JIZZAX KADASTR
1.58K subscribers
14.4K photos
1.72K videos
5 files
8.19K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
🗓Bugun – O'zbekiston Kasaba uyushmalari kuni

💼 Hurmatli Kasaba uyushmalari xodimlari!

🔹 Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan tabriklaymiz hamda xodimlarning mehnat faoliyati, ularning haq-huquqlarini himoya qilish yo'lidagi sa'y-harakatlaringiz bardavom bo'lishini tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹 Tibbiyot xodimlari kuni🔹

💠 Inson hayoti muqaddas ne'mat, zero, sihat-salomatligimizni asrash, uni mustahkamlash yo'lida ushbu kasb fidoyilarining xalq sog'lig'ini o'z hayotidan ustun qo'ygan holda ko'rsatayotgan xizmatlari tahsinga sazovordir.

🏥 Yurtimizdagi barcha ana shunday jonkuyar, matonatli va qasamyodiga sodiq tibbiyot xodimlarini bugungi kasb ayyomlari bilan qutlaymiz! Sharafli va mas'uliyatli vazifalarini ado etishda mustahkam sog'lik, sabr-toqat, oilalariga tinchlik-xotirjamlik va fayz-u baraka tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
⚜️18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun⚜️

Bugun
🟦Musaffolik
⬜️Tinch-totuvlik
🟩Yangilanish va yasharish
🩸Tomirlarimizda jo'shib oqayotgan qudrat
ramzlarini o'zida mujassam etgan milliy ramzimiz – O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qabul qilinganiga 31 yil to'ldi!

🇺🇿 Davlat bayrog'i xalqning qadim o'tmishi, buyuk qadriyatlari, millatning buguni va kelajagini o'zida ifoda etadi.

🇺🇿 Bayrog'imiz musaffo osmon uzra hamisha hilpirab tursin!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Davlatni madh etgan - madhiyamiz🇺🇿

⚜️ Dunyodagi har qanday mustaqil davlat o‘z ramzlariga, shuningdek, madhiyasiga ega.Yurtimiz madhiyasi ijrosida xalqning ozodligi, hurligi tarannum etilgan.

⚜️U madh etilganda, davlatning bayrog‘i hilpirab, xalqni to‘lqinlantirgan. Demak, davlat ramzi, timsoli: gerb, bayroq va madhiya xalqning, davlatning birdamligini, hamjihatligini namoyon etadigan ramzlardir.

#DavKadastrPalata #muhim_sana #madhiya_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️11-dekabr — Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni!▫️

⚜️ O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 25-avgustdagi Qonuniga ko‘ra, dekabr oyining har 2-yakshanbasini Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida nishonlash belgilangan.

⚜️ Ushbu mashaqqatli kasb egalarining rizqimiz mo‘l, dasturxonlarimiz to‘kin-sochin bo‘lishi uchun ter to‘kib qilayotgan mashaqqatli mehnatlari doim e’zozda!

#DavKadastrPalata #muhim_sana #madhiya_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Markaziy apparat va hududlarda ramziy tadbirlar


🌟 Kuni kecha Davlat kadastrlari palatasida "8-dekabr - Konstitutsiya qabul qilingan kun", "9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni" hamda "10-dekabr - Davlat madhiyasi qabul qilingan kun" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Rahbariyat boshchiligida bo'lib o'tgan uchrashuvda Markaziy apparat xodimlari ishtirok etishdi.

🇺🇿 Uchrashuvda Davlat kadastrlari palatasi Bosh yuriskonsulti N.Xodjamov hamda Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi boshlig'i A.Raxmatovlar ushbu kunlardagi muhim ma'lumotlar, Yangi tahrirdagi Konstitutsiya sharhi, qonunchilikdagi o'zgarishlar, korrupsiyaviy xatti-harakatlarni oldini olish va boshqa shu kabi masalalarda yig'ilganlarga ma'lumotlar berdilar.

🇺🇿 Shu jumladan, hududiy boshqarmalarda ham bayram tadbirlari munosib o'tkazildi.

▫️Namangan viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Toshkent shahri
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Navoiy viloyati

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

17-iyun - Butunjahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni


🌐 Ushbu xalqaro sana BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1995-yil 30-yanvarda ta’sis etilgan bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tanlangan. O‘zbekiston Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida birinchilar qatorida BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasiga a’zo bo‘lgan.

💦🌫 O'tgan yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, bir daqiqada O‘zbekistonning 9 kvadrat metr hududi cho‘llanib boryapti. Har soniyada dunyo bo‘ylab 23 gektar cho‘llanib boryapti. Bu holat davom etaversa, 2050-yilga borib, Yer yuzining 95 foizi cho‘llanishi va bu 3 milliarddan ziyod odamni oziq-ovqat tanqisligida qoldirishi mumkin.

◼️Qurg‘oqchilik va cho‘llanishga qarshi kurash Markaziy Osiyo va O‘zbekiston uchun hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. Shu sababli, Davlat kadastrlari palatasi jamoasi har bir fuqaroni tabiatga yaxshi munosabatda bo‘lishga va suv resurslaridan oqilona foydalanishga chorlab qolamiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

30-iyun - Yoshlar kuni


🌱 Yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning eng ustuvor yo‘nalishidir. Zero, yoshlar bu mamlakat kelajagi ekanligi va butun jamiyatning istiqboldagi rivojlanishi ular faoliyatining boshlang‘ich sharoitlariga bog‘liqligi bilan belgilanadi.

🌏 Prezidentimiz tomonidan 2024-yilning - "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" deb e'lon qilinishi ham yoshlarimizning mamlakatimiz ravnaqi va yuksalishi, fuqarolarning farovon turmush, munosib hayotga ega bo‘lishi, jahondagi ilg‘or jamiyatlar safidan o‘rin olishi kabi maqsadlarni hayotga tatbiq etishdagi o‘rni va roli sezilarli ekanligining e’tirofi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

📊 2023-yil ma'lumotlariga ko'ra, respublika bo‘yicha 14-30 yoshgacha bo'lgan yoshlar soni 9 654 351 kishi tashkil etgan. Ya'ni jami aholining 26,8 foizini yoshlar tashkil etmoqda.

💐 Bugungi kun munosabati bilan respublikamizning barcha yoshlarini muborakbod etib, muqaddas zaminni asrab-avaylash, mehnatkash xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, yurtimizni dunyoning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqishdek nihoyatda sharafli ishda faollik ko'rsatishlarini tilab qolamiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ISHONCH VA UMIDLARINI BOG'LOVCHI KO'PRIK


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Bugun 2024 yil, 8-noyabr!

🗓 Bu kun tarixga "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirgan kun sifatida muhrlandi.

🇺🇿Bu kun, necha yillardan buyon vatandoshlarimizni qiynab kelayotgan ulkan muammolaridan biriga bosqichma-bosqich barham berilishining muqaddimasidir.

⭐️🌟Mazkur sharafli, shuning bilan birga mashaqqatli faoliyatni ya'ni yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlarini boshlash arafasida ekanmiz, barchangizga kuch-quvvat, metin iroda, sabr-toqat, shijoat va g'ayrat tilab qolaman. Tashkilotimizdagi har bir xodimning, ayniqsa, kadastr muhandislari va topograflarning amalga oshirajak har bir zahmatli ishlari, mehnatlari biz uchun qadrlidir!

Zero, mazkur muhim hodisada vatanimiz va yurtdoshlarimiz orasida ularning ishonch va umidlarini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarish aynan bizning zimmamizdagi burchimizdir.

🇺🇿 Ishonch bilan ayta olamanki, Sizdek o'z kasbiga sadoqatli hamkasblarimiz bor ekan, yurtboshimiz, davlatimiz va xalqimizning bizga bildirayotgan yuksak ishonchlarini albatta yorug' yuz bilan oqlaymiz!

➡️ Shunday bo'lsada, har biringizdan yana bir bor o'z vazifalaringizni xalqimizni rozi qilish yo'lida halol, pok va vijdonan hamda sidqidildan bajarishingizni so'rab qolaman!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM