JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.3K photos
1.71K videos
5 files
8.14K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Huquqiy_asoslar #Aktual_savollar

Ikkita yonma yon hovlini bitta uy qilish uchun qanday yo‘l tutsak bo‘ladi? Avval hujjatlarni rasmiylashtirib keyin qurilish boshlashim kerakmi yoki bu ahamiyatsizmi?

Ikkata yonma-yon yakka tartibdagi turar joy obyektini birlashtirish yoki kayta kurish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-son qaroriga bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi. Bunda obyektni ruxsatnomasiz qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish taqiqlanadi. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron tarzda amalga oshiriladi.
#Huquqiy_asoslar #Aktual_savollar

15 sotix yer uchastkamizga 1998 yil kadastr hujjat rasmiylashtirganmiz. Hozir yagona darchaga murojaat qilsak, guvohnomasi yo‘q ekan boshqatdan kadastr qilish kerak deyapti. Shu to‘g‘rimi?

1998 yil kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan bo‘lsa va Hozirgi kunga kelib joyida o‘zgarishlar bo‘lmasa kadastr hujjatlarini yangilash mumkin. O‘sha davrda huquqni ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma rasmiylashtirish jarayoni mavjud bo‘lmagan. Huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlash uchun huquq belgilovchi hujjatga usti xat (shtamp va muhr) qo‘yilgan.

Agar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, ushbu ko‘chmas mulkka huquq belgilovchi hujjatlarni (davlat orderi, shartnoma, tuman(shahar) hokimining qarori, sud qarori. v.b.) davlat xizmatlari markaziga taqdim etiladi.

Hozirgi kunda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlashda davlat reyestridan ko‘chirma taqdim etiladi.