JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.4K photos
1.71K videos
5 files
8.14K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

⚡️Aynida damda Kadastr agentligida Shveytsariyaning Leica Geosystems kompaniyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

🔰Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad-aerofotosurat yo'nalishidagi so'nggi texnologik imkoniyatlar bilan tanishish, lazerli skanerlar imkoniyatini o'rganish va Agentlikning mavjud aerokamera va qurilmalariga texnik ko'mak masalasini muhokama qilish hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#xalqaro_uchrashuv #jahon_banki #kadastr

🔰 Bugun Kadastr agentligi direktor o’rinbosarlari A. Allaberganov, M.Mirmaksudov boshchiligida Jahon banki missiyasi rahbari Dmitriy Sivayev hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi xodimlari o’rtasida shaharlarni rivojlantirish tahliliy loyihasiga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi.

❇️ Kun tartibidan - alohida shahar aglomeratsiyalari, Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan geoaxborot tizimining imkoniyatlari hamda alohida aglomeratsiyalarni o‘rganish doirasida Agentlik bilan hamkorlikning ehtimoliy bo‘lgan yo‘nalishlari va formatlari muhokamasi joy oldi.

📝 Tomonlar loyiha doirasida kerakli bo’lgan batafsil rekvizit ma’lumotlar bilan qayta tanishib chiqib, kelgusi hamkorlik yo’nalishlarini belgilab olishga kelishdilar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

🔰Joriy yilning 19-may sanasida Kadastr agentligi Jahon bankining “O‘zbekiston hukumatini barqaror urbanizatsiya uchun zarur bo‘lgan muhim islohotlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashni chuqurlashtirish” doirasida Ashna Matema boshchiligidagi “Uy-joy sektorini o’rganish” Missiyasini qabul qildi.

💠Uchrashuv doirasida tomonlar:
🔹Agentlikning uy-joy sektorida tutgan roli;
🔹O’zbekistonda yer va mulkni ro'yxatga olish jarayoni;
🔹Ro'yxatga olingan ko'chmas mulkning qiymati, ro’yxatga olish jarayoni;
🔹Yerlarni qishloq xo'jaligida foydalanishdan boshqa toifaga o'tkazish;
🔹Uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratish tartibi kabi masalalar bo’yicha fikr almashdilar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

⚡️Ayni damda Kadastr agentligi va Jahon banki missiyasi o’rtasida “Ko’chmas mulkni ro’yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” loyihasi doirasida komponentlar ijrosi yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tmoqda.

🔰Uchrashuv kun tartibidan “Kadastr va ro‘yxatga olishning yagona axborot tizimi-Uzkad”, sohaga doir so’nggi qabul qilingan qonunchilikdagi o’zgarishlar, aerosuratga olish jarayonining amalga oshirilganlik darajasi va boshqa masalalar o’rin olgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

🔰Joriy yilning 7-iyun sanasida Kadastr agentligi rahbari Farrux Pulatov hamda Jahon banki missiyasi - “Ko’chmas mulkni ro’yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” loyihasini muvofiqlashtiruvchi menejeri Nadej Orlova o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

📌Uchrashuv doirasida:

♦️Kadastr va ro‘yxatga olishning yagona axborot tizimiga ma'lumotlarni to'liq migratsiyasini amalga oshirish muddatlari,
- loyihaning yakuniga yetgan hamda ijro holatida bo'lgan komponentlari,
♦️Fazoviy ma'lumotlar infrastrukturasini rivojlantirish uchun grant jalb qilish masalasi,
♦️Xorijiy tajribani o'zlashtirish uchun konsultativ-ekspertlik uchrashuvlari,
♦️Istiqboldagi hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#xalqaro_uchrashuv #hamkorlik_2022

⚡️Joriy yilning 27-sentabr sanasida Kadastr agentligida GEOTWO Co.LTD ijrochi direktori Kim Hyunsu va Agentlik direktori o'rinbosari Mirsaid Mirmaksudov boshchiligida IT hamda BPO masalalarida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔰Uchrashuvda GEOTWO Co.LTD kompaniyasining geoaxborot texnologiyalari borasidagi yechimlari, kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlarining funksional afzalliklari, ma'lumotlarga o'zgartirish kiritish tartibi, tizimdan foydalanishda ma'lumotlarning tashqi ta'sirdan himoyalanish imkoniyatlari bilan tanishildi.

📌Ma’lumot uchun: “GEOTWO Co.LTD” 2000-yilda Koreya Respublikasida tashkil etilgan mustaqil geoaxborot kompaniyasi bo‘lib, Koreyaning geografik va fazoviy axborot sanoatida eng ilg‘or va yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#kadastr #xalqaro_uchrashuv #Turkiya

🟢 Ayni damda, 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi va 🇹🇷 Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasi bayonida ko‘zda tutilgan hamkorlik doirasida 🇹🇷 Turkiya Respublikasi Yerni ro‘yxatga olish va kadastr bosh direktorati hamda 👍 Kadastr agentligi o‘rtasida yer-mulk kadastr qaydlari, xaritachilik tizimining zamonaviylashishi borasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro_uchrashuv

Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Yevrosiyo tashabbusi (EuraAsia SDI) – 2023


⚡️ Ayni dam, Samarqand shahrida 🌟Kadastr agentligi mezbonligida bo‘lib o‘tayotgan Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Yevrosiyo tashabbusining navbatdagi konferensiyasi ish boshladi.

◼️ Mazkur хalqaro uchrashuv 21-22- noyabr kunlari 9 ta davlatdan kelgan 40 ga yaqin xorijiy mutaxassislarni o‘zaro fikr va xalqaro tajriba almashishiga imkon yaratadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Xabar berganimizdek, Samarqand shahrida Kadastr agentligi mezbonligida bo‘lib o‘tayotgan Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Yevrosiyo tashabbusining navbatdagi konferensiyasi davom etmoqda.
 
🌐   Xalqaro uchrashuvda 9 ta davlatdan kelgan 40 ga yaqin xorijiy mutaxassislar o‘zaro fikr va tajriba almashishlari uchun yaratilgan imkondan unumli foydalangan holda hozirga qadar bir necha kadastrchi hamkasblar o‘z taqdimotlari bilan chiqish qilishdi.
 
🌟 Belarussiya, Tojikiston hamda Mongoliya davlatlari taqdimotidan so‘ng, Davlat kadastrlari palatasi raisi- Mohir Valiyev “Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish bo‘yicha integratsiyalashgan axborot tizmi” mavzusida O‘zbekiston tajribasi bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi.

#DavKadastrPalata #xalqaro_uchrashuv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro_uchrashuv

Bugun 🌟Kadastr agentligi hamda 🇰🇷Koreyaning geografik axborot instituti rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidan:
🟣Idoralararo taqdimotlar;
🟣Koordinatalar tizimi yo‘nalishida pilot loyihalar;
🟣Ko‘zi ojizlar uchun ixtisoslashgan kartografik maxsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishidagi ijtimoiy ahamiyatga loyiha amalga oshirish;
🟣Agentlik xodimlarini Koreyada almashinuv dasturi asosida malakasini oshirish, geodeziya va kartografiya yo’nalishidagi ta’limni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish o’rin oldi.

💠 Uchrashuv yakuniga ko’ra tomonlar yuqoridagi yo’nalishlarda yaqindan amaliy hamkorlik va loyiha oldi tadqiqotlari qilishga kelishdilar.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM