JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.4K photos
1.71K videos
5 files
8.15K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

🟢 Ayni damda, O'zbekiston Milliy matbuot markazi binosida 🌟"Kadastr agentligi tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar"  (Davlat kadastrlari palatasi, “Geoinnovatsiya markazi”DUK, “Geoinfocom” DM) mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

📶 Matbuot anjumanini Uzreport telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

📊 6 oy davomida kadastr idoralari tomonidan ko‘rsatilgan kadastr xizmatlari 1 391,6 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (928,1 mingta) +463,5 mingtaga yoki 150%ga oshgan.

📃 Kadastr pasportini shakllantirish murojaatlar soni 499 908 ta, jumladan, ijobiy yakunlanganlari 274 798 ta (49,5 %),  jarayonda 27 287 ta (5,5 %), qonuniy asoslarga ko‘ra rad etilganlar 197 823 ta (45%) ni tashkil etadi.

Ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 688 602 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan, ijobiy yakunlanganlari 439 507 ta (63,8%), jarayonda 50 247 ta (7,3%), qonuniy asoslarga ko‘ra rad etilganlar 198 848 ta (28,9) ni tashkil etadi.

🤔Bundan tashqari, fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish 65 063 ta, ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish uchun 65 321 ta murojaatlar kelib tushgan hamda barcha arizalar ijobiy yakunlangan

💫 Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari-Nozimjon Inamov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

👌 Hududiy boshqarmalarning dronlar parkini yangi dronlar bilan to‘ldirish bo‘yicha, markaz tomonidan Dji Air 3 flay mor combo 14 (100%) dronlari sotib olish ishlari amalga oshirildi.

📃 Bundan tashqari, “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan uchish chastotasidan foydalanish bo‘yicha ruxsatnomaga ega bo‘lindi  va natijada markaz tomonidan 70 nafar hududiy boshqarma xodimlari ro‘yxatdan o‘tkazildi.

🟦O‘tgan 6 oy davomida, “Uchuvchisiz uchish apparatlariga texnik yordam ko‘rsatish bo‘limi” mutaxassislari tomonidan Respublika bo‘yicha 28 ta uchishga yaroqsiz dronlar to‘laqonli ko‘rikdan o‘tkazildi, to‘liq tiklandi va texnik soz holatga keltirildi. Shu bilan birga, hududiy boshqarmalarning dronlar parkining to‘liq funksionalligi ta’minlandi.

"Geoinnovatsiya markazi" DUK direktor o'rinbosari-Talat Abduazizov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

🟢 Bugungi kunda yurtimizda 3,8 milliondan ortiq yaʼni 493 ming gektar yer uchastkalarining hujjatlari yo‘qligi va Qonunning maqsadi ham o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

⚖️ Qonun loyihasi Prezidentimizning 2023-yil 2- noyabrda yer hisobi va kadastr xizmatlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlari asosida ishlab chiqildi. Loyihani tayyorlashda Italiya, Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya va boshqa davlatlarning ijobiy tajribasi inobatga olindi.

Shuningdek, loyihani tayyorlash jarayonida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnomalar o‘rganildi.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

Oliy sud, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi mas’ullari tomonidan birgalikda juda ko‘p holatlar o‘rganilib, umumlashtirdi va yer uchastkalarining rasmiylashtirilmagan asosiy 8 ta holati belgilab olindi:

🟢 2018 yil 1 maygacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢2018 yil 1 may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarini eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢2021 yil 8 iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmagan yer;
🟢bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;
🟢kichik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;
🟢davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;
🟢hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.

Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i - Jaksimuratov Uzakbergen

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

📄Mazkur hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligiga quyidagi vazifalar yuklatilmoqda:

🫠Xususan, fuqarolar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etishda, egallab olingan yer uchastkasining kosmik monitoring tahlillarini olib borib, hujjatda keltirilgan davrga mos yoki mos emasligini bildiradi.

🔵Shuningdek, agentlik qonunning 7-moddasiga muvofiq tuman (shahar) hokimlarining yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqilmagan hollarda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish uchun kosmik monitoring tahlillarini olib boradi.

📶“O‘zbekkosmos” agentligi bo‘limi boshlig‘i-Muxiddin Ibragimov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM