JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.4K photos
1.71K videos
5 files
8.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
▫️O‘zbekiston qonunchiligida 2022 yil 1 martdan kuchga kiradigan ayrim o‘zgarishlar▫️

🗓 Yonida biometrik pasport yoki ID-kartasi mavjud bo‘lganda, haydovchidan «prava», texpasport, ishonchnoma va sug‘urta polisini yonida olib yurishi talab etilmaydi.

🗓 Ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga tutash yer uchastkalari ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi.

🗓 Nogironligi bo‘lgan shaxslarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar beriladi.

🗓 «Topilmalar stoli» faoliyati tugatiladi.

🗓 Mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga bir necha turdagi moddiy yordamlar ko‘rsatiladi.

🗓 Litsenziyalash va ruxsatnomalar berishda yagona tizim joriy etiladi.

🗓 Yer uchastkalaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.

🗓 Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi.

🗓 Respublikada ishlab chiqariladigan sementni cheklovlarsiz eksport qilishga ruxsat beriladi.

🗓 Daraxt zararkunandalariga qarshi kurashishga mahalliy byudjetdan mablag‘ ajratiladi.

🗓 Bir qator xizmatlarni YaIDXP Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda ko‘rsatish boshlanadi.

🗓 Rasmiy hujjatlarga apostilni davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali ham qo‘ydirish mumkin bo‘ladi.

🗓 Chet tilini bilish darajasini aniqlovchi test sinovida qatnashish bo‘yicha murojaatlar YaIDXP orqali elektron tarzda qabul qilinadi.

🗓 Turistik tashkilotlar xodimlarini malakaviy imtihondan o‘tkazish boshlanadi.

🗓 «E-ekspertiza» yagona elektron axborot tizimi ishga tushiriladi.

🗓 Chet tili fani o‘qituvchilarining sertifikatga ega bo‘lishlariga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari tashkil etiladi.

🗓 Moliya vazirligida Ichki audit xizmatlari bilan ishlash boshqarmasi tashkil qilinadi.

🗓 Chavandozlar maktablari o‘z faoliyatini boshlaydi.


#DavKadastrPalata #mart #qonunchilik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Kadastr #statistika #mart #kadastr_pasporti

MART OYIDA 1955 TA KADASTR PASPORTI SHAKLLANTIRILGAN

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan 2023-yilning mart oyida tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar bilan mazkur infografika orqali tanishishingiz mumkin.

🌸Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook