JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.5K photos
1.72K videos
5 files
8.2K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Eslatma
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish «E-IJRO AUKSION» yagona savdo maydonchasida electron auksionlar o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.
https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
#Eslatma #Huquqiy_bilim

🔰Kadastr pasportini yangilash zarurati yuzaga kelganda, yangi tashkil qilingan (rekonstruksiya qilingan) ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkaziladi va ularning narxi mazkur Nizomga muvofiq belgilanadi.
❇️ Yangi obyektga kadastr pasportini rasmiylashtirishda faqat kadastr pasportini shakllantirish va geokod berish uchun haq undiriladi.
❇️ I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.
❇️ Ushbu ilovaga muvofiq belgilangan davlat xizmatlari uchun jismoniy shaxslarga hisoblangan haq miqdorlariga quyidagi kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi:
tumanlarda (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar, tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar va tuman markazi hisoblangan shaharchalar bundan mustasno) — 0,9;
borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarda — 0,8.
❇️ “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq dehqon xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

📌 Asos Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori! Ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг👇🏼
Telegram I Instagram I Facebook
#Eslatma
🔹O'zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to'g'risida”gi kodeksining 68prim 1-moddasiga asosan “Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiruvchi organga (Davlat kadastrlari palati, hududiy boshqarmalari, tuman shahar filiallariga) yer uchastkasiga bo'lgan huquqni ro'yxatdan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik” fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar yuqoridagilardan kelib chiqib ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni o'z vaqtida davlat ro'yxatidan o'tkazishingizni so'raymiz.
🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 🇺🇿Telegram I Instagram I Facebook
#Eslatma #Huquqiy_bilim
🔹O'zbekiston Respublikasining uy-joy kodeksi 19-moddasi(https://lex.uz/acts/106136)ga asosan Davlat tomonidan qanday holatlarda tekinga uy-joy beriladi
Turar joylari avariya holatida ekanligi yoki tabiiy ofatdan zarar ko‘rganligi belgilangan tartibda tan olingan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tekinga uy-joy beriladi. 🏢Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati axborot xizmati. 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 🇺🇿Telegram I Instagram I Facebook
#Eslatma
Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi:
1️⃣ Kadastr pasportini rasmiylashtirishda:
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;
Rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan); 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
#Eslatma #VMQ-535

Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari:

‼️ Turar joy bo‘yicha:
🏢 Ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🏡 Yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

‼️ Noturar joy bo'yicha:
🔹Umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
🔹100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
🔹1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
🔹5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
🔹15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
🔹50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha.

♦️ Ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 👉Telegram I Instagram I Facebook