JIZZAX KADASTR
1.59K subscribers
14.4K photos
1.71K videos
5 files
8.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax_kadastr
#Yigilish

Kadastr agеntligining Yerni masofadan turib zondlash, gеodеziya va kartografiya boshqarmasi boshlig’i I. Ergеshov ishtirokida ZOOM platformasi orqali
yigilish bo’lib o’tdi.
Yer hisobini tuzish masalalariga bag’ishlangan
yig’ilishda Kadastr agеntligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i Sh.Quqonboyеv, Davlat Kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i N.Sidikov, tuman (shahar) bo’limi va filiali rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig’ilishda 2022-yil 1-yanvar holatiga bo’lgan yеr hisobini tuzish ishlari va bu borada amalga oshiriladigan dolzarb masalalar, yеr hisobini qayta tahlil qilish, xato va kamchiliklarni bartaraf etish, barcha turdagi yеr egalari va yеrdan foydalanuvchilar tasarrufidagi yеr maydonlarini “Innola” dasturga tushirish bo’yicha bajarilgan ishlar va rеjalar muhokama qilindi.

https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati raisi boshchiligida bugun tizimdagi boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirokida yigilish bo‘lib o‘tdi.

💠Unda ichki intizomga xodimlarning qat’iy amal qilishlari, fuqaro murojaatlarining vaqtida-muddatidan o‘tkazmasdan hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, kelayotgan yangi yil bayramini barcha tizim xodimlari pandemiya sabab oila davrasida o‘tkazishi lozimligi qayd etildi.

💠Shuningdek, yigilish davomida markaziy apparatdagi tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masala #Yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Prezident huzuridagi yigilish boshlandi

Kadastr agentligi joriy yildan boshlab O‘zbekiston tarixida ilk bor qishloq xo‘jaligi yerlarini yalpi xatlovdan o‘tkazib, elektron ro‘yxatdan o‘tkazishni boshlagani va 23 million gektar qishloq yerlarining elektron xaritalari yaratilgani ta’kidlandi.

Shundan, bugungi kunga qadar 22 million gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, hisobga olinmagan 412 mingta ko‘chmas mulk kadastr bazasiga kiritildi, 478 mingta ob’ektda qo‘shimcha qurilmalar aniqlanib, kadastr bahosi qayta ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, xatlovda ko‘plab muammolar ham aniqlandi.
Misol uchun, elektron hisobga olinayotgan qishloq xo‘jaligi yerlari qog‘oz shaklida yuritib kelingan Yer fondi hisoboti amaliyot bilan farq qilmoqda.

Jumladan, haqiqatda aholi yashash punktiga aylanib ketgan 830 ming gektar maydon boshqa yer toifalarida hisobda turibdi.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Yig‘ilishda mutasaddilarga ishni quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etishga topshiriq berildi:

- kelgusi yil 1 aprelga qadar qishloq xo‘jaligi yerlarini hisobga olish ishlarini yakuniga yetkazish;

- yer balansidagi farq bo‘yicha yer maydonlarining egasi va aniq toifasini belgilab berish;

- 38 mingta sub’ektga tegishli yer ajratish hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 1 million gektar maydonning ijara shartnomalarini rasmiylashtirish;

- yer ajratish to‘g‘risidagi barcha qarorlarni xatlovdan o‘tkazib, ularning egasi, manzili va chegarasini aniq belgilab, kadastr idoralariga berish;

- dehqon xo‘jaliklarini kadastr ro‘yxatidan o‘tkazish ishlariga 20 milliard so‘m ajratish.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Dehqon xo‘jaligi uchun yerlar faqat tanlov asosida beriladi

"Hokimlar bir narsani o‘ziga yozib olsin. Dehqon xo‘jaligi uchun yerlar faqat tanlov asosida ushbu mahallada yashaydiganlarga, “daftarlar”ga kirganlarga, dehqonchilik tajribasiga ega bo‘lganlarga ustuvorlik asosida beriladi" – dedi Prezident.

Shu bois, viloyat hokimlariga bir oy muddatda kelgusi yilda aholiga ijaraga beriladigan 80 ming gektar yerni, eng avvalo, zaxiraga qaytargan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, lotlarga bo‘lib, tanlovga chiqarish topshirig‘i berildi.

Davlatimiz rahbari yer sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha Bosh prokuratura tegishli mas’ullarining faoliyatidan mutlaqo norozi ekanini ta’kidladi: "Qonun bilan hamma vakolatlar belgilab berildi, javobgarlik bir necha karra kuchaytirildi. Lekin, amal qani?"

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Haqiqatda egallab turgan yerlarni xatlovdan o‘tkazish ishlarini yakunlash vazifasi qo‘yildi

Davlatimiz rahbari kelgusi yildan 7 ta vazirlik va idora foydalanishida bo‘lgan 13 million gektar, hokimliklar zaxirasidagi 3,3 million gektar yerning elektron xaritasini tuzish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shartligini ko‘rsatib o‘tdi.

Masalan:

- bugungi kunda 8 ming gektar o‘rmon yerlarida 27 mingta turar va noturar ob’ektlar mavjud bo‘lgani bilan, ushbu maydon o‘rmon fondi yerlari toifasidan chiqarilmagan;

- 43 ming kilometr avtomobil yo‘llarida yer ajratish qarori bo‘lmagani bois, ularning chegarasi va muhofaza zonasi qaerda boshlanib, qaerda tugashi noaniq;

- 7 ming kilometr temir yo‘llar hamda 820 ming gektar suv fondi yerlarida ham shu kabi muammolar mavjud.

Tegishli rahbarlar oldiga kelgusi yil 1 iyunga qadar haqiqatda egallab turgan yerlarni xatlovdan o‘tkazish ishlarni yakunlash va natijasi bo‘yicha hisobot berish vazifasi qo‘yildi.

"Ushbu toifalardagi yerlarning hisobi chiqqanidan keyin har bir vazirdan o‘ziga berilgan yerdan qanday foydalanishi bo‘yicha so‘rov bo‘ladi. Ularga byudjetdan mablag‘ ajratish ham shunga qarab bo‘ladi. Shu bois, ushbu vazirlar hozirdanoq hisob-kitobini qilib, ajratilgan yerlarda aniq loyihalarni boshlasin yoki yerni topshirsin", dedi Prezident.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Yer balansida aholi yashash punkti yerlari 223 ming gektar bo‘lsada, amalda 1 million gektardan oshib ketgani ta’kidlandi.

Masalan, Asaka va Shahrixon tumanlarida o‘tkazilgan xatlovda 74 mingta xonadonning (jami xonadonlarning 65 foizi) yer ajratish qarorlari yo‘qligi, 4,5 mingtasi (4 foiz) muhofaza zonalarda qurilgani ma’lum bo‘ldi. Demak, ushbu tumanlar yer balansida aholi punkti yerlari 2 ming gektar deb ko‘rsatilgan bo‘lsada, haqiqatda 10 ming gektar yerlar uy-joy bilan band bo‘lib turibdi (bunga yo‘l, ariq, xiyobon va boshqa ob’ektlar kiritilmagan).

Shu munosabat bilan kelgusi yil yakuniga qadar 6 millionta ko‘chmas mulk ob’ektlarini “xonadonbay” xatlovdan o‘tkazish topshirildi. Bunda, har bir mahalladagi hokim yordamchilari o‘z hududidagi holatni tahlil qilib, kadastr idoralariga beradi.

Xatlov natijasi bilan bino-inshootlarning elektron xaritasi yaratilib, aholi uchun qulay va ochiq-oshkora onlayn platformaga joylashtiriladi.

"Yer balansini to‘g‘ri yuritish, yerni asrab-avaylash hokimlarning konstitutsiyaviy majburiyati va asosiy vazifasidir. Buni uddalay olmaydigan hokim menga kerak emas", dedi davlatimiz rahbari.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Yuqoridagi topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida kadastr idoralarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash zarurligi qayd etildi.

Bugungi kunda kadastr idoralari tomonidan foydalanilayotgan geodeziya o‘lchov uskunalarining asosiy qismi ma’nan eskirgan (20 yildan ziyod).

Mavjud 50 ta geodeziya stansiyalari iqtisodiy faol hududlarning atigi 50 foizini qamragan (12 million gektar). Vaholanki, barcha hududlarni to‘liq qamrab olish uchun qo‘shimcha 80 ta stansiya zarur.

Ayni paytda mutasaddilar yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan hisobot bermoqda.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
🔹Ma’lumotni tizimga kiritishda xatolikka yo‘l qo‘yilmaydi🔹

◻️ Obyektlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ayrim hududiy soha xodimlari tomonidan ma’lumotlar noto‘g‘ri kiritilganligi, tizimda xatolarni keltirib chiqarganini ko‘rsatdi.

◻️ Kuni kecha mazkur kamchiliklarni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida respublikadagi boshqarma boshliqlari hamda tuman (shahar) filiallardagi mas’ullar ishtirokida Zoom platformasi orqali kengaytirilgan yigilish o‘tkazildi.

◻️ Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda kamchiliklar birma-bir ko‘rib chiqildi, tahlil qilindi. Unga ko‘ra, Respublikaning deyarli barcha hududlari bo‘yicha 42 nafar xodimlarga “Hayfsan”, 5 nafariga “Ogohlantirish” hamda 1 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish choralari qo‘llanildi. Shu bilan birga, xato va kamchiliklarsiz topshiriqlarni ta’minlagan 10 nafar tizim xodimlari rag‘batlantiriladigan bo‘ldi.

◻️ Ushbu choralar xodimlarning o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshishlari zarurligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, fuqarolarning murojaatlari, ularning kadastrga tushgan ishlarini o‘z vaqtida, namunali tarzda bajarib berilishini ta’minlash asosiy vazifa ekanligi yig‘ilishda alohida ta’kidlandi.

#DavKadastrPalata #yig_ilish #choralar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Jizzax_Kadastr
#Yigilish
Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sh.Quqonboev hamda Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Sidikovlar boshchiligida Zoom platformasi orqali kengaytirlgan yigilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi (shahar) tumanlar bo‘lim, filiallari rahbarlari va barcha xodimlar, ishtirok etdi.
Yig‘ilishda
1. Ijro va tartib intizomi to‘g‘risida.
2. “UZKAD”dasturiga kiritilayotgan zaxira yerlari to‘g‘risida.
3. “NextCloud”dasturiga malumotlarni kiritish to‘g‘risida.
4. Yerlarni auksionga chiqarish kabilar muhokama etildi.
5. Shuningdek, xodimlar korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va uning salbiy oqibatlari haqida yana bir bor ogohlantirildilar. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz Telegram I Instagram I Facebook