JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.4K photos
1.71K videos
5 files
8.14K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#qonunchilikda_yangilik #qonun_loyiha_muhokamasi

⚡️Ko‘chmas mulk huquqi va yer bo‘yicha sud ishlarida prokuror ishtiroki shart

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan muhokamaga qo‘yilgan Qonun loyihasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 50-moddasiga o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda.

Unga ko‘ra, prokuror quyidagi sud ishlarida ishtirok etish shart:

🔹qonunda nazarda tutilgan hollarda;

🔹mulk huquqini tan olish;

🔹o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish;

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga nisbatan huquqni belgilash, bunday yerlarni ijaraga berish majburiyatini yuklashga oid yer bilan bog‘liq ishlar;

🔹prokurorning arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha fuqarolik ishining muhokamasi.

❗️Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari Axborot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz.
Telegram I Instagram I Facebook