JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.8K photos
1.76K videos
5 files
8.38K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
▫️Navro‘z bayramida ketma-ket 5 kungacha dam beriladi▫️

📆 “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni bilan 2022 yil 22 va 23 mart kunlari barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan.

Shunga ko‘ra, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar Navro‘z bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam oladi:

🔹19 mart (shanba) — dam olish kuni;
🔹20 mart (yakshanba) — dam olish kuni;
🔹21 mart (dushanba) — Navro‘z bayrami;
🔹 22 mart (seshanba) — qo‘shimcha ishlanmaydigan kun;
🔹23 mart (chorshanba) — qo‘shimcha ishlanmaydigan kun.

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa ketma-ket 4 kun (20–23 mart kunlari) dam oladi.

#DavKadastrPalata #navro_zda #dam_olish_kunlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kadastrda Ko’klam Kayfiyati

🌷Navro‘z – sharqona yangi kun, yangi yil demakdir.

🌗
Navro‘z – kun va tunning tenglashishidir.

💐
Navro‘zda ona tabiat kabi barcha yurtdoshlarimiz qalbida yangilanish, yangi rejalar, xayotga bo‘lgan intilish yanada jo‘sh uradi.

📹
Kadastrda ko'klam kayfiyatini mazkur videoda biz bilan his eting!

#DavKadastrPalata #navro_z #bahor

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🌱Kadastrda Кo‘klam Кayfiyati🌱

🏙 Bugun kun davomida Tashkent cityda ko‘klam kayfiyatini kadastr bilan xis qilish mumkin.

🔷 Bahoriy kayfiyatda saylgohning qaysi joyida bizni shiorlarni uchratsangiz bilingki, kechki shou dasturda sizni kutmoqdamiz!

🔊 Barchani kechki konsert dasturiga chorlab qolamiz. Albatta keling, judayam qiziq bo‘ladi!

#DavKadastrPalata #bahor #navro_z

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🌱Kadastrda Ko‘klam Kayfiyati jonli efirda🌱

⚡️Ayni damda Tashkent сity saylgohida Kadastrda Ko‘klam Kayfiyati shou dasturi boshlandi.

⚡️ Tantanali boshlangan mazkur shou dasturimizni onlayn - Jonli efirda ijtimoiy tarmoqlarimiz oraqli kuzating:

Telegram

Facebook

Instagram

#DavKadastrPalata #live #navro_z

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Online

🌹 "Аssalom, Navroʼz-yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!"

#DavKadastrPalata #bahor #navro_z

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🌱Kadastrda Ko‘klam Kayfiyati jonli efirda🌱

⚡️Ayni damda Tashkent сity saylgohida Kadastrda Ko‘klam Kayfiyati shou dasturi qizg'in davom etmoqda.

Bayram jarayoni haqida "Toshkent" telekanalida jonli efirni kuzating.

#DavKadastrPalata #live #navro_z

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Kadastr so'zi qaysi tildan olingan?

💬 Shu kabi qiziqarli savollarga javob topayotgan topag'on ishtirokchilar sovg'alarga ega bo‘lishmoqda.

#DavKadastrPalata #live #navro_z

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
⚡️ Qiziqarli chiqishlar yig'ilgan tomoshabinlarni yomg'ir boshlangan bo'lishiga qaramay jalb qilishda davom etmoqda.

⚡️ Taasurotlar juda keng. Bizni kuzatishda davom eting...

#DavKadastrPalata #live #navro_z

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Kadastrning dronlar shousi▫️

💠 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi tashabbbusi bilan Navro‘z bayrami munosabati bilan dronlar shousi bu gal Qoraqalpog‘iston Respublikasida uyushtirildi.

💠 Mazkur noan’anaviy tantana Respublikaning uchta tumanida -Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot va Xo‘jaylida o‘tkazildi.

🛸 250 dona dronlar 28×18 metr kenglikda aholiga tomosha ko‘rsatib, yurtdooshlarimizni xayratga solganlarini bir necha ommaviy axborot vositalari keng yoritishdi.

#DavKadastrPalata #navro_z #bahor

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🌱Kadastrda ko‘klam kayfiyati” haqida🌱

🟩 22 mart kuni Tashkent cityda ko‘klam kayfiyatini kadastr bilan his qilgan yurtdoshlarimiz soni 40 mingdan oshdi.

🟩 Kuninng biroz sovuq va yomg‘irli kechganiga qaramay dasturdan o‘rin olgan yulduzlarning chiqishlari va qiziqarli o‘yinlar barchaga alohida kayfiyat bag‘ishladi.

🇺🇿 Buni esa O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Toshkent" telekanali o‘zbek va rus tillarida jonli efirda tomoshabinlar e’tiboriga havola etdi.

#DavKadastrPalata #navro_z #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Jizzax_kadastr #Navro’z_tuhfasi

🎁Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari xodimlari uchun Navro‘z bayrami arafasida zamonaviy ko‘rinishda barpo etilgan qo‘shimcha yangi binoning foydalanishga topshirilgani ajoyib tuhfa bo‘ldi.

🏙Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda hududiy boshqarmalar rahbarlari, tizim xodimlari ishtirok etdi.

🗓Tadbirda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N. Sidikov yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi va kadastr tizimiga berilayotgan e’tibor, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va ularning zimmasiga yuklatilayotgan mas’uliyat xususida alohida to‘xtaldi.

🌸Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr #Navro’z_tuhfasi

🎁Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari xodimlari uchun Navro‘z ayyomi arafasida zamonaviy ko‘rinishda barpo etilgan qo‘shimcha yangi binoning foydalanishga topshirilgani bayramona tuhfa bo‘ldi.

🏢Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N. Sidikov boshchiligida bino ochilishi uchun ramziy bog‘ich qirqilib, tadbir ishtirokchilari bino ichkarisiga taklif etildi.

🏬Ta’kidlash kerakki, ushbu ikki qavatli bino zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, birinchi qavatda buxgalteriya, xo‘jalik bo‘limi, Axborot xizmati, bino-inshootlar va davlat yer kadastrini yuritish hamda umumiy bo‘limlar uchun ish xonalari yangi mebellar, zamon talablariga javob beradigan turli texnik vositalar bilan ta'minlangan. Ikkinchi qavat esa ishchi-xodimlar uchun oshxona vazifasini o‘taydi.

🌸Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook
▪️Hududlarda Navro'z shukuhi▪️

🌷 Go‘zal bahor faslining ramziy bayrami bo‘lmish, Navro‘z bayrami ham yaqinlashib kelmoqda. Milliy umuxalq bayram munosabati bilan yurtimizning har bir nuqtasida bayram sayllari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

🌟 Shu o'rinda, Davlat kadastrlari palatasining quyidagi hududiy boshqarmalarida ham ushbu bayram munosib tarzda o'tkazildi:

🌱 Toshkent shahri
🌱 Jizzax viloyati
🌱 Xorazm viloyati
🌱 Surxondaryo viloyati
🌱 Namangan viloyati
🌱 Toshkent viloyati
🌱 Farg'ona viloyati


#DavKadastrPalata #navro_z_tantanalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
#Jizzax_kadastr #Navro'z_muborak

🌸«Yilning qanday kelishi Navro‘zidan ma’lum», deydi xalqimiz. Kattayu kichikning ko‘ngliga quvonch beruvchi Navro‘z bayrami barchamizga qutlug‘ bo‘lsin!🌸

💐
Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!💐

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr #Navro'z_ilhomi

©️A.Oripov

🌸NAVRO‘Z

Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda
Navro‘z.

Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda
Navro‘z.

Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda
Navro‘z.

Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda
Navro‘z.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook