JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.3K photos
1.71K videos
5 files
8.13K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
​​#Kadastr #milliy_geoaxborot

🔰Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasiga muvofiq Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibi belgilab qo‘yilgan. Unga ko'ra tizimiga kiruvchi "BINO VA INSHOOTLAR DAVLAT KADASTRI" Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan yuritiladi.


🏘 BINO VA INSHOOTLAR DAVLAT KADASTRI (Hududlar kesimida)

🔹 Bino va inshootlardan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishni;

🔹 Mulk egalarining va obyektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini;

🔹 Shuningdek binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini taʼminlash uchun yuritiladi.

2021-yil 1-avgust holatiga

🏠 Jami obyektlar soni: 7 909 851 ta

📲 Davlat kadastrlariga kiritilganlar soni 6 416 744 ta, 81,1 % ni tashkil qiladi.

Shundan, Andijon viloyati Bino va inshootlar davlat kadastri umumiy obyektlar soni 680 057 tadan 576 699 tasi DKYATga kiritilgan bo‘lib, 84,8 % ni tashkil qiladi.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyundagi *“Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”*gi VM-389-sonli qarori.

Telegram Instagram YouTube Facebook
​​#Kadastr #milliy_geoaxborot

Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiruvchi quyidagi O‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yuritadi. Fanlar akademiyasi o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri yuritilishini ilmiy jihatdan ta’minlaydi.

O‘SIMLIK DUNYOSI OBYEKTLARINING DAVLAT KADASTRI

🔹 o‘simlik dunyosi obyektlarining son va sifat holatini aniqlash;
🔹 o‘simlik dunyosi obyektlarini iqtisodiy baholash;
🔹 o‘simlik dunyosi obyektlaridan xo‘jalikda foydalanish hajmlarini aniqlash;
🔹 davlat organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga o‘simlik dunyosi obyektlarining holati va ular o‘sadigan muhit to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar taqdim etish;
🔹 o‘simlik dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan oqilona, barqaror foydalanish, himoya qilish, qayta ko‘paytirish va tiklash hamda ularning biologik xilma-xilligini saqlash;
🔹 o‘simlik dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan foydalanish, himoya qilish, qayta ko‘paytirish va tiklash talablariga rioya etilishini ta’minlash uchun yuritiladi.

Jami obyektlar soni: 598 tur
Shundan, DKYATga kiritilgan obyektlar soni: 598 tur, 100 % ni tashkil qiladi.

2021-yil 1-sentabr holatiga

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
​​#Kadastr #milliy_geoaxborot

Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiruvchi quyidagi Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yuritadi. Fanlar akademiyasi hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri yuritilishini ilmiy jihatdan ta’minlaydi.

HAYVONOT DUNYOSI OBYEKTLARINING DAVLAT KADASTRI

🔹hayvonot dunyosi obyektlarining son va sifat holatini aniqlash;
🔹hayvonot dunyosi obyektlarini iqtisodiy baholash;
🔹hayvonot dunyosi obyektlaridan xo‘jalikda foydalanish hajmlarini aniqlash;
🔹davlat organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga hayvonot dunyosi obyektlarining holati to‘g‘risida ishonchli axborot taqdim etish;
🔹hayvonot dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan oqilona, barqaror foydalanish, himoya qilish, qayta ko‘paytirish va tiklash hamda ularning biologik xilma-xilligini saqlashni tashkil etish;
🔹hayvonot dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan oqilona, barqaror foydalanish, himoya qilish, qayta ko‘paytirish va tiklash talablariga rioya etilishini ta’minlash uchun yuritiladi.

Jami obyektlar soni: 250 tur
Shundan, DKYATga kiritilgan obyektlar soni: 250 tur, 100 % ni tashkil qiladi.

2021-yil 1-sentabr holatiga

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt