JIZZAX KADASTR
2.75K subscribers
16.4K photos
1.89K videos
5 files
9.06K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +998722267523

@Jizzax_kadastr_bot
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Kadastr #Jizzax

KORRUPSIYANI BIRGALIKDA YENGAMIZ!

💰 Hurmatli fuqarolar, siz kadastr yo‘nalishida korrupsiyaga duch kelsangiz, bizga xabar bering!

📞 Korrupsiya holatlari haqida ma’lumotlarni ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash xizmatining +998 72-223-73-81 raqamli telefoniga qo‘ng‘iroq qilib xabar qilishingiz mumkin.

✍️MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_xalq_xizmatida 

KADASTR SOHASI VAKILLARI XALQ XIZMATIDA”

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasining hududiy tuman, shahar filiallari mutaxassislari tomonidan "Kadastr aholi manfaatlari yo'lida" tamoyili asosida aholini hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolari joyiga borib o'rganilgan holda hal etib kelinmoqda.

🗣Xususan,🌟Davlat kadastrlari palatasi Mirzacho‘l tumani xodimlari tomonidan "Mahallabay" va "Xonadonbay" o‘rganish ishlari olib borilib xalq roziligi yo'lida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 OAV BIZ HAQIMIZDA

🌟Kadastr agentligida korrupsion huquqbuzarliklar va noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish maqsadida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Prezidentimizning 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son qarori ijrosi doirasida Kadastr agentligiga yuklatilgan funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi hamda joriy yilning may oyida korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi tasdiqlandi.

➡️Batafsil: UzA maqolasida

#Kadastr_agentligi #Komplayens_xizmati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida | Oʻzbekiston Respublikasi O‘RQ–937-sonli Qonuni doirasida amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich ishlar natijalari tanishing:

📊 Qashqadaryo viloyati:

🔹 Jami xatlovdan o‘tkazilgan obyektlar soni – 26 732 ta
🔹 UZKAD tizimiga o‘tkazilgan obyektlar – 17 758 ta
shundan:
▪️ Turar joy obyektlari – 16 796 ta
▪️ Noturar joy obyektlari – 962 ta
🔹 “E’tirof” AATga o‘tganlar – 12 701 ta
🔹 Muhokamada – 9 032 ta

📊 Jizzax viloyati:

🔹 Jami xatlovdan o‘tkazilgan obyektlar soni – 18 644 ta
🔹 UZKAD tizimiga o‘tkazilgan obyektlar – 14 229 ta
shundan:
▪️ Turar joy obyektlari – 13 812 ta
▪️ Noturar joy obyektlari – 417 ta
🔹 “E’tirof” AATga o‘tganlar – 8 735 ta
🔹 Muhokamada – 7 508 ta

📌 Ushbu ko‘rsatkichlar fuqarolarning mulk huquqlarini tan olish va rasmiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.

🕐 Hisobot 2025-yil 27-may holatida.

#Kadastr_agentligi #Etirof #937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_manzillari #Jizzax

🗺 Jizzax viloyatida joylashgan kadastr idoralarining manzillari

📍Arnasoy tumani
📍Baxmal tumani
📍G‘allaorol tumani
📍Sh.Rashidov tumani
📍Do‘stlik tumani
📍Zomin tumani
📍Zarbdor tumani
📍Mirzacho‘l tumani
📍Zafarobod tumani
📍Paxtakor tumani
📍Forish tumani
📍Yangiobod tumani
📍Jizzax shahar

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi bilimlar, kuchli tahlillar va professional o‘sish!

🌟 Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan Jamoatchilik bilan aloqalar xodimlari uchun tashkil etilgan 4 kunlik malaka oshirish seminari o‘z yakuniga yetdi.

😎 Mashg‘ulotlar davomida zamonaviy PR va kommunikatsiya vositalari, davlat axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, inqirozli vaziyatlarda tezkor axborot yetkazish, brend imidji va vizual kommunikatsiyani shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.

Treningda media sohasidagi tajribali ekspertlar va malakali trenerlar, shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas’ullari — G. Nishonova, B. Alimov, I. Nasimova, N. Oripov, J. Aslonov, S. Ismoilov, Q. Nishonov, Sh. Abidovalar ishtirok etib, bevosita mashg‘ulotlar olib bordilar.

🔎 Seminar-treningning yakuniy kunida ishtirokchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi media-markazi faoliyati bilan tanishildi. Mutaxassislarga Milliy gvardiya Axborot xizmati rahbari, polkovnik Dovron Jumanazarov markaz faoliyati bilan tanishtirdi va savollarga batafsil javob berdi.

#Kadastr_agentligi #malaka_oshirish_2025

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligi tizimidagi Jamoatchilik bilan aloqalar xodimlari uchun maxsus o'quv-seminari mashg'ulotlari jarayoni.

#Kadastr_agentligi #malaka_oshirish_2025

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_xalq_xizmatida 

"Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida": muammolar joyida o‘rganilib, hal etilmoqda

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasining tuman, shahar bo‘limlari va filiallari mutaxassislari tomonidan Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida ishlar olib borilmoqda. Ushbu tashabbus doirasida mutaxassislar joylarga chiqib, fuqarolar va tadbirkorlarni qiynab kelayotgan masalalarni bevosita o‘rganmoqda hamda ularni joyida hal etish choralarini ko‘rmoqda.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌍 Yer – milliy boylik. Uni muhofaza qilish – barchamizning burchimiz!

🇺🇿 O‘RQ-1062-sonli Qonun asosida yerlar, yer osti suvlari va sug‘oriladigan maydonlarga oid qoidalar kuchaytirildi.

⭐️ Kadastr agentligi Axborot xizmati tayyorlagan rolikda siz quyidagilarga javob topasiz:

🔹 Noqonuniy quduq qazisangiz nima bo‘ladi?
🔹 Yer to‘lovini kechiktirsangiz, qanday oqibat kutadi?
🔹 Sug‘oriladigan yerlarni boshqa maqsadga o‘tkazish mumkinmi?
🔹 Qanday holatlarda 5 barobar ko‘p soliq to‘laysiz?

#Kadastr_agentligi #O_RQ_1062_Qonun

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇦🇿Ozarbayjon delegatsiyasi bilan 🌟Kadastr agentligida o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi va 🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi idoralararo hamkorlikni mustahkamlash, kadastr va mol-mulkni ro‘yxatga olish sohalarida tajriba almashish maqsadida Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Mulk masalalari davlat xizmati delegatsiyasi Kadastr agentligiga keldi.

➡️ 2-iyun kuni delegatsiya a’zolari 🌟Kadastr agentligida bo‘lib, Agentlik faoliyati, axborot tizimlari, xususan, Yer-nazorat axborot tizimi bilan tanishtirildi. Shuningdek, mehmonlarga Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

😎 Ozarbayjon tomoni ham o‘z navbatida Mulk masalalari davlat xizmatining tashkil etilishi, funksiyalari va axborot infratuzilmasi haqida ma’lumot berib, o‘z tajribasini ulashdi.

🟪 Delegatsiya a'zolariga kadastr, ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, yer va mulk munosabatlariga dour axborot tizimlari imkoniyatlari "Geoinfokom" DM tashkiloti tomonidan tanishtirildi.

➡️ 3-iyun kuni delegatsiya Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mehmonlarga ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, kadastr xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari, ularning huquqiy va texnik asoslari, hamda zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ish tizimi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

📍Shuningdek, delegatsiya Chilonzor tumanidagi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurib, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, mijozlarga qulayliklar yaratish va avtomatlashtirilgan jarayonlar bilan tanishdi.

Mazkur tashrif doirasida tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, raqamli kadastr, ko'chmas mulkni ro‘yxatga olish tizimlarida ilg‘or tajriba almashinuvini davom ettirishlikka kelishib oldilar.

#Kadastr_agentligi #Xalqaro_hamkorlik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM