Jizzax shahar 2-son IMI
337 subscribers
2.73K photos
260 videos
13 files
809 links
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Yangi_hayot_uchun
#Yangi_Oʻzbekiston_uchun

Aziz yurtdoshlar!

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi Sizlarni Vatanimiz Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan muborakbod etadi.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli ishlaringizda ulkan yutuqlar tilaymiz!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ta’lim tizimi xodimlari!
Aziz o‘quvchilar!


Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

So‘zim avvalida shuni aytishni istardim: bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ta'limga juda katta e'tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.

Yangi o‘quv yilida bolajonlarimizni ko'plab yangiliklar, xususan boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar kutib turibdi. Bularning bari, umuman sohada qilinayotgan har bir islohot yurtimiz ertasi bo‘lgan farzandlarimizning iqboli uchun amalga oshirilmoqda.

Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda maktab ta'limining o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o'z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.

Ta'til kunlarida biz pedagog-kadrlar uchun o'quv-seminarlar tashkil etdik va kasbiy rivojlanish darslarida o’zaro sohadagi yangiliklarni bo'lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o'qituvchi sifatli ta'limning boshida turadi.

Qadrli ustozlar,
aziz o’quvchilar!


Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.

Fanlarni chuqur o'rganib, yurt koriga yaraydigan farzand bo'lib yetishishingizga tilakdoshman!

Barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#Assalom_maktab

🏢 Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati maktabida 2023-2024 o'quv yili boshlanishi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

⚡️ Yangi o'quv yili va barcha yangi qabul qilingan o'quvchilar, ularning ota-onalarini va ustozlarni samimiy muborakbod etamiz.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram : https://t.iss.one/Jizzaxshahar2_son
🇺🇿YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O'ZBEKISTON UCHUN!                                                                                         
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida bayram dasturi va "Mustaqillik darslari" bo‘lib o‘tdi!  O’quvchilar ota- onalari bilan birgalikda yangi maktab va o’qituvchilari bilan yaqindan tanishishdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram : https://t.iss.one/Jizzaxshahar2_son
Hurmatli ota-onalar ertaga 6-sentabr kunidan boshlab Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida dars mashg'ulotlari ertalab soat 08:30 da boshlanadi.
#Jizzax_shahar_2_IMI
#ORZULAR_DARAXTI

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida maktab psixologi tomonidan "ORZULAR DARAXTI" nomli ko’ngilochar trening o’tkazildi. Ushbu treningda o’quvchilar ota- onalari ham faol ishtirok etishdi. Sinf rahbarlari o’z o’quvchilari bilan birgalikda ko’tarinki kayfiyat bilan dars mashg’ulotlariga yo’l olishdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram : https://t.iss.one/Jizzaxshahar2_son