JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.6K photos
1.74K videos
5 files
8.28K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#savol_Javob

🗣 SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

✏️Savol: Biz yashab kelayotgan hovli 1980-yillarda qurilgan, shundan buyon mol-mulk soliqlarini to’lab kelamiz, lekin kadastr hujjatlari mavjud emas. qanday qilib kadastr hujjatlarini rasmiylashtirsam bo‘ladi?

Javob: O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 187-moddasiga asosan agar Siz mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas mol-mulkka o‘n besh yil davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan bo'lsangiz u holda ushbu moddaga asosan o'n besh yillik soliq to'lovi haqidagi ma'lumotlarni ilova qilgan holda fuqarolik sudiga ariza bilan murojaat qilasiz.

⚖️ Fuqarolik sudi tomonidan egalik qilish haqidagi qarorni qo'lga kiritganingizdan so'ng shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Davlat xizmatlari markaziga yoki my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat qilasiz va belgilangan muddatda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy filiallari tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtirib beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

🟢Savol:
- Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi ?

Javob:
- Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🟢 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🟢 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🟢 kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

✍️ Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #savol_javob

Savol:
- Ko‘chmas mulk deb qanday obyektlarga aytiladi?

➡️avob:
- yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, yaʼni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

🟢Savol:
- Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi ?

Javob:
- Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🟢 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🟢 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🟢 kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

✍️ Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

📤 SAVOL: Uyimning orqa tarafida 2 sotix yer bor edi,10 yil oldin texnik kadastr qildirganman, shuni hozir auksion savdosiga qo'yamiz deyishyapti. Shuni tartibi haqida tushuntirib bering.

✍️ JAVOB: Qonunchilikka ko'ra, agar texnik hujjatda ushbu yer maydoni ko'rsatilgan bo'lsa auksion savdolariga chiqarilmaydi, hech qanday hujjat mavjud bo'lmagan holatda mazkur yer maydoni zaxira yer maydoni hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 282-sonli qaroriga asosan auksion savdolariga chiqarilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

****

👉@Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #savol_javob

Savol: Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti qancha muddatda tayyorlab beriladi?

Javob: Kadastr pasporti obyektning murakkabligiga qarab, quyidagi muddatlarda tayyorlanadi:

💠 ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

💬 ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun — 3 ish kunigacha;
💬 yakka tartibdagi turar joy uchun — 5 ish kunigacha;

💠 ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi hamda yaxlit ko‘p kvartirali uylar bo‘yicha:

💬 umumiy maydoni 100 kv.m gacha bo‘lganda — 5 ish kunigacha;
💬 umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m gacha bo‘lganda — 7 ish kunigacha;
💬 umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m gacha bo‘lganda — 10 ish kunigacha;
💬 umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m gacha bo‘lganda — 15 ish kunigacha;
💬 umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha bo‘lganda — 20 ish kunigacha;
💬 umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq bo‘lganda — 25 ish kunigacha;

💠 ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Savol_Javob

SAVOL: Turar binoni noturar bino toifasiga o‘tkazish uchun qandayhujjatlar taqdim etilishi kerak?

❗️JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 200-sonli qaror bilan tasdiklangan “Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” ma’muriy reglamentiga muvofiq so‘rovnomaga turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish nazarda tutilganda so‘rovnomaga turar joyga birgalikda egalik qiluvchilarning (agar mavjud bo‘lsa) notarial tasdiqlangan yozma roziligi ilova qilinadi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Savol_javob

🔴Qanday holatlar kadastr pasporti berishni rad etish uchun sabab bo‘lishi mumkin?

🟠Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga asosan, quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

🟢 noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

🟢ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

🟢ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

🟢vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

🟢Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #savol_javob

Savol: Fuqarolar o’rtasidagi yer bilan bog’liq nizolar qonunchilikda qay tartibda hal etiladi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 89-moddasiga asosan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi yer xususidagi nizolar sud tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.