xizmatlar portalning mobil ilovasida to‘liq ishga tushirildi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestridan ko‘chirmalar olish;

🔹Ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirma berish;

🔹Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish.

👉Mobil ilovani yuklab olish

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Mulkka bo‘lgan taqiqni tasdiqlovchi hujjatlar

Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

🔸binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;

🔸binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;

🔸binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma.

🔸tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;

❗️Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️KADASTR PASPORTINI TAYYoRLASh MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi. 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Ayrim kadastr xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi

📌Kadastr pasportini rasmiylashtirishda:

🔹ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki ob’ektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🔹ko‘chmas mulk ob’ektining bir qismi begonalashtirilganda ob’ektning qolgan qismiga;

🔹rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🔹kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk ob’ekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

📌Ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:

🔹fuqaro familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

🔹tadbirkorlik sub’ekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.
Telegram I Instagram I Facebook
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulk obyektlarining turarjoy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun

💠Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun

BHMning 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turarjoy uchun

💠Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun

BHMning 1,15 foizi

❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 300 000 so‘m bo‘lsa, demak 1 kvadrat metr uchun 3 450 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati #VM_71
⚡️Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday mulk huquqi asosida chiqariladi ?
🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.
🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi. 🇺🇿 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Кadastr pasportini tayyorlash va
kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun

🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turarjoy uchun

🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi
❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 300 000 so‘m bo‘lsa, demak 1 kvadrat metr uchun 3 450 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

🌸Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook
#bilasizmi #kadastr_xizmati

➡️KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🫥umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;

🫥umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;

🫥umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;

🫥umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;

🫥umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;

🫥umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;

🫥ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati

Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

⌨️Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

▪️Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
▪️Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati

⚡️ KADASTRDA YANGI XIZMAT !

🌟 Kadastr sohasiga doir yana bir yangi xizmat, “Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmati my.gov.uz portalida ishga tushirildi.

🖥 Bu esa fuqarolarga onlayn ariza berish orqali ko‘chmas mulkni birlashtirish va birlashtirilishi natijasida hosil bo‘lgan mulkning yangi chegaralari belgilanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma olish imkoniyatini beradi

✔️Ushbu xizmatdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

🕔 Xizmatni ko'rsatish muddati:
13 ish kuni mobaynida

🪙 Xizmat narxi BHMning 1 baravar miqdorida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati

➡️Turar-joy obyektlar kadastr pasportini shakllantirish tartibi

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi;

🪙Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

✉️Ariza beruvchi to‘lovni 1 oy mobaynida amalga oshiradi;

✔️Kadastr agentligi kadastr pasportini shakllantiradi va arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko‘rsatish muddati:
Kadastr pasportini tayyorlash ob‘ektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🟢ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🟢yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM