JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.3K photos
1.71K videos
5 files
8.14K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlardagi xatlov jarayonlarining shaffof o'tishi DKP rahbariyati nazoratida


🌟 Xabaringiz bor, joriy yilning 8-noyabridan boshlab O'RQ-937-sonli Qonunga muvofiq tasdiqlangan reja-jadval asosida Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari hamda tuman-shahar filiallari xodimlari tomonidan ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Xatlov jarayonlarining to'g'ri, xolisona bajarilayotgani va mutaxassislar faoliyati rahbariyat hamda mas'ul xodimlar tomonidan bevosita ishtirok etgan holda o'rganilib, tahlil qilinib, nazorat qilib borilmoqda. Shuningdek fuqarolarga Qonunning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar berilmoqda.

▫️Farg'ona viloyati 1, 2
▫️Xorazm viloyati 1, 2
▫️Jizzax viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Toshkent viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Toshkent shahri
▫️Andijon viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Navoiy viloyati

➡️▶️ Hududlardagi xatlovlarning eng qizg'in jarayonlarini video ko'rinishida yoritib boramiz. Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatishda davom eting!

#DavKadastrPalata #xatlov2024

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlovlarning adolatli va to'g'ri bajarilishi ta'minlanmoqda

🌟Davlat kadastrlari palatasi hamda hududiy boshqarmalarning Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi mas'ullari tomonidan joylarda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun asosida amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlari nazoratdan o'tkazilmoqda.

◼️Tadbirlar davomida xodimlarning xonadonlarni inventarizatsiyadan o'tkazish ishlari ko'zdan kechirilib, belgilangan vazifalarini xolisona yondashgan holda, sidqidildan bajarayotganliklari tekshirilib, xatlovlarda korrupsion holatlarga yo'l qo'ymasliklari to'g'risida qat'iy ko'rsatmalar berilmoqda.

◼️Shuningdek, fuqarolarga muhandislarning firibgarlik, manfaatlar to'qnashuvi, poraxo'rlik kabi harakatlariga duch kelganlarida rahbariyat va tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkinligi to'g'risida tushunchalar berilmoqda.
▫️Toshkent viloyati
▫️Toshkent shahri
▫️Buxoro viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Farg'ona viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Xorazm viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Navoiy viloyati

#DavKadastrPalata #xatlov2024 #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilishi munosabati bilan 2024-yil 25-30 noyabr kunlari Kadastr agentligining “Ko‘chmas mulk-3” tizimi ishlashida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma'lum qilamiz.

◼️ Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

#DavKadastrPalata #profilaktika #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqlar e'tirof etilayotgani OAV nigohida


🇺🇿O'zbekiston Respublikasining “Ozboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida”gi Qonuni mazmuni, huquqlarni e'tirof etish asoslari, bir martalik to'lov miqdorlari va boshqa muhim jihatlar haqida Kadastr tizimi vakillari "O'zbekiston 24" telekanalining "Maxsus reportaj" dasturida batafsil ma'lumotlar berdilar.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'RQ-937-sonli Qonunga ko'ra ijara huquqi e'tirof etilgan yer uchastkasini xususiylashtirish qanday amalga oshiriladi?

📃 Yer uchastkasiga bo‘'lgan ijara huquqi "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi Qonunga muvofiq e'tirof etilib, unga bo'lgan huquq belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin mazkur yer uchastkasi qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda va asoslarda xususiylashtirilishi mumkin.

◾️Asos: 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Subsidiya olish uchun ijtimoiy mezonlar baholanadi

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 749-sonli 11.11.2024-yildagi qarori bilan ipoteka subsidiyalari olish uchun arizalarni baholash mezonlari o'zgardi.

◼️Unga ko'ra, endilikda ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi subsidiya.idm.uz maxsus platformasida tekshiriladi va ijtimoiy mezonlar asosida baholanadi.

⭐️🌟Xususan, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi tomonidan ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi mezoni o'rganiladi va baholanadi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Nizolarni sudgacha hal qilish imkoni bor

🇺🇿 Hukumat qarori bilan, 2023 yilning 29-avgust kuni Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

▶️Mulkingizni ro'yxatdan o'tkazishda muammolarga duch kelsangiz, uni qay tartibda hal etish haqida batafsil mazkur videorolik orqali ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi 937-son Qonuniga asosan bir qancha yoʻnalishlarda huquqlar eʼtirof etilishi uchun koʻrib chiqiladi.

▶️ Batafsil videoda👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌿 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida

🌳 Yurtimizda egologik muhitni yanada yaxshilash maqsadida prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” loyihasi asosida mamlakatimiz bo'ylab bir qancha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

⚡️ Bunga misol, bugun Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparati xodimlari ishtirokida, loyiha doirasida “Kadastrchilar bogʻi” yaratish maqsadida daraxt ekish ishlari tashkillashtirildi. Deyarli har bir xodim oʻzi kelajakka umid, niyat qilib yerga koʻchat oʻtqazdi. Bu xayrli ishlar esa butun respublika kadastrchilari oʻrtasida ham yoyilgani quvonarlidir.

⭐️🌟 Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi mazkur loyihada joriy yilning kuz mavsumida respublika miqyosida jami 10 587 tup mevali va manzarali daraxtlar, butalar ko'chatlari hamda qalamchalarini ekish orqali faol ishtirok etishni maqsad qilingan bo'lsa, bugungi kunga qadar rejadan oshib 110 foiz ishlar allaqachon o'z yakuniga yetkazilgan:

▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Andijon viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Toshkent shahri
▫️Surxondaryo viloyati

#DavKadastrPalata #yashil_makon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qomusimiz huquqlarimiz kafolati


🇺🇿 Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.

🇺🇿 Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

🇺🇿 Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.

🇺🇿 Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.
⬇️
Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.


📖 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-modda

#DavKadastrPalata #Konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM