JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.4K photos
1.71K videos
5 files
8.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
▫️Huquqiy savodxonlik oyligi▫️

💠Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 709-son qarori bo'yicha Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi quyidagicha👆

#DavKadastrPalata #qaror #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🟡#kadastr #qaror #vm_610

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 18-oktabr kunidagi "KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNING HISOBINI YURITISHDA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH, SHUNINGDEK, KADASTR SOHASIDAGI AYRIM MA’MURIY TARTIB-TAOMILLARNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi 610-son qarorga ko'ra ochiq ma'lumotlarni taqdim etish tartib-tamoyillari bilan infografikada tanishib oling.

🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qaror

🗓️2022-yil 30-noyabrda Vazirlar Mahkamasining 685-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan:

💬Amalda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini auksionga chiqarish bosqichlari qisqartirilib, ijara huquqi bilan yer olishda 48 ish kuni, mulk huquqida 74 ish kunigacha sarflangan vaqt endilikda 16 va 22 ish kunigacha qisqartirildi;

💬Yerlarni hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashi bilan kelishgan holda, master-reja asosida auksionga chiqarish orqali jarayonlarni tezlashtirish ko‘zda tutildi;

💬Yerlarni bosh rejada nazarda tutilgan lotlarga muvofiq, sodda tartibda tadbirkorlarga berish amaliyoti joriy etildi.

📑Aholi o‘ziga tegishli bo‘lgan davlat ro‘yxatidan o‘tgan yerlarni xususiylashtirish to‘lovi yillik yer solig‘ining 20 baravari miqdorida edi.

Endilikda bu qiymat Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari, boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida belgilandi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #Qaror_targ'ibot

“2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–57-son, 16.02.2023 y.)

🔹davlat-xususiy sheriklik asosida 27 ta yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari quriladi;

🔹20 mingta ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari o‘rnatiladi;

🔹jami 11 ming nafar tadbirkorning bino va inshootlarida quyosh panellari o‘rnatiladi hamda kichik fotoelektr stansiyalari quriladi;

🔹37 ming aholi xonadonlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari o‘rnatiladi;

🔹foydalanishga topshiriladigan 765 ta ko‘p qavatli uylar qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan ta’minlanadi;

🔹hududlarda 103 ta kichik va mikro gidroelektrstansiyalar barpo etiladi;

🔹5 407 ta ijtimoiy soha obyektlari ko‘mir bilan isitiladi.

Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr #Qaror_targ'ibot

“2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–57-son, 16.02.2023 y.)

🗓 2023-yil 1-apreldan respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.

Dastur doirasida aholi tomonidan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga 1 000 so‘mdan subsidiya ajratiladi.

➡️ Qarorga ko‘ra shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning bino va inshootlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Yashil energiya” kompaniyasi tashkil etildi.

👇Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr #Qaror_targ'ibot

“2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–57-son, 16.02.2023 y.)

👇Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr #Qaror_targ'ibot

Nogironligi boʻlgan shaxslarning auksion orqali yer uchastkasi sotib olish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

❇️O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 23-martdagi qarori (https://lex.uz/uz/pdfs/6413473) bilan tasdiqlangan nizomga asosan, yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oilasi tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qat’i nazar, BHMning 100 baravarigacha (30 mln. so‘m) miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

Bunda imtiyozli toifadagi shaxslar quyidagi mezonlarga to‘g‘ri kelishi kerak:
🔹 oxirgi 12 oy davomida o‘zi yoki oila a’zolari nomida yashash uchun mo‘ljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud bo‘lmasligi;
🔹 yer uchastkasi oxirgi 3 oy ichida auksion orqali xarid qilingan va O‘zbekiston hududida bo‘lishi;
🔹nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ning birida turgan bo‘lishi lozim.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr #Qaror_targ'ibot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining ijarasiga doir huquqiy munosabatlar takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 137-son qarori
qabul qilindi

📑 Ushbu qaror bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:

▪️ tanlovlarda faqat yer uchastkasi joylashgan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida) doimiy va vaqtincha ro‘yhatdan o‘tgan holda yashovchi shaxslar qatnasha oladi va talabgorlarga tuman bo‘yicha qo‘shimcha koeffitsiyent hisoblanadi;

▪️ tanlov g‘olibi qo‘shimcha to‘lov majburiyatini qabul qilsa, ushbu to‘lov majburiyatining 5 foizini  ijara shartnomasi tuzilgunga qadar to‘lashi talab etiladi (to‘lov operatorning maxsus hisobvarag‘iga shaxsiy kabinet orqali to‘lanadi).

▪️ qo‘shimcha to‘lovning qolgan qismi ijara muddatida, har bir yilga teng bo‘lgan holda (15 aprel va 15 oktyabrga qadar teng ulushda) to‘lanadi;

▪️ qo‘shimcha to‘lovning 5 foizini to‘lamagan yoki shartnoma imzolashni rad etgan g‘olib hamda uning to‘g‘ridan to‘g‘ri taʼsischilari hisoblangan shaxslar savdo qoidalarini buzgan deb eʼtirof etiladi va birinchi marta sodir etilganda 1 yil muddatga, ikkinchi marta takrorlanganda esa muddatsiz davrga tanlovlardan chetlatiladi;   

▪️ Tanlovda qatnashish uchun ariza yuborish hamda ijara shartnomasini imzolashda maxsus identifikatsiyalashdan foydalanish imkoniyati yaratiladi;
       
▪️ g‘olib to‘lagan qo‘shimcha to‘lovning 5 foizi tegishli tuman (shahar) mahalliy byudjetiga o‘tkazib beriladi va bu summa ijara shartnomasidagi qo‘shimcha majburiyat to‘lovida inobatga olinadi.

⚡️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr #Qaror_targ'ibot

“2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–57-son, 16.02.2023 y.)

👇Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook