JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.5K photos
1.72K videos
5 files
8.2K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax_kadastr
#Qonun_va_targ'ibot

Tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilindi


Qarorga ko‘ra, 2024-yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo'lgan 8 turdagi hisobot va statistik ma’lumotlar bekor qilinadi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot
va statistik ma'lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

2026-yil 1-yanvargacha “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish
va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.

Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
• 2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – ixtiyoriy;
• 2027-yil 1-yanvardan kichik
va o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun – majburiy;
• 2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – majburiy.


Manba: PQ–8-son, 09.01.2024-y.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM