JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.4K photos
1.71K videos
5 files
8.15K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #agentlik #komlaens #antikorrupsiya

Бир неча кун аввал Кадастр агентлиги коррупцияга қарши курашиш ва “Комплаенс-назорат” бўлими вакант лавозимларига танловнинг кейинги босқичи бошлангани ҳақида хабар берган эдик.

Унга кўра республикамизнинг барча вилоятидаги номзодлар тест синовидан ўтказилдилар.

📝 Жами 102 та талабгордан тест олинди.


Тез кунларда тест натижалари тўғрисида қўшимча ахборот берамиз.

Telegram Instagram YouTube Facebook
​​#Kadastr #agentlik #xisobot

Yer va kadastr nazorati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 8 oyi davomida yer va kadastr nazorati yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha:

🔴 Agentlikning yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan xatlov ishlari natijasida respublika bo‘yicha jami 13 551 ta holatda 2 332,7 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

Jumladan, 7 323 ta (646,2 gektar) holatda uy-joy qurish, 3 655 ta (246 gektar) holatda noturar joy qurish, 1 820 ta (663,7 gektar) holatda tomorqa sifatida foydalanish, 59 ta (269,1 gektar) holatda baliq hovuzlarini qurish, 121 ta (13,9 gektar) holatda tuproq karyer qilish hamda 573 ta (493,7 gektar) holatda boshqa maqsadlarda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan.

🔷Aniqlangan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar ko‘rish maqsadida:

🔸12 167 ta yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan, 2 128 tasi (560,3 gektar) bartaraf etildi;

🔸yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman (shahar) hokimliklariga 7 962 ta (1 349,2 gektar) taqdimnomalar kiritildi,
🔸1 712 ta holatda sudlarga kiritilgan daʼvo arizalariga asosan 168 ta (15,7 gektar) holatda sudning hal qiluv qarori (noqonuniy qurilmalarni buzish bo‘yicha) qabul qilindi, 894 ta (127,7 gektar) holat bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda;

🔸huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun 4 754 ta (1 013,3 gektar) holat yuzasidan prokuratura organlariga maʼlumotlar taqdim etilib, hozirgi kunda bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

🔴Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganlik uchun qo‘llanilgan jarimalar.

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaslik bo‘yicha jami 2 629 007 ta holat aniqlanib, shundan 23 584 ta jismoniy shaxslarga nisbatan 💵5,9 mlrd so‘mlik maʼmuriy jarima qo‘llanilib, 💵3,6 mlrd.so‘mi undirilgan (qo‘llanilgan jarimalarning 2,3 mlrd so‘mi undirilmagan).

💰Jumladan, Qorqalpog‘iston Respublikasida 776,9 mln.dan 513,7 mln. (66 %), Andijonda 377,3 mln.dan 210,4 mln. (56 %), Buxoroda 219 mln.dan 128 mln. (59 %), Jizzaxda 174,4 mln.dan 83 mln. (48 %), Qashqadaryoda 308 mln.dan 229 mln. (74 %), Navoiyda 322 mln.dan 178 mln. (55 %), Namanganda 1 065 mln.dan 744 mln. (70 %), Samarqandda 198,2 mln.dan 110 mln. (55 %), Surxondaryoda 287,2 mln.dan 155 mln. (54 %), Sirdaryoda 86,5 mln.dan 38 mln. (44 %), Toshkentda 260,2 mln.dan 142,4 mln. (55 %), Farg‘onada 776,2 mln.dan 335,4 mln. (43 %), Xorazmda 1 030,6 mln.dan 767 mln. (74 %) jarimalar undirilgan.

Joylarda aniqlangan qonun buzilish holatlarini o‘z vaqtida aniqlashdan bartaraf etishgacha bo‘lgan choralarni ko‘rib borish ishlari tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Ихтисослаштирилган мактаблар фаолиятини такомиллаштириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Нукус шаҳри ва вилоят марказларида иккитадан, туман ва шаҳарларда биттадан мактаб Президент таълим муассасалари агентлиги тизимига ўтказилиши белгиланди.
Ишчи гуруҳ тузиб, ҳудудлардаги шароитларни ўрганиш, танланган мактабларни янги стандартлар асосида ўқув йилига тайёрлаш юзасидан кўрсатмалар берилди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам совершенствования деятельности специализированных школ.
Определено, что по две такие школы в городе Нукусе и областных центрах, по одной в районах и городах будут переведены в ведение Агентства Президентских образовательных учреждений.
Даны указания по созданию рабочей группы, изучению условий в регионах и подготовке отобранных школ к новому учебному году на основе новых стандартов.

#Mirziyoyev #videoselektor #maktabtalimi #agentlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter