JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.3K photos
1.71K videos
5 files
8.13K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
▫️Nomsiz ko'chalar qolmaydi▫️

🔷 "Geografik obyektlar nomlarini to‘g‘ri shakllantirish va ularni davlat reyestriga kiritish" yuzasidan joylarda amaliy seminarlar tashkil etilmoqda:

▫️ Sirdaryo viloyati
▫️ Toshkent viloyati
▫️ Navoiy viloyati

🔷 Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ham keng yoritilmoqda.

#DavKadastrPalata #nomsiz_ko_chalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Kadastr #Aerogeodeziya #Toponimika #Seminar

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida" gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi "Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" gi 1010-son qaroriga muvofiq, Geografik obyektlarning nomlari Davlat reyestri bazasi hamda koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri yuritilishini yanada jadallashtirishni tashkil qilish maqsadida Kadastr agentligi, Respublika aerogeodeziya markazi hamda Davlat Kadastrlar palatasi mutaxassislaridan tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlarida sohadagi kamchiliklarni toʻliq bartaraf etish yuzasidan oʻquv-seminar shaklida amaliy yordam ishlari amalga oshirildi.

🗓Ishchi guruhlarning xizmat safari davom etmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#kadastr #topograf #seminar
TOPOGRAFLAR SEMINARI

🔰 Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasida Topografik va kartografik xaritalarini tayyorlash sektori bosh mutaxassislari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
🔰 Shuningdek, GNSS qabul qiluvchilari va elektron taxeometrlardan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi. 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
Forwarded from Sirdaryo Kadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Toshkentda Kadastr agentligining viloyat boshqarmalarida faoliyat olib borayotgan matbuot xizmati xodimlari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔹Xususiylashtirish jarayonlariga oid qaror muhokamasi🔹

◽️
Vazirlar Mahkamasining "Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida» gi 71-son qarori yuzasidan Respublikamizning barcha viloyat boshqarmalarida seminarlar tashkil qilish rejalashtirilgan.

Ayni kungacha Davlat kadastrlari palatasining Buxoro va Qashqadaryo viloyati boshqarmalarida Yerlarni auksionga chiqarish bo'limi mutaxassislari tomonidan amaliy o'quv seminarlari tashkil etildi.

⚡️Hududlarda davom etadigan Jarayonlar haqida yana ma'lumot beramiz.

#DavKadastrPalata #VMQ_71 #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #Aerogeodeziya #Toponimika #Seminar

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida" gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi "Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" gi 1010-son qaroriga muvofiq, geografik obyektlarning nomlari Davlat reyestri bazasi hamda koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri yuritilishini yanada jadallashtirishni tashkil qilish maqsadida Kadastr agentligi, Respublika aerogeodeziya markazi hamda Davlat Kadastrlar palatasi mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti  xodimi Uchqun Maxmudovraisligida D.Xudoyberdiev, D.Qodirov, hamda viloyat hokimi maslahatchisi B.Mavlonovlar ishtirokida seminar trening bo'lib o'tdi. Telegram I Instagram I Facebook
#seminar #UzKad
⚡️«UzKad» platformasiga kirtillayotgan yer maydonlari tahlili

Bugun Davlat kadastrlari palatasi bo‘limi boshlig‘i F.Niyozov boshchiligida ZOOM platformasi orqali (hududiy boshqarma mas’ullari va filial rahbarlari ishtirokida) «UzKad» dasturiga yerlarni hisobga olish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha seminar yig‘ilish bo’lib o’tdi.

Seminarda davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha amaldagi qonun ва qarorlar asosida ish tashkil etish vа yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma ва topshiriqlar berildi.

🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr #qonun_va_ijro #seminar

📁ELЕKTRON HUJJAT ALMASHUV TIZIMIDAN SAMARALI FOYDALANISH AFZALLIKLARI

🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi majlislar zalida tuman (shahar) filial rahbarlari hamda xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi 445-sonli Qonuni ijrosi bo‘yicha “Elektron hujjat almashuv tizimidan samarali foydalanishni tashkil etish va sohaga oid qonun, qonunosti hujjatlar talablari asosida ish yuritish” mavzusida seminar tashkil etildi.

◼️Seminar avvalida “Murojaatlar bilan ishlash” sho‘basi boshlig‘i A.Gulboyev "Ijro intizomi, yuridik va jismoniy shaxslarning murojjaatlarini o‘rganishda qonun talablariga rioya qilish, elektron hujjat almashish tizimidan to‘liq foydalanish" mavzusida ma'ruza qilib, yig'ilganlarga batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i J.Toshpo‘latov "Kadastr yig‘ma jildini shakllantirish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha idoraviy hujjatlarni yuritish tartibi" mavzusida so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

◾️Bundan tashqari, ma'ruzachilar “Yerlarni auksionga chiqarish” sho‘basi boshlig‘i I.Mustafoyev “Yer uchastkalarini auksionga chiqarish uchun bajariladigan ish turlari”, “Davlat yer kadastrini yuritish” sho‘basi boshlig‘i A. Qodirov esa “Yer uchastkalarini “UzKad” dasturiga kiritish tartibi” mavzulari yuzasidan yig‘ilganlarga batafsil ma’lumotlar berishdi.

◾️Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #korrupsiyaga_qarsgi_kurash

🔷Maqsad: korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuviga chek qo‘yish

🔹Korrupsiya davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir.

🔹Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari majlislar zalida tuman (shahar) bo‘lim va filial xodimlari uchun (ZOOM platformasi orqali) “Maqsad: korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuviga chek qo‘yish” mavzusida seminar tashkil etildi.

🔹Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N. Sidikov, Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i S.Kodirqulov hamda Jizzax viloyati IIB TQX JQB xodimi A. Musurmonqulovlar ishtirok etgan seminarda har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishi, vazifasini suiste’mol qilmasligi yana bir bor uqtirildi. Shuningdek, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida qonunchilikdagi yangiliklar, korrupsiyaga doir huquqiy me’yoriy hujjatlar, sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar atroflicha tushuntirildi.

🔹Tizim xodimlarini o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan, halol va vijdonan yondashishi, xizmat faoliyati davomida qonun talablariga rioya qilishi, ularni poraxo‘rlik va korrupsiyaning ayanchli oqibatlaridan xabardor etish maqsadida o‘tkazilgan uchrashuv so‘nggida ogohlikka chorlovchi maxsus videoroliklar ham namoyish etildi. Shuning bilan birga sohada firibgarlik va tamagirlik omillarni butunlay yo‘qotish, har bir xodimda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida viloyatimizning har bir tuman (shahar) hududiy bo‘lim va filiallarida ham profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilib olindi. Shuningdek, haftaninig har juma kuni bajarilgan ish hajmi, ko'rsatkichlar yuzasidan yig'ilish o'tkazilishi ham kelishib olindi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_Kadastr #Seminar

👍Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari va ularning tuman (shahar) filiallarida geodeziya va kartografiya faoliyati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish hamda mutaxassislarni geodezik o‘lchov vositalaridan samarali foydalanishlari uchun o‘quv seminarlar tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan reja-grafik doirasida 👍Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasida davra suhbati hamda o‘quv amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
💬Seminar davomida yig‘ilgan mutaxassislarga yangi texnologiyalar bo‘yicha tegishlicha maʼlumotlar berib o‘tildi. Shuningdek mashg‘ulotlar davomida mutaxassislar qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM