JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.3K photos
1.7K videos
5 files
8.13K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#tadbir_2020
Ayni damda Davyergeodezkadastr qo’mitasi tasarrufidagi hududiy Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari va tizimdagi tashkilotlar rahbarlari uchun boshqaruv mahoratini oshirishga qaratilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari boshlandi.
Mazkur malaka oshirish kurslari qo‘mita raisi Abdullayev Abdushukur Xamidovichning "Sohaga oid normativ huquqiy xujjatlar bazasi ularning mutanosobligi" mavzusidan boshlandi.
Forwarded from Kadastr - Live
#tadbir_2020

Sohaning barcha tashkilotlari va korxonalari rahbarlari uchun mo‘ljallangan treningning ikkinchi kuni boshlandi.
Ayni damda rahbarlarga Bosh prokuratura yetakchi mutaxassislari tomonidan "Ma`muriy va jinoiy javobgarlik to`g`risidagi Kodeks, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha bugungi kunda olib borilayotgan ishlar" mavzusida taqdimot o`tkazilmoqda.

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr_Jizzax
#Tadbir
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalarining O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan “21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, “Ona tili – millat ma`naviyatining mustahkam poydevoridir’’ mavzusida ma’naviy-ma’rifiy
tadbir (ma'ruza suhbat) tashkil etildi.
Tadbirga “Ma`rifat” targ'ibotchilar jamiyati a`zosi, Jizzax davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori ( PhD), dotsent E.Nasrullayev hamda filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Sh.Siddiqovalar ishtirok etishib, ona tilimizning nufuzi, badiiy adabiyotning ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati haqida ma’lumotlar berdilar.

https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
#Tadbir
#Kadastr
#Jizzax
Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлигининг комплаенс назорати хизмати раҳбари Б.Шомансуров ҳамда Давлат кадастрлари палатасининг Жиззах вилояти бошқармаси бошлиғи Н.Сидиковлар иштирокида ижро интизоми ҳамда коррупцияга қарши курашиш ва унинг олдини олиш масалаларига бағишланган йиғилиш бўлиб ўтди.
Бўлиб ўтган маазкур йиғилишда Давлат кадастрлари палатаси Жиззах вилояти бошқармаси ходимлари иштирок этди.
Йиғилишда тизимда ишловчи ходимларнинг одоб-ахлоқи, сўзлашиш маданияти, уларнинг фуқаролар билан муносабати ҳамда ижро интизоми тўғрисида, шунингдек коррупцияга қарши курашиш ва унинг олдини олиш, коррупциянинг салбий оқибатлари, бунга имкон берувчи сабаблар атрофлича муҳокама қилинди. 🇺🇿Telegram I Instagram I Facebook
KORRUPSIYA – TARAQQIYOTGA TAHDID
#Tadbir #Jizzax_kadastr
❇️Kadastr agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi yuristkonsulti Sh.Yaxshiyev, Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi yuristkonsulti A.Nazarov hamda Kadastr agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi kompleans nazorati bosh mutaxassisi E. Kasimovlar tomonidan “Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida tadbir tashkillashtirildi.
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Paxtakor tuman bo‘lim va filial xodimlari bilan birga o‘tkazilgan mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaning davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlarining normal faoliyat yuritishiga salbiy ta’siri, korrupsiyaga qarshi samarali kurash haqida bo‘ldi. Tadbir tashkilotchilari soha xodimlaridan o‘z vazifalariga halol, vijdonan yondoshib, mansab vakolatlarini suiste’mol qilmagan holda faoliyat olib borishlari yana bir bor ta’kidlab o‘tishdi. 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
#Tadbir
#Kadastr
#Jizzax
Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Sidikov ishtirokida boshqarma xodimlari uchun ijro intizomi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tizimda ishlovchi xodimlarning odob-axloqi, so‘zlashish va kiyinish madaniyati, ularning fuqarolar bilan munosabati hamda ijro intizomi to‘g‘risida fikr-mulohazalar yuritildi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tadbir #Jizzax_kadastr
#Korrupsiyani_birgalikda_yengamiz
🎥
Bugungi kunda korrupsiya muammosiga Jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Jizzax shahar bo'lim va filialida o'tkazilgan profilaktik
tadbir ham aynan korrupsiya mavzusiga bag'ishlandi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr
#Tadbir
So‘nggi yillarda yer uchastkalaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, ularni muhofaza qilish, yangi yerlarni o‘zlashtirish hamda qayta muomalaga kiritish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Kadastr agentigi Jizzax viloyat boshqarmasi xodimlari, tuman (shahar) bo‘limi rahbarlari ishtirokida yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish tashkil etildi.
Tadbirda viloyat prokuraturasi mas’ul xodimi N. Ja’farov hamda Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sh.Qo‘qonboyev ishtirok etishib, hududlarda yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, jumladan noqonuniy qurilmalar qurish, shuningdek, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari uchrayotganligi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
#Tadbir
#Kadastr
#Jizzax
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari A.Yunusov hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Sidikovlar boshchiligida majlislar zalida yig‘ilish o‘tkazildi.
Bo‘lib o‘tgan mazkur yig‘ilish “UZKAD” dasturida kiritilayotgan arxiv hujjatlari, zaxiraga olingan yerlarning aniq hisobini olish, auksionga chiqariladigan yer maydonlari, “UZKAD” dasturida egasi aniqlanmagan yerlar kabi masalalarga bag‘ishlandi. 🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram I Instagram I Facebook
🔹Hududlarda o'quv seminarlar🔹

💠Davlatimiz rahbarining 2 million 600 ming xonadonlarning kadastr hujjatlarini tayyorlash bo'yicha topshirig'i hamda Davlat kadastrlari palatasi raisining tegishli buyrug'iga asosan, Markaziy apparat mutasaddilari tomonidan hududiy boshqarmalarda o'quv seminarlar tashkil etildi.

💠Seminarlarda ko'chmas mulk obyektlarini xatlovdan o'tkazish, kadastr hujjati bo‘lmagan xonadonlarning elektron ro‘yxatini shakllantirish, ularni UzKAD tizimiga kiritish va shu shu yo'nalishdagi barcha vazifalar atroflicha tushuntirildi.

▫️Mazkur o'quv seminarlar:

⚡️Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari A.Yunusov;
⚡️Navoiy va Buxoro viloyatlarida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari R.Nishonov;
⚡️Surxondaryo viloyatida Davlat kadastrlari palatasi bosh mutaxassisi A.Qalandarov;
⚡️Farg'ona viloyatida Davlat kadastrlari palatasi "Ko‘chmas mulk boshqarmasi"ning davlat yer kadastrini yuritish bo‘limi mutaxassisi A.Akbarov;
⚡️Samarqand viloyatida Davlat kadastrlari palatasi bosh mutaxassisi K.B.Rahmonov;
⚡️Qoraqalpog'iston Respublikasida Davlat kadastrlari palatasi yetakchi mutaxassisi M.Shahramov;
⚡️Andijon viloyatida Davlat kadastrlari palatasi bosh mutaxassisi B.Ibragimovlar boshchiligida bo'lib o'tdi.


#DavKadastrPalata #hududlarda_seminar #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Tadbir #Jizzax_kadastr

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Sidikov boshchiligida boshqarma xodimlari uchun kengaytirilgan yig‘ilish bo‘ldi.
Yig‘ilishda tizimda ishlovchi xodimlarning odob-axloqi, so‘zlashish madaniyati, ularning fuqarolar bilan munosabati hamda ijro intizomi to‘g‘risida, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, korrupsiyaning salbiy oqibatlari bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr #Tadbir 🔹 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida «Mutafakkirlarimiz Alisher Navoiy va Zahriddin Muhammad Boburning adabiy merosi dunyo olimlari nigohida» nomli ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
🔹Tadbirda Jizzax davlat pedagogika universiteti xorijiy tillar fakul`teti ingliz tili amaliy kursi kafedrasi dotsentlari O. Xolmurodova, G. G’aniyeva , o’qituvchilar Z. Alibekova, N. Uralova hamda F. Safarovalar ishtirok etishdi. 👇Xabardor boʼlish uchun:👇 Telegram I Instagram I Facebook
#Tadbir
#Kadastr
#Jizzax

Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i N.Sidikov ishtirokida tanqidiy tahliliy yig'ilish o'tkazildi.
Unda boshqarma xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurash va uning oqibatlari, tashkilotning ichki tartib-qoidalariga rioya etish, jamoa o‘rtasida va fuqarolar bilan ishlash vaqtida o‘zini va o’zganing haq-huquqlarini hurmat qilish, ish jarayonida xushmuomalalik qilish kerakligi to‘g‘risida fikr yuritildi.
Faoliyati davomida qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga ta'sirchan choralar ko'rish yuzasidan mas'ullarga topshiriq berildi.

🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr
#Tadbir

➡️So‘nggi yillarda yer uchastkalaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, ularni muhofaza qilish, yangi yerlarni o‘zlashtirish hamda qayta muomalaga kiritish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🌟Kadastr agentigi Jizzax viloyat boshqarmasi xodimlari, tuman (shahar) bo‘limi rahbarlari ishtirokida (ZOOM platformasi orqali) yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish tashkil etildi.

▪️Tadbirda 🌟Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Sidikov, 👍Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i S. Kodirkulov hamda viloyat prokuraturasi mas’ul xodimi N. Ja’farov ishtirok etishib, hududlarda yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, jumladan, noqonuniy qurilmalar qurish, shuningdek, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari uchrayotganligi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM